3 amaliy mashg’ulot mavzu: Orqa miya reflekslarini o’rganish Ishdan maqsad
Download 76.81 Kb.
|
3-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv jihozlari
- Tizza refleksi
- Nazorat savollari.
- Topshiriqlar
3 - AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Orqa miya reflekslarini o’rganish Ishdan maqsad: Tibbiyot bog’achasi yordamida ko’z qovoqlarini yumib-ochish refleksi, tizza refleksi, axilli refleksi, ikki boshli muskul reflekslarini hosil qilish, refleks yoyini analiz qilishni o’rganish. O’quv jihozlari: Ilmoqli shtativ, preparat tayyorlash uchun asboblar, sekundomer, paxta, ilmoq, NSl kislotaning 0,5 va 1% li eritmasi, 1% li novokain, suv, fiziologik eritma, tirik baqa. Nazariy qism: Orqa miya reflekslarini aniqlash. 1. Baqaning faqat bosh miyasini kesib, pastki jag’idan shtativ ilmog’iga osib qo’yiladi. Kichik stakanga 0,5% li xlorid kislota quyib, baqaning orqa oyog’i shu eritmaga tushiriladi. Bu vaqtda u oyog’ini tortib oladi, so’ngra boldir terisini halqa shaklida kesib, shilib olinadi. Oradan 1-2 minut o’tgach, baqaning o’sha oyog’iga 0,5% li NSl kislota bilan yana ta’sir etiladi. Lekin bu safar u oyog’ini tortib olmaydi, chunki endi retseptor, ya’ni refleks yoyining bir elementi olib tashlandi. Terisi kesilmagan oyog’iga kislotaning kuchliroq eritmasi bilan ta’sir etilsa, baqaning faqat shu oyog’igina emas, balki ikkinchi oyog’i va butun tanasi harakatga keladi. 2. Baqaning orqa miya organlarida refleks borligini ko’rgandan keyin, uning bir oyog’i sonining orqa tomonidagi terisini kesib, muskullar orasidan quymich nervi topiladi. Uning tagidan ip o’tkazib olinadi. So’ngra shu oyog’i kislotaning kuchli eritmasiga botirilsa ham u qisqarmaydi, ya’ni efferent nerv tolasi buzilganligi sababli refleks hosil bo’lmaydi. Buni shu nervga novokain ta’sir ettirib ham kuzatish mumkin, bunda o’tirg’ich nervi novokain ta’sirida 1- 2 minutda sezuvchanligini yo’qotadi. 3. Orqa miya kanaliga maxsus simfinder kiritib asab tizimi buziladi. Shundan keyin baqaning oyog’i kislotaga tegizilsa ham refleks hosil bo’lmaydi. Odamdagi proprioretseptiv reflekslarni kuzatish. Odamda muskul, pay va bo’g’imlarda joylashgan retseptorlarning ta’sirlanishi natijasida hosil bo’ladigan reflekslar proprioretseptiv reflekslar deb ataladi. Bunga tizza refleksini hamda Axillov payining refleksini olish mumkin. 1.Tizza refleksi. Tekshirilayotgan odam oyog’ini chalishtirib o’tiradi. Agar uning to’rt boshli muskuli payiga maxsus bolg’acha bilan sekin urilsa, boldir muskullari (oyog’i) yoziladi. Bunda reflektor yoyi III-IV bel segmentlari atrofida tutashadi. 2. Axillov refleksini ko’rish uchun tekshirilayotgan odam stulga tizzasi bilan cho’kkalab o’tiradi. Agar Axillov payiga bolg’acha bilan sekin urilsa, oyoq panjalari yoziladi, bunda reflektor yoyi I-II dumg’aza segmentlari atrofida tutashadi. Nazorat savollari. 1. Shartsiz va shartli reflekslarning farqlab bering. 2. Tizza refleksida reflektor yoyi sifatida nimalar ko’riladi? 3. Axill refleksida reflektor yoyi sifatida nimalar ko’riladi? 4. Sezuvchi nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv hujayrasi orqa miyani qaysi shoxlarida joylashgan? Topshiriqlar 1. Baqaning ta’surotlarga javob berish jarayonlarini yozing.
2. Odamdagi proprioretseptiv reflekslarni kuzatish tajribasini o’tkazing va natijalarni yozing. ______________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ Download 76.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling