Qiziqishlarning psixologik mohiyati
Kishilarda ehtiyojlar asosida qiziqishlar va mayllar vujudga keladiki, ular shaxsning ko‘zlagan maqsadini ma’lum darajada belgilab beradi. Kishining nimagadir e’tibor berishiga, qandaydir predmet va hodisalarni bilishga intilishi qiziqish deb ataladi. Qandaydir faoliyatga intilish mayl deb ataladi. Qiziqish va mayllar kishining emotsional hayoti bilan bog‘liqdir. Qandaydir bir qiziqish yoki maylni qondirib bo‘lmaslik noqulay salbiy emotsiyalar uyg‘otadi. Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida mulohaza yuritilganda dastavval I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini eslab o‘tish joiz. Uning «Bu nima?» refleksi, ya’ni oriyentirovka (mo‘ljal olish) refleksi qiziqishning mohiyatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |