Bulut yig‘lab ko‘z yoshi to‘kishi bilan dur sochuvchi bo‘ldi: chaqmoq esa kula-kula pastlashdi, yerga kirdi
Download 41,37 Kb.
|
тест. интеграция
1.Alisher Navoiyning: “bulut yig‘lab ko‘z yoshi to‘kishi bilan dur sochuvchi bo‘ldi: chaqmoq esa kula-kula pastlashdi, yerga kirdi” ibrati qaysi javobda o‘z ifodasiga ega. А. mohiyat В. mehnat tarbiyasi С. nafs Д. axloqiy tarbiya 2. “iroda odamni hayvondan ajratib turuvchi xususiyat emas, balki odamni bir-biridan ajratib turadigan yagona ruhiy kuch”iborasi tarbiyaning qaysi metodiga xos
3.“Tarbiyasiz yoki yomon xulqli odamlarga yaxshilik qilish tuzli joyga don ekishga o‘xshaydi. Yomon xulqli kishiga yaxshilik yo‘lini ko‘rsatish, so‘qir odam oldida sham tutish bilan barobardir.”shaxs shakllanishining qaysi holatiga xos
4.“Shahar itiga doimiy ravishda kaltaklar yog‘iladi, chunki u ovchi itidek ovga qodir emasda”. Mazkur fikr nima haqida ekanligini fikrlang?
5.Butun mavjudodga bir omonat yukni taklif etdilar, barchasi ibo qildi va qabul etmadi. Inson qabul etdi va u bilan kamolga yetdi. Bu omonat yuki – ? javobini toping?
6.Bilgilki, olamda har bir mavjudot nimaga ega bo‘lsa, ist’dodi tufaylidir, odamlar ham nimaga erishgan bo‘lsalar, iste’dodlari tufayli erishadilar. ” Gap nima xakida?
7. “Ko‘p odamlar insoniy qiyofasi bo‘lgani bilan, odamiylik ma’nosi ularda yo‘q, ular hayvonlar hisobidadirlar. Hayvonlarning sifatlari va amallari ularda zohirdir”. Ushbu fikrda nima yashirin?
8. “Ayrimlar iste’dodni xosiyat deb nomlaganlar. Ular aytadilarkim, har bir kishining bir hosiyati bor, masalan, kimdir she’r yozadi va boshqalar she’r yozolmaydi. Kimdir she’rni yaxshi o‘qiydi, boshqalar yaxshi o‘qiyolmaydi. Kimdir to‘g‘ri fikrlaydi, kimlardir eplolmaydi. Kimdir ilm o‘rganishga, kimdir mol to‘plashga kirishadi va boshqalar buning uddasidan chiqolmaydilar. Baholashning qaysi turiga xos?
9.“Hamma narsa oldindan belgilangan (taqdir) deb aytgan xato qiladi, hamma narsani iroda erkinligi tashkil etadi degan ham xato qiladi. " [Nasafiy Aziziddin. Kitob-al inson ul komil. 241-b. ]. Nimaga ehtiyoj sezadi?
10.O‘z ona yurtim – Nasaf shahrida edim. Bir kecha Rasulloh(s.a.v.)ni tushumda ko‘rdim. Buyurdilarkim: “Ey Aziz! “A’uzu” o‘qiydigan dev va “La havla” aytadigan shaytonni bilasanmi? “ Dedim: Yo‘q yo Rasululloh. Dedilarkim, falonchi “A’uzu” o‘qiydigan dev va falonchi “La havla” aytadigan shaytondir, ulardan hazir bo‘l... qaysi ijtimoiy institutga xos?
11.Aksar hollarda odamlar va hatto yovuzlar, umuman, biz tasavvur qilgandan ko’ra go’lroq va soddaroqdirlar. Biz o’zimiz ham pesh emasmiz. Dostoyevskiy (Aka-uka Karamazovlar asaridan) baholashning qaysi turiga xos?
12.“Bo‘sh o‘rindiqda ishlamaydigan temir zangni ushlab turadi” iborasi qaysi tarbiyaning mazmuniga xos?
13.Lo‘lining chirmandasi uzilsa gardishi maymunga o‘yinchoq bo‘ladi. Maqolida luli, chirmanda, maymun obrazlarini nimaga qiyoslanadi?
14.“Zanglagan qalay yelimni ushlab turmaydi” iborasini tarbiyaning qaysi jihati bilan bog‘lash mumkin?.
15.Temurbekning nabirasi Xalil sulton Mirzo bobosi davrida Samarqand xokimi edi. Temur vafoti kunlari unga ayonlar ishonchsizlik bildirdi. Chunki u nasabi noma’lum Shodimulkni telbalarcha sevib qolgan edi. Shu sababli Shoxruh Mirzo tomonidan xokimiyatdan chetlatildi. Ushbu fikr tarbiyaning qaysi omili bilan bog‘liq.
16.Deydilarki, bir shogird ustozi oldida shirinliklar haqida gapirar edi. Ustoz darxol unga ruxsat berdi va ota-onasiga yetkazdiki, “Vaqti yetdi, o‘g‘lingizdan katta savdogar chiqadi. Bechora ota-ona suyundi o‘g‘lini savdogarlikka qo‘ydi. O‘g‘il olti oy o‘tib, sudxo‘rlikda ayblanib osilib ketdi.” Mazkur ibratda qanday masala ko‘rilgan?
Download 41,37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling