Siydik ajratish sistemasi


Siydik o‘tkazish yo‘llari


Download 0.77 Mb.
bet5/5
Sana24.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1115891
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 mavzu Inomxo‘jayev 2

Siydik o‘tkazish yo‘llari

  • Siydik yoʻli, ureter - siydikni buyrak jomidan qovuqqa oʻtkazuvchi juft naysimon organ. Qorin boʻshligʻining orqa devorida, umurtqa pogʻonasining ikki tomoni boʻylab joylashgan. Uz. 25—30 sm, diametri 1,5– 13 mm. Tashqi devori biriktiruvchi toʻqimali, oʻrtasi silliq muskulli va ichkisi shilliq parda qavatdan iborat. Silliq muskullar siydikning qovuqqa oʻtishida qatnashadi.

Siydik pufagi 1.Shilliq qavat 1.1 o‘zgaruvchan epiteliy 1.2 xususiy plastinka 1.3 shilliq osti qavati 2 mushak parda 2.1ichki bo‘ylama qavat 2.2 o‘rta aylana qavat 2.3 tashqi bo‘ylama qavat 2.4 Biriktiruvchi to‘qimali qavat

Qovuq

  • Qovuq, siydik pufagi — odam, baʼzi umurtqasizlar va koʻpchilik umurtqalilarning ichi boʻsh xaltasimon aʼzosi, unda siydik yigʻiladi; sigʻimi 500—700 ml. Boʻsh Qovuq puchaygan holda boʻlib, ichida siydik bor-yoʻqligiga qarab, shakli oʻzgarib turadi. Kichik chanokda qov birikmasi ortida yotadi; oʻning tubi, tanasi va uchi tafovut qilinadi. Qovuq devorida kuchli muskul qavati boʻlib, u qisqarganida Qovuq boʻshligʻi kichrayadi. Siydik naylari Qovuqqa ochiladigan joyida va siydik chiqarish kanalining ichki teshigi atrofida aylana muskul tutamlari sfinkterlar hosil qiladi, ular siydikning Qovuqqa tushishini va Qovuqdan chiqishini rostlab turadi. Ayollar qovugʻining orqasida bachadon va qin, erkaklarda esa urugʻ pufaklari va urugʻ chiqarish yoʻllari boʻladi. Qovuqning old tomonida qovuq bilan qov suyaklari orasida ularni ajratib turuvchi oraliq bor, shuning uchun Qovuq Erkin harakat qila oladi. Qovuq siydik bilan toʻlganda chanoq boʻshligʻidan koʻtarilib, qov birlashmasidan yuqoriga, hatto kindikgacha boradi.
  • Siyish murakkab reflektor holat, bunda qovuqni boʻgʻadigan muskullar qisqaradi, siydik chiqarish kanalining sfinkterlari boʻshashadi. Sogʻlom odam qovugʻida 250—300 ml siydik toʻplanganida siygisi qistaydi. Normal sharoitda odam bir sutkada 4—6 marta siyadi. Sogʻlom kishi suyuqlikni koʻp isteʼmol qilsa, tez siyadi; quruq ovqat yesa yoki yilning issiq faslida siydik miqdori kamayadi.

E‘tiboringiz uchun rahmat


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling