Ko'z qovoqlarini yumib ochish refleksi,tibbiyot bolg'achasi yordamida aniqlash. Tizza refleksi,moro refleksi,axill refleksi


Download 41 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi41 Kb.
#1445425
Bog'liq
ko\'z qovoqlarini yumib ochish refleksi,tibbiyot bolg\'achasi yordamida aniqlash.tizza refleksi,moro refleksi,axill refleksi


KO'Z QOVOQLARINI YUMIB OCHISH REFLEKSI,TIBBIYOT BOLG'ACHASI YORDAMIDA ANIQLASH.TIZZA REFLEKSI,MORO REFLEKSI,AXILL REFLEKSI
Gonioskopiya - ko‘z oldi kamerasi burchagini goniolinza va tirqishli lampa yordamida tekshirish usuli.Oldingi kamera burchagi shox parda chekkasidagi yarim tiniq qismi - limb ostida joylashgan va u tashqaridan oddiy ko‘z bilan qaraganda ko‘rinmaydi. Shuning uchun oldingi kamera burchagi mikrotuzilishini ko‘rish uchun Van-Boyningen, Krasnov, Goldman gonioskoplari ishlatiladi. Bu gonioskoplap murakkab joylashtirilgashisha va linzalar tizimidan iborat. Tekshirish paytida goniolinza instillyatsion anesteziyalangan ko‘zning shox pardasi yuzasigaKo‘rish a’zolarini tekshirish usullarini qo‘liashni ikki davrga bo‘lish mumkin: birinchi davrda umumiy oftalmologik tekshirish usullari qoilaniladi. Bu bemorning oftalmolog qabuliga yoki statsionarga kirib kelishidan, uning k o ‘zi xastaligi haqidagi shikoyatlarini eshitish, kasallik tarixi (anamnesis morbi), hayotarixini (anamnesis vitae) va umumiy organizmi holatini aniqlash, ko‘zlarini qarab tekshirib dastlabki tashxis qo‘yish va zarur dori￾darmonlami buyurishgacha bo‘lgan davrda qo‘llanilgan usulardir.
Bularga shifokorning bemorni ko‘zdan kechirishi, uning ko‘zini yonidan nur tushirib qarashi, shox parda sezuvchanligini tekshirishi, ko‘rish oHkirligini tekshirishi, biomikroskopiya, ko‘z ichiga nur yuborib qarash, ko‘z ichi bosimini o'lchash va zarur bo ‘lsa, ko'pincha, refraktometriya va oftalmoskopiyadan foydalanish usullari kiradi.Bemorlami tekshirishning ikkinchi davrida klinik diagnoz qo‘yish uchun va agar ko‘zdagi patologiya juda og‘ir va murakkab bo‘lsa, yana qo‘shimcha bir qator spetsifik tekshirish usullari: rangliperimelriya, oftalmoxiomoskopiya, gonioskopiya, tsikloskopiya, tonografiya, exobiometriya, ekzoftalmometriya, diafanoskopiya, oftalmodinamometriya, angiografiyalar qo'llanilib, bular asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Shifokorning yana bir vazifasi bemor qabulxonaga kirib kelishidan boshlab, uni diqqat-e'tibor bilan kuzatish, uning qaddi-bastiga, qadam tashlashi, nigohiga ahamiyat berishi kerak. Shunda bemorning engashib yurishi, oqsoqlanishi, ozg‘in yoki juda semizligi,uning rangi-ro‘yi, yuzidagi turli xil toshma, yara yoki chandiqlari borligi ko‘zga tashlanadi. Bular ko‘z kasalligining patogenezini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Bemor bosh suyagining shakli boshqacha, juda katta yoki kichkina, ko‘z kosalarining simmetriyasi o‘zgargan biri katta, ikkinchisi kichik, ko‘z soqqasi noto‘g‘ri joylashib, chaqchaygan kokz, yoki buqa ko‘zbo'lsa, bu turli umumiy surunkali kasalliklar - toksoplazmoz, sil, zahm, bod, jigar, buyrak, alkogolizm va boshqa kasalliklardan darak berishi mumkin. Chaqchaygan ko‘z qalqonsimon bezning patologiyasidan, buqa ko‘z esa, ko*z kosasida o‘sma, o‘tkir yallig*lanish borligidan yoki qon quyilganidan bolishi mumkin.
Agar bemorning ko‘zlari kam harakat, boqishi tikka yoki sal tepaga-yuqoriga yo'nalgan bo'lsa, bu ko‘rish o‘tkirligining juda pasayganligidan, yoki u ko‘zini yaxshi ocholmay, yorug‘ nurga qaray olmasa, bu ko‘zining o‘tkir yalligianganidan darak beradi. Bemorning pastki jag‘i ostida yoki bo‘ynidagi chandiq ko'pincha tuberkulyozga uchragan va u ko‘z pardalari yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.Bemor shifokorning yoniga kelib o‘tirgach, avvalo uning ijtimoiy ahvolini aniqlash, so’ngra shikoyatlarini diqqat bilan tinglamoq zarur. Uning nutqi va muomalasiga ham ahamiyat berish kerak. Agar u ko‘zim birdan og*rib qoldi, achishdi, qizardi, yoshlandi desa ko‘z pardalarining yallig‘langani, ko'zimga kecha qum tushdi yoki sim tegib ketdi desa, bu ko'zning shikastlanib yallig‘langanidan darak beradi. Bemor 2-3 oydan beri ko‘zim xira yoki ko‘p narsalarga ko‘zim o‘tmayapti yoki ko‘zim butunlay ko‘rmay qoldi, lekin hech qizargani ham og‘rigani ham yo‘q desa, bu ochiq burchakli glaukoma, ko‘rish nervi atrofiyasi, to‘r parda distrofiyasidan, yoki 3-4 haftadan beri ko ‘zimga mayda-mayda nuqtalar yaltirab k o ‘rinadi desa, bu donachalar xorioidit, xorioretinitdan, yoki ko‘zimda bir nuqta paydo bo‘lgan, qancha artsam ham ketmaydi yoki shu ko‘zim bilan qaraganda elektr lampasi ikkita ko‘rinadi desa, bu qarilik kataraktasi boshlanayotganidan darak beradi.Agar bemor ba’zida charchaganimda yuragim o‘ynab, ko‘zlarim jimirlashadi va ko‘zimdan chaqmoq chaqqandagiga o'xshash chiziq va burchakli siniq chiziqlar paydo bo‘ladi desa, bu qon bosim ko‘tarilganidan, bosh miya ko‘ruv nervi va ko‘z ichki pardalari qotomirlarining spazmga uchraganidan dalolat beradi.Odatda ko4z kasalliklari bo'yicha mutaxassislar har bir bemorga uning javoblariga asoslanib ko4z xastaligi tarixini ham aniqlash uchunquyidagi aniq savollarni beradilar:
1. Ko'zingiz qachon kasallana boshladi, bu birinchi xastalanishimi yoki ilgari ham og‘riganmi?
2. K o‘zingizning xastaligi nimadan boshlandi, o‘sha birinchi marta nimani sezdingiz va uni o‘zingiz nima sababdan deb bilasiz?
3. Vrachga ko'rindingizmi, qayerda davolandingiz va qanday dorilardan tomizdingiz, sizga ko‘zoynak tavsiya qilinganmi, yana boshqa dorilarni ham ishlatganmisiz, ko‘zingiz operatsiya qilinganmi, qayerda qilingan degan savollarga mukammal va qoniqarli javoblari.olinishi kerak. Ko‘ruv a’zosini tekshirish usullarining ikkinchi bosqichi ko‘pincha statsionar sharoitida bo‘ladi. Bunda ko‘z kasalliklarini obdon va aniq tekshirish 1-2 kun ichida bajariladi va har bir bemorning ko‘z simptomlariga qarab klinik tashxisni aniqlash uchun qo‘shimcha tekshirishlaar murakkab asboblar yordamida o‘tkaziladi. Quyidagi bir q ato r tekshirish usullarining texnikasi bilantanishtiramiz.
Shox parda sezuvchanligini tekshirish usuli. Shox parda sezgirligi sterillangan paxtadan ingichka ipcha yasab, bemor ko‘zini katta ochib turganda shox pardaning o‘rtasiga, keyin uning chctlaridagi to‘rt nuqtaga tegizib ko'riladi va uning sezgirlik darajasi aniqlanadi
Shox parda sezuvchanligi u yallig‘langan juda zo‘rayib, bemor hatto ko‘zini ocholmay qoladi. Ko‘zning surunkali distrofika patologiyasida, yoki, ayniqsa, shox parda uchuqli (virusdan) yalligManganda uning sezgirligi pasayib, hatto u butunlay sezmay qolishi ham mumkin.
Biomikroskopiya. Ko‘z soqqasining oldi qismi va ko4ztubini tirqishi lampa (biomikroskop) yordam ida tekshiish usuliga biom ikroskopiya deyiladi. Tirqishli lampa kuchli yorug‘lik manbai va binokulyar mikroskopdan tuzilgan bo‘lib,tirik ko‘zdagi to'qimalarni 5 dan 60 m artagacha kattalashtirib ko‘rishga imkon beradi. Tirqishli lam padan yorugMik nurini ko‘zga 4 xil usulda yuborish mumkin: 63-rasm. Biomikroskopiya usuli.
1. Yorug‘likni ko‘zga to'g'ridan –tog‘ri tushirib, ko‘zdagi turli xil xiralanishlar darajasi aniqlanadi.
2. Yorug‘likni ko‘zga ma'lum bir burchak ostida tushirib, yoritilgan joy atrofidagi to‘qimalar ko‘riladi
3. Yorug'likni to‘g‘ri diafanik yo‘naltirib, ularni ko‘z to‘qimalarida aks ettirib, qaytarilgan nurlar yordamida tekshiriladi.
4. Yoruglik nurini ma’lum bir burchak ostida diafanik yo‘naltirib tekshiriladi. Yuqoridagi usullami qo‘llaganda ko‘z to‘qimalaridagi eng nozik qismlar va ulardagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Tirqishli lampada maxsus toraytirgich-kengaytirgich (diafragma) va rangli filtrlar bor bo‘lib, ular yordamida ko‘zga tushayotgan yorug‘lik nurini ko‘paytirish yoki kamaytirish va turli ranglarni berish mumkin. Yorug‘lik nuri yordamida ko‘z to^imalarining optik kesimi hosil qilinadi. Bu esa shox parda, gavharning qalinligini, oldingi kamera chuqurligini aniqlashga imkon beradi hamda ko‘z to‘qimalaridagi patologik o‘zgarishlami yaxshiroq ko‘rishni ta’minlaydi. Bundan tashqaii, qo‘shimcha Grubi va Goldmanoptik linzalarini qo‘llab ko‘z tubi va oldi kamera burchagi va kipriksimon tana orqa sathini ham tekshirish mumkin. Gonioskopiya - ko‘z oldi kamerasi burchagini goniolinza va tirqishli lampa yordamida tekshirish usuli. Oldingi kamera burchagi shox parda chekkasidagi yarim tiniq qismi - limb ostida joylashgan va u tashqaridan oddiy ko‘z bilan qaraganda ko‘rinmaydi. Shuning uchun oldingi kamera burchagi mikrotuzilishini ko‘rish uchun Van-Boyningen, Krasnov, Goldman gonioskoplari ishlatiladi. Bu gonioskoplap murakkab joylashtirilgan shisha va linzalar tizimidan iborat. Tekshirish paytida goniolinza instillyatsion anesteziyalangan ko‘zning shox pardasi yuzasiga moslashtiriladi.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling