Mavzu: ma’lumotlar ombori haqida tushuncha asosiy tushunchalar: Dars materiallarini tushuntirish


Download 147.78 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi147.78 Kb.
#1446056
Bog'liq
Ma\'lumotlar ombori haqida tushuncha


Mavzu: MA’LUMOTLAR OMBORI HAQIDA TUSHUNCHA


Asosiy tushunchalar:


Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).


MA’LUMOTLAR OMBORI
Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya
asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan
hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan
foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga
harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish,
yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini
ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum
bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan
ma’lumotlar majmuasidir.
Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan
tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish
uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish
mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining
zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq.
MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
 Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon
ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir;
 Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada,
tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q;
 Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar
jadval ko‘rinishda saqlanadi.
Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular
tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.
Tuzilmalashtirilmagan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida
kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Tuzilmalashtirilgan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi
kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.
Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish
mumkin: o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili,
telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin: Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir,
Otasining ismi – Axmedovich, Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefon
raqami +998947777777.
Ushbu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan
ma’lumotga aylanadi:

Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz?
2. MOning modeli haqida ma’lumot bering?
3. Tuzilmalashtirilgan ma’lumot deganda nimani tushunasiz?
4. Sinfingizdagi o‘quvchilarning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili, telefon
raqami, fanlardan olgan baholari bo‘yicha tuzilmalashtirilmagan
ma’lumotlarni shakllantiring.
MOni tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir. MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi.
MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar ombori” deb yuritila boshlanadi.
MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
 ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq
bo‘lmasligi lozim;
 ma’lumotlar ombordagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun
biror dasturni tuzishga hojat qolmasligi lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft
Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Access dasturidir.
Download 147.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling