Doira (childirma, chirmanda) o`zbek, tojik va uyg`ur xalqlari orasida keng tarqalgan. Doira ansambl va yakka holda ham ijro etiladi. Doira jo`rligidagi raqslar o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan


Download 449.19 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi449.19 Kb.
#1446993
Bog'liq
Cholg\'u asboblari




Doira (childirma, chirmanda) – o`zbek, tojik va uyg`ur xalqlari orasida keng tarqalgan. Doira ansambl va yakka holda ham ijro etiladi. Doira jo`rligidagi raqslar o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shashmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz, maqom usullarini doirada ustalik bilan o`zlashtirganlar va o`z ashulalariga jo`r bo`lganlar. Shashmaqomdagi har bir kuyning o`ziga xos usuli bor. Shunga ko`ra, usullar shu kuy nomi bilan yuritiladi. Masalan: “Usuli Muhammas” (Muhammas usuli), “Usuli Talqin”, ”Usuli Tasnif” va boshqalar.


Surnay - asosi uzun ishlangan o‘zbek milliy puflama cholg‘u asbobi. Uning uzunligi taxminan 450-550 mm bo‘lib, yuqori ingichka qismiga kichkina yog‘och trubochka (ichidan ingichka metallik trubka o‘tgan) qo‘yiladi. Ushbu kichik metallik trubochka bambuk plastinalaridan tayyorlanib, atroflari metallik aylanacha bilan o‘ralgan. Metallik truba ostidan kichik plastinkasi sadat deb nomlanadi. Musiqachilar uni lablariga qattiq bosgan holda ohang taratadilar. Kuchli va kamyob tovushi sababli turli milliy ansambl, to‘y va marosimlarda keng foydalaniladi. Uning boshqa milliy cholg‘u asboblardan alohida jihati shundaki, u uzilmas legatoni ijro qila oladi. Ijro metodari o‘z ichiga melismathics va keng qo‘llaniluvchi yuqori intervallarga keskin sakrashli forschlagslarni oladi.

Karnay сholg‘u asbobi uzun silindrsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, mis va jezdan yasaladi. Eron, Tojikiston va O'zbekistonda keng tarqalgan.Karnay uzun, gohida ikki metrgacha yetuvchi uzun odatda bukilmagan truba ko'rinishida bo'ladi. Registri va tembi bo'yicha trombonga o'xshash. Karnayda odatda tan'tanali yoki chorlovchi navolar chalinadi. Cholg'u asbobi baland tondagi dovushga ega. Hozirgi vaqtga kelib karnaylar to'y va tan'tanalarda chalinmoqda.






Urib chalinadigan o`zbek xalq chog`u asboblaridan. Nog`ora sopoldan yasalib, ustiga echki yoki kiyik terisi qoplanadi. Nog`ora ma’lum bir sozga ega emas. U O`zbekistondan tashqari boshqa sharq mamlakatlarida ham ishlatiladi.




Nay - o‘zbek puflab chalinuvchi cholg‘u asbobi. Asosan uni yasashda bambuk yog‘ochi, shuningdek, tunuka va jezdan foydalaniladi. Oltitta ohang tuynukli ko‘ndalang nay teshikchalarini oldinma-ketin yopib puflagan holda tovushlarning xromatik o‘zgarishiga ega bo‘lish mumkin. Nay yakkaxon ijrodan qo‘llanilgani kabi ansambl va orkestda ham ishtirok etadi.





Changqo‘biz, changqovuz— til-chali cholg‘u asbobi. Plastinkasimon va yoysimon turlari bor. Suyak, yog‘och, qamish, g‘arov, metalldan yasaladi. Osiyo (Sibir, Uzoq Sharq, O‘rta Osiyo), Af-rika va Yevropa xalklarida turli nom-da tarqalgan bo‘lib, musiqiy folklor qatlamiga mansub cholg‘udir.


Download 449.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling