§. Qadimgi yuonistonning


Download 10.58 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi10.58 Kb.
#1185711
Bog'liq
test


23-24-§. QADIMGI YUONISTONNING

YUKSALISHI

1. Yunonistonda qaysi sohalarning rivoj topishi

natijasida shaharlar soni ham ortib boradi.

A) dehqonchilik va savdo-sotiq

B) dehqonchilik va chorvachilik

C) dehqochilik va hunarmandchilik

D) dehqonchilik va bog‘dorchilik

2. … shaharlarining ko‘pchiligi bir qancha

manzilgohlar birlashishi yo‘li bilan tashkil

topadi.

Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang?

A) Doriy B) Axeylar C) Yunon D) Rim

3. “Polis” qaysi tildan olingan?

A) Yunoncha B) Lotincha

C) Forscha D) Tojikcha

4. Quyidagilardan qaysi biri tarixiy haqiqatga

nomuvofiq.

A) Polislar dehqonchilik va savdo-sotiq

markazlari bo‘lgan

B) Barcha shahar-davlatlar o‘z qo‘shinlariga

ega bo‘lgan.

C) Qo‘shinlarning asosini og‘ir qurollangan

askarlar – goplitlar tashkil etgan.

D) Ular to‘rtburchak shaklni yuzaga

keltiruvchi bir-biriga zich joylashgan qatorda

jang qilgan.

5. Qadimgi Yunoniston tarixiga oid berilgan

atamalarni toping.

1) falaga, 2) gopit, 3) beshyuzlar kengashi, 4) 4

yillik urush, 5) qora tuproq 6) to‘fon rivoyati.

A) 1, 2, 3. B) 4, 5, 6.

C) 1, 4, 6. D) 2, 3, 5.

6. Attika yarimoroli O‘rta Yunonistonning

qaysi qismida joylashgan?

A) Janubi-sharqida B) Janubi -g‘arbida

C) shimoli-sharqida D) shimoli- g‘arbida

7. Qachonga kelib yunonlar “yuqori shahar”

deb atalgan qal’a barpo etishgan ?

A) Mil. avv. 4-mingyillikda

B) Mil. avv. 3-mingyillikda

C) Mil. avv. 2-mingyillikda

D) Mil. avv. 1-mingyillikda

8. Attikaning qaysi qismida yunonlar “yuqori

shahar” deb atalgan qal’a barpo etishgan ?

A) Shimol B) Janub C) Sharq D)G‘arb

9. Qadimgi Afina shahri qaysi shahar nomidan

kelib chiqqan ?

A) Axeylar B) Akrapol

C) Lakonika D) Akkadlar

10. Qadimda qaysi shaharda yashagan

odamlarning asosiy qismini hunarmandlar va

savdogarlar tashkil etgan

A) Afina B) Sparta

C) Lakonika D) Miken

11. Afina aholisi nechta guruhga bo‘lingan ?

A) 2 ta guruh B) 3 ta guruh

C) 4 taguruh D) 5 ta guruh

12. Afina aholisining guruhiga kirmaydigan

javobni toping ?

A) fuqaro B) metek C) qul D) periyek

13. Kimlar Afina fuqarosi bo‘la olishgan ?

A) o‘z xususiy turar-joyiga ega bo‘lgan

erkaklargina

B) Afina davlatida eng kamida 5 yil

yashaganlargina

C) Ota-onasi ozod afinalik bo‘lgan erkaklargina

D) o‘qish va yozishni bilganlargina

14. Qadimgi dunyoda qaysi davlatning

fuqarolari og‘ir mehnat va salomatlikka zarar

yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan?

A) Afina B) Sparta C) Misr D) Rim


15. Afinaning asosiy portiga aylangan qaysi

bandargohidan mamlakatga qullar va xilma-xil

tovarlar keltirilgan?

A) Periy B) Pompey C) Pirey D) Pikey

16. Qadimgi Afina shahrida nechaga yaqin

davlat maktablari soni nechta bo‘lgan ?

A) 10 ta B) 50 ta C) 80 ta

D) Afinada davlat maktablari bo‘lmagan

17. Quyidagi Afina ta’limi haqidagi

ma’lumotlardan faqat to‘g‘rilarini belgilang ?

1) Ota-onalar o‘z bolalarini pedagogga

(lotinchadan “bolani yo‘lda kuzatib boruvchi”

ma’nosini anglatadi) 2) Qonun bo‘yicha faqat

qiz bolalar uchun ta’lim olish majburiy bo‘lgan.

3) Yetti yoshdan boshlab bolalarga yozuv va

hisob o‘rgatilgan 4) Mum surkalgan

taxtachalarga harflarni bronza tayoqcha – stil

bilan yozishgan 5) Palestrada adabiyot

o‘qitilar, she’r yozish va musiqa san’ati

o‘rgatilar edi.

A) 1, 2, 3. B) 3, 4, 5.

C) 2, 4, 5. D) 1, 3, 5.

18. Quyida berilgan ma’lumotlarni tahlil qilib,

to‘g‘ri/noto‘g‘riga ajrating.

I. Yunoniston o‘g‘il bolalar 14 yoshdan

gimnastika bilan shug‘ullanardi.

II. o‘lkada qizlarga kurash, nayza va disk

uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash,

yugurish ham o‘rgatilardi.

III. Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv

yurtlari ham bo‘lmagan.

IV. Abak — hisob taxtachasini qadimdan

yunonistonlik yoshlar o’qishlari davomida

foydalanishgan.

A) I- to‘g‘ri, II-noto‘g‘ri, III- noto‘g‘ri,

IV-noto‘g‘ri.

B) I- to‘g‘ri, II-noto‘g‘ri, III- noto‘g‘ri, IV- to‘g‘ri.

C) I- noto‘g‘ri, II-to‘g‘ri, III- noto‘g‘ri, IV- to‘g‘ri.

D) I- noto‘g‘ri, II-to‘g‘ri, III- noto‘g‘ri, IVnoto‘g‘ri.

19. Yunoniston oliy ta’lim muassasalarida

qaysi fanlar o‘qitilardi ?

A) astronomiya, arifmetika, geografiya va tarix

B) astronomiya, geometriya, va tarix

C) astronomiya, geometriya, geografiya va tarix

D) astronomiya, genekologiya, geografiya va

tarix


20. Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga

qadimda qaysi qabila bostirib kirgan ?

A) Axeylar B) Doriylar

C) Kassiylar D) Giksoslar

21. Qachonga kelib, Janubiy Yunoniston

(Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib

kirdi?

A) Mil. avv. XI asrda

B) Mil. avv. XII asrda

C) Mil. avv. XIII asrda

D) Mil. avv. XIV asrda

22. Qadimgi dunyo tarixidagi sivilizatsiyalarni

o‘z nihoyasiga yetkazgan qabilalarni to‘g‘ri

moslashtiring.

A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b

C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a. D) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b

23. Spartaliklar qulga aylantirgan mahalliy

aholi nima deb atalgan ?

A) kassiylar B) shudralar

C) periyeklar D) ilotlar

24. Qadimda qaysi davlatda hamma qat’iy

intizomga amal qilar, intizomni buzganlar

shafqatsiz jazolanardi.

A) Afina B) Sparta

C) Lakonika D) Miken

25. Qadimda qaysi shahar:

“… urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan shaharga

o‘xshab qolgandi. Chet elliklar Spartaga

kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan,

san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham

bo‘lmagan. Hamma uylar bir-biriga o‘xshatib

qurilgan”.

A) Afina B) Sparta

C) Lakonika D) Miken


26. Quyidagi qaysi ma’lumotda xatolik

mavjud?

A) Ilotlar alohida spartaliklarga qullar

ko‘rinishida sotilishgan.

B) Spartada to‘la-to‘kis huquqlarga ega

bo‘lmagan fuqarolar – periyeklar ham

yashagan.

C) Qadimgi Spartada kuchli va chidamli

odamlar qadrlangan.

D) Spartaliklarni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi. Ular ota-onalaridan alohida

yashagan.

27. Necha yoshga to‘lgan hamma yigitlar

jangchi sifatida qo‘shinga qabul qilinib, keksa

yoshga qadar xizmat qilgan ?

A) O‘n olti yoshga

B) Yigirma yoshga



C) Yigirma ikki yoshga

D) Yigirma besh yoshga
Download 10.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling