Siydik ajratish sistemasi


Download 0.77 Mb.
bet1/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1115891
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 mavzu Inomxo‘jayev 2

Siydik ajratish sistemasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi

1-davolash fakulteti 205-A talabasi

Inomxo‘jayev Ayyubxo‘ja

2023-yil 11-yanvar

Buyrakning tuzilishi

  • Buyrak (ren, grekchanephros) siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo’lib, katta odamda uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm. Og’irligi 120 -200 g. U to’q qizil rangli, yuzasi katta odamda silliq. Buyrakning oldingi yuzasi (facies anterior) qavariq, orqa yuzasi (facies posterior) yassiroq. Uning yuqori uchi (extremitas superior), pastki uchi (extremitas inferior), qavariq lateral qirrasi (margo lateralis), botiq medial qirrasi (margo medialis) tafovut qilinadi. Medial qirrasining o’rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi (hilus renalis) joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo’li, vena va limfa tomirlar chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo’shlig’iga (sinus renalis) o’tib ketadi. Buyrak bel sohasida umurtqa pog’onasining ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan. Buyraklarning yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, pastki uchlari uzoqroq turadi. Chap buyrak o’ngiga nisbatan yuqoriroq turadi. Chap buyrakni yuqori uchi XI ko’krak umurtqasini o’rtasida, pastki uchi III bel umurtqasining yuqorigi chekkasi sohasida turadi. O’ng buyrakning yuqori uchi XI ko’krak umurtqasining pastki chekkasi sohasida, pastki uchi esa III bel umurtqasining tanasini o’rtasi sohasida turadi. XII qovurg’a chap buyrakni orqa yuzasini o’rtasidan, o’ng buyrakni esa yuqori uchidan kesib o’tadi. Buyrakning orqa yuzasi pardalari bilan diafragmaga, belning kvadrat mushagi, qorinning ko’ndalang mushagi va katta bel mushagiga tegib turadi. Uning yuqori uchida buyrak usti bezi joylashgan.

Buyrak 1. Kapsula 2. Asosi 2.1 Buyrak tanasi 2.2 proksimal kanal 2.3 kesma kanalo 3 miya kanali 4 kortikal qism 5 interdistal tomirlar 6 kapsulaosti moddasi 7Yig‘uvchi kanal 7.2 nefron halqa qismi 8.1 yoysimon qon tomirlari 8.2 yoy


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling