“ Qish manzarasi” mavzusida rasm ishlash. Dars maqsadi


Download 100.5 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1307329
Bog'liq
08.02.23. qish manzarasi


Tasviriy san’at 2-sinf
Sana:
Dars mavzusi “ Qish manzarasi mavzusida rasm ishlash.
Dars maqsadi:
A) Tarbiyaviy maqsad: O ‘quvchilarni tabiatni sevishga, go ‘zallikni ko ‘ra bilishga
o ‘rgatish bilan birga axloqiy, ma’naviy nafosat tarbiyalarini singdirish.
B) ta’limiy maqsad: Qalam va muyqalam bilan ishlash, malakalarini mustahkamlash, qorbobo rasmini chizdirib, qish fasli haqida ma’lumotnomaga ega etish.
V) Rivojlantiruvchi maqsad: O ‘quvchilarning tasviriy san’atga qiziqishini oshirish bilan bir qatorda san’atni idrok etish.
G) Milliy istiqlol g’oyasini singdirish: milliy mafkur tamoyillarini singdirish.
D) Kasbga yo ‘naltirish maqsad:rasmga bo ‘lgan qiziqishini o ‘stirish, dizaynerlikka mehr uyg’otish.
Dars usuli: Aqliy hujum.
Dars uslubi: Savol-javob, tushuntirish, muammoli vaziyatlar hosil qilish, amaliy mashqlar bajarish.
Dars tipi: Aralash.
Dars jihozi: O ‘qituvchi uchun qish manzarasi aks ettirilgan san’at asarlarining reproduksiyasi, “Sovuq ranglar” plakati.
O ‘quvchilar uchun rasm chizish uchun albom, qalam akvarel.
Dars boshlanmasdan tanaffus vaqtida barcha jihozlar, ko ‘rgazmalar va kitoblar tayyorlab qo ‘yiladi.
Darsning borishi:
Aziz o ‘quvchilar biz bugun tasviriy san’at darsida “Qish ziynati” mavzusida dars
o ‘tamiz. Siz bilasiz bir yilda nechta oy bor? 12 oy.
Bir yilda nechta fasl bor ?
4 ta fasl bor. Bular: Qish, yoz, kuz, bahor
Fasllarning ko ‘rinishi, tasvirlangan rasmlar ko ‘rsatilib ularga ta’rif beriladi. “Kumush qish”, “Zumrad bahor”, “Yoqut yoz”, “Oltin kuz”.
Qaysi oylar qish fasliga kiradi ?
Dekabr, yanvar,fevral.
Bolalar qishda tabiat qanday rangga kiradi ? Issiq rangdan sovuq rangga.
Tabiatda ranglar har hil, siz qaysi ranglarni yaxshi yoqimli deb hisoblaysiz ?
Qaysi ranglar sovuq ranglar- ko ‘k, zangori, binafsha, moviy,yashil.
Qaysi ranglar issiq ranglar-qizil,sariq, zarg’aldoq.
Qish faslida qaysi bayramlar nishonlanadi.
O ‘tgan darsimizda qaysi mavzuni o ‘tgan edik va qaysi bayram asosida rasm ishlagan edik.
O ‘tgan darsda “Yangi yil” mavzusida so ‘hbatlashib archa o ‘yinchoqlari rasmini chizish uyga vazifa qilib topshirlgan edi.
O ‘quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar bholanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajarib kelgan o ‘quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi.
Dars mavzusiga kirish. Qishning ajoyib fasl ekanligi, uning o ‘ziga xos xususiyatlari, sovuq kunlari va quyoshning kuchsiz nurlarida yaltirab ko ‘rinuvchi qorlari haqida yana bir bor savol-javob o ‘tkaziladi va qish manzaralari aks ettirilgan rassomlarning asarlari darslikdagi fotolar, rasmlar yuzasidan suhbat davom ettiriladi.
Qish faslini tasvirlashda ko ‘proq qaysi ranglar ishlatilishiga e’tibor qaratiladi. Sovuq ranglar (ko ‘k, zangori, binafsha, moviy, to ‘q yashil) ular muz, osmon, suv ranglarini eslatishi va ulardan ko ‘proq qish faslini tasvirlashda foydalanilishi tushuntiriladi.
Asosiy qism:
“Qish ziynati”mavzusida rasmni chizish va bo ‘yash bosqichlari tushuntiriladi. Ko ‘proq qaysi rangdan foydalanish kerakligi yuzasidan tavsiya beriladi.
Mashg’ulot davomida o ‘quvchilardan qish fasli va qor haqida qanday she’r hamda topshiriqlarni bilishlari so ‘raladi.
Q ISH
Qish ayozi tobida
Qor erimay bo ‘ralar
Shoh-shaboda orasidan
Ovchi sergak mo ‘ralar.
Ayiq yo ‘l olar
Piymasini ustidan
Quyon po ‘stin tikibdi
O ‘ziga oq tivitdan


Eman bargi tovusning
Quyrug’iday serhasham
Kiyik yurgan so ‘qmoqlar
Qirda yo ‘l-yo ‘l beqasam
Yashil taroq archalar
Keng yozib qo ‘lochini
Erinmasdan shamolning
Tarar paxmoq sochini
Bolalar qor haqidagi afsonini bilasizmi ?
Afsona so ‘zlab beriladi.
Qadimda osmondan un yog’ilar ekan. Odamlar o ‘z ehtiyojlariga uylariga olib kirar ekan. Qishloqda bir ochko ‘z boy unlarni o ‘ziga keragidan ham ortig’ini ham qoplab o ‘z uyiga tashiy boshlabdi. Hatto yer yuzini chegaralab olibdi. O ‘z yerim degan joylardagi unlarni boshqalarga bermabdi. Shunda osmonni, qish va bulutlarning jahli chiqib, ularni muzdek qorga aylantirib qo ‘yidbi.
Darsga yakun yasash.
O ‘quvchilar tomonidan ishlangan rasmlardagi qish manzalarini aks ettirish kimning ishida mazmunli chiqqanligi, kompozitsiyasining qaysi belgisi qishga alohida ko ‘rk va osoyishtalik baxsh etganligi aniqlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan
o ‘quvchilar ishi namoyish etilib, rag’batlantiriladi.
O ‘quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
Uyga vazifa: Qordan yasalgan qorbobo rasmini chizib kelish.



Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling