Mavzu: Uzoq sharq paleolit davri arxeologiyasi. Reja
Download 317.11 Kb.
|
Mavzu Janubi-Sharqiy Osiyoning qadimgi davr arxeologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq sharq
- Mavzuning maqsad va vazifalari.
- Uzoq Sharqning qadimgi davr tarixi va arxeologiyasi.
- Sibir hududi tosh davrida
- Indoneziyada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar.
- Yava Pitekantroplarining umumiy tavsifi va yashash turmush tarzi.
Mavzu: Uzoq SHarq paleolit davri arxeologiyasi. Reja: Kirish
Uzoq Sharq haqida umumiy ma’lumot. Uzoq Sharqning qadimgi davr tarixi va arxeologiyasi. Sibir hududi tosh davrida Indoneziyada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar. Yava Pitekantroplarining umumiy tavsifi va yashash turmush tarzi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish.
.
UZOQ SHARQ — Osiyoning sharqiy qismida joylashgan davlatlar va hududlarning umumiy nomi. Uzoq Sharqga, odatda, Xitoy (sharqiy qismi), Koreya (KXDR va Koreya Respublikasi), Yaponiya, Filippin, shuningdek, RFning eng chekka sharqiy qismi kiradi. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi – Ushbu jamlanma Osiyo qit’asinig janubi-sharqida joylashgan oʻn mamlakatni birlashtirgan iqtisodiy va siyosiy tashkilot sifatida jahon hamjamiyatida muhim rol oʻynaydi. Avvaliga ushbu kelishuv 1967-yilning 8-avgustida Indoneziya, Malayziya, Fillipin, Singapur va Tayland hukumatlari tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar aʻzolar soni oʻntaga yetgan va tashkilot ichida endi Bruney, Myanma, Kambodja, Laos va Vyetnam mamlakatlari oʻz qiziqishlari bilan ishtirok etishmoqda. Tashkilotning asosiy maqsadlari iqtisodiy oʻsishni kuchaytirish, ijtimoiy vaziyatni yaxshilash, aʻzo mamlakatlar orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, regional hududni himoya qilish kabi masalalarni oldigan maqsad qilgan mamlakatlar vakillari global muammolarni tinchlik yoʻlidagi muzokaralar bilan hal qilish ustida faoliyat yuritishmoqda. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari Asssotsiatsiyasi (JShOMA) maydoni 4460000 км ² bu hudud Yer shari umumiy maydonining 3%-ni tashkil etadi. Aholisi 600000 kishi atrofida va Yer aholisining 8,8%-iga tengdir. 2012-yilda mamlakalarning erkin nominal YIM oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan $ 2,3 trln. AQSh Dollariga oʻsish qayd etilgan. Agar JShOMA mamlakatlarnining iqtisodiyoti birlashtirilsa jahon iqtisodiyotida sakkiztadan bitta kuchli iqtisodiy potensial mavqesiga ega tashkilotlardan sanaladi1. Qisqacha tarixi. 1961-yil Malayziya, Fillipin va Tayland mamlakatlari oʻrtasida imzolangan alyans keyinchalik Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi nomini olgan (JShOMA). Lekin bu jamlanma rasmiy ravishda besh davlat Indoneziya, Malayziya, Tayland, Singapur va Fillipin kabi mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari tomonidan Bangkokda Tayland Tashqi ishlar vazirligi departamentida uchrashuv tashkil etilgan va ushbu (JShOMA) tashkiloti yaratilishi haqidagi deklaratsiya qabul qilingan. Deklaratsiya keyinchalik jahon hamjamiyatida Bangkok Deklaratsiyasi nomini olgan. Tashkilotning asoschilari sifatida besh mamlakat Tashqi Ishlar vazirlari eʻtirof etiladi, bular: Indoneziyadan Adam Malik, Fillipindan Narciso Ramos, Malayziyadan Abdul Razak, Singapurdan S. Rajaratnam va Tayland vakili Thanat Khomanlardir. 1960-yillarda roʻy bergan hodisalar iqtisodiy rivojlanishga harakat qilish, tashqi taʻsirlarga ishonchning yoʻqolishi, kommunizm tizimidan choʻchish va davlat tizimini mustahkamlash kabi muammolar JShOMA tashkiloti yaralishiga asosiy sabablar boʻlgan. 1984 1-yanvarida Bruney mustaqillikni qoʻlga kiritgan va bir haftadan soʻng 1984-yilning 8-yanvarida ilk marotiba jamlanma tarkibida kengayish kuzatilib Bruney JShOMA anjumanida oltinchi vakil sifatida ishtirok etgan2. Tashkilot kengayishi. 1995-yilning 28-iyulida Vyetnam yettinchi aʻzo sifatida va keyinchalik ikki yildan soʻng 1997-yilning 23-iyulida Laos hamda Myanma mamlakatlari tashkilotga aʻzo boʻlishgan. Kambodja Laos va Myanma mamlakatlari bilan birgalikda tashkilot aʻzoligiga oʻz istagini bildirgan lekin mamlakatlar orasidagi ichki siyosiy kurashlar tufayli ushbu taklif JShOMA tomonidan vaqtinchaga bekor qilingan. Keyinchalik mamlakat hokimiyatidagi kamchiliklar bartaraf etilib 1999-yilning 30-aprelida tashkilotning hozirgi kundagi eng soʻnggi oʻninchi aʻzosi sifatida JShOMA tarkibiga qabul qilingan. 1990-yilda Malayziya vakillari Sharqiy Osiyoda iqtisodiy forum yaratishni taklif etishgan va bu forumga tashkilotning yangi aʻzolari sifatida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyakabi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorliklar olib borib Osiyo-Tinch okeani boʻyidagi iqtisodiy hamkorlikda AQSh taʻsiri bilan oʻz mavqelarini Osiya hududida tenglashtirishmoqchi boʻlishgan. Lekin bu reja AQSh va Yaponiyaning bir-biriga kuchli qarama-qarshiligi sabab amalga oshmagan. Biroq bu kabi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay oʻz faoliyatlarini davom ettirishib 1997-yilda JShOMA uch plyus nomli birlashma yaratilgan. 1992-yilda yangi tartiblarga asoslangan imtiyozli tariflar qabul qilingan. Bu tariflar jahon bozorida ishlab chiqarish sifatini oshirish va regional hududda ishlab chiqarilgan maxsulotlar raqobatbardosh boʻlishini yaxshilash kabi muammolarni oʻz ichiga olgan. Ushbu qonunlar tashkilotningb erkin iqtisodiy hududida amal qilishi belgilangan. 1997-yilda Sharqiy Osiyodagi moliyaviy inqirozdan soʻng Malayziya ushbu tashkilotni kuchli iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va Janubiy Koreya) bilan birlashtirish fikrini oldinga surgan. Bu tashkilotga aʻzo boʻlgan har bir mamlakat nafaqat regionda balki jahon mamlakatlari orasida iqtisodiy yutuqlarga erishish niyatida birlashishgan. 1995-yilning 15-dekabrida aʻzo mamlakatlar Janubiy-Sharqiy Osiyoni yadroviy qurollarni qisqartirish kelishuvi va Janubiy – Sharqiy Osiyoda yadroviy qurollar hududini bekor qilish haqidagi kelishuvlar imzolangan. Ushbu kelishuvni aʻzo mamlakatlardan faqatgina bir mamlakat imzolamagan boʻlib kelishuv 1997-yilning 28-martidan kuchga kirgan. Ushbu havfsizlikga oid kelishuv 2001-yilning 21-iyunida Fillipin imzolaganidan soʻng regionda toʻlaqonli yadroviy qurollarning barcha turlari taqiqlangan3. Sharqiy Timor va Papua Yangi Gvineya. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi 2011-yilning martida Jakartada oʻtkazilgan sammitida Sharqiy Timor tashkilotga aʻzo boʻlish istagini bildirgan. Bunga javoban Indoneziya ushbu taklifni iliqlik bilan qabul qilgan. Papua Yangi Gvineya 1976-yilda kuzatuvchilik mavqeiga, keyinchalik 1981-yilda maxsus kuzatuvchi sifatida tashkilot sammitlarida ishtirok etishni boshlagan. JShOMA ushbu mamlakat bilan 1976-yil Bali shahrida oʻtkazilgan sammit ortidan iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu holat 80-yillarning oʻrtalarida toʻlaqonli amalga oshirilib, keyinchalik 1991-yilda Tayland rezolyutsiyasi ortidan erkin savdo hududida oʻz mavqeini yanada oshirgan4. 21-asrga kelib koʻpgina mamlakatlar va yirik tashkilotlar atrof-muhit holatini tiklash va yaxshilash kabi savollarni hal qilish tarzini oldiga maqsad qilib qoʻyishmoqda. Jumladan JShOMA tashkiloti endilikda tabiatni saqlash kabi yangi tartibdagi tizimlarni oʻzining regional hududida qabul qilmoqda. Tashkiliot vakillari avvaliga 2002-yilda Janubiy-Sharqiy Osiyoda tutunli ifloslanishni nazorat qilish maqsadida JShOMA transhududida tutunli ifloslanishga qarshi kelishuvni imzolashgan. Afsuski bu imzolangan kelishuv 2005-06-yillarda Malayziya tomonidan ifloslangan havo oqimi tufayli oʻz qadrini yoʻqotgan. Shuningdek tashkilot ekologik muamolarni oʻz ichiga oladigan bir necha kelishuvlarni qabul qilib, shulardan: Sharqiy Osiyo energetik havfsizlik deklaratsiyasi, 2005-yilda АСЕАН Wildlife Enforcement tarmogʻi regionda joriy qilinishi va Osiyo-Tinch okeanining iqlim va muhitni asrash kabi masalalarda hamkorlikning imzolanishi iqlimning oʻzgarishi sababli qabul qilingan. 2003-yilda Bali shahrida oʻtkazilgan JShOMA sammitida aʻzo mamlakatlar vakillari birdamlikda demokratik dunyo tartibiga asoslangan tizimni imzolashgan. Bunga sabab barcha mamlakatlar jahon va regional hudud hamjamiyatida oʻz demokratik dunyoqarashlarini tenglashtirishga va yaqin kelajakda rivojlanishga erishish harakatlari asosiy dalillar sifatida koʻriladi. Bundan tashqari demokratik boʻlmagan aʻzo mamlakatlar ham bu kabi vaziyatni qoʻllab quvvatlashgan. Har bir mamlakat vakillari keyinchalik tashkilot faoliyatini oʻrganib chiqishib kelajakda yangi integratsiyalarni regionda joriy qilish zarur degan hulosaga kelishgan va 1997-yildan boshlab shu maqsadlar asosida va tashkilot faoliyatini regionda yanada kuchaytirish kabi masalalarni hal qilish uchun yangi iqtisodiy jamlanma yaratish harakatini boshlashgan. Aʻzo mamlakatlar oʻzlarining iqtisodiy aloqalarini yaxshilash uchun oʻtkazilgan Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya kabi mamlakatlarni oʻz doirasiga olgan Sharqiy Osiyo mamlakatlari sammitida tashkilotga yirik eksportyorlar Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni tarkibga qoʻshish istagini bildirishgan va bu masala keyinchalik matbuotda JShOMA plyus uch degan nomini olgan. Bu harakat Yevropa hamjamiyatini Sharqiy Osiyo hududida yoʻq qilish va yangi zamonaviy, rivojlangan sanoatni bunyod etish hamda kuchli Sharqiy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatini yaratish ekanligi baʻzi bir mamlakatlar tomonidan tanqid qilib kelinadi. Ohirgi yillarda erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklarni oʻrganish maqsadida hamda tashkilot jamgʻarmasini tashkil qilish masalalari sababli JShOMA huzurida Kuzatuvchi Faollar guruhi tashkil etilgan. 2006-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kuzatuvchi tashkilot maqomi berilgan va bunga javoban JShOMA tashkilotning "dialoglar borasida hamkor" degan maqomiga erishgan.5
Botqoqli vodiylar, kichik tog` daryolari, tropik o’rmonlar bilan qoplangan baland tog`lar Janubiy-Sharqiy Osiyo uchun xarakterli hol. Bu yerda eramizdan avvalgi VIII ming yilikdayoq mezolit davrida o’troq manzilgohlar paydo bo’lgan. Neolit davrida esa sholikorlik xo’jaligi qadimgi janubiy-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Janubiy-Sharqiy Osiyoning kontinental qismida yashagan qadimgi xalqlar avstroosiyoliklar (monlar, kxmerlar va boshqalar) orollarda austroneyziylar (malayalar, yavalilar va boshqalar), etnograflar ularning barchasini qo’shib austri xalqlari deb ataydilar. Qadimda eng rivojlangani austroosiyo viloyatlaridan janubiy hindi-xitoy tekisliklaridir. Bu yerda eramizdan avvalgi III ming yillikda aholi dastlab mis keyinchalik jez davriga mustaqil o’tadilar. Er. avv. II ming yillikda janubiy- sharqiy Osiyo taraqqiyotda qo’shni viloyatlardan orqada qola boshlaydi. Daryolarning murakkab tizimi xo`jalikning bosh yo`nalishi bo’lgan sholikorlik zarur bo’lgan sun'iy sug`orish tizimini barpo qilishni qiyinlashtirgan. Uzoq vaqt jamiyatning asosiy bo`g`ini bo’lib, sholikorlik bilan shug`ullanadigan kichikroq qishloq jamoalari qolavergan. Faqat so’nggi jez asrida er. avv. I ming yillikda Dongshon sivilizatsiyasi vaqtida (Dongshon qishlog`i yonida bu madaniyatning birinchi qabri topilgan) janubi-sharqiy Osiyoning katta va o’rta daryolari vodiylarida katta-katta dehqonchilik manzilgohlari paydo bo’ladi. Bu davrda omoch dehqonchiligi paydo bo’ladi, jamiyat ijtimoiy tuzilmasi murakkablashadi. Yaqinda topilgan juda kam sonli o’ziga xos iyerogliflarga o`xshash yozuvlardagi qadimiy yozma manbalar mavjud. Janubi-sharqiy Osiyoning qadimgi tarixini qayta tiklashda ilk o’rta asr (vyet, mon va boshqalar) xronikalari hamda qadimgi Xitoy, qadimgi hind, antik mualliflar asarlari va manbalari muhim rol o`ynaydi. Ilk sinfiy jamiyatlar qadimgi austroosiyo va ularga qarindosh qadimgi vyetlarda paydo bo’lib Garbiy Hindixitoyda hozirgi shimoliy Vetnam orqali Yanszi quyi oqimigacha cho`zilib ketgan. Ularning orasida davlatlarning to’rt guruhini ko’rsatish mumkin: shimoli-sharqiy Hindixitoy va janubiy Xitoy dengiz qirg`og`i: janubiy Hindixitoy davlatlari; Malakka yarim oroli va arxipelagida qadimgi Indoneziya davlatlari; shimoliy Hindixitoyning markaziy qismi va tay tilli, birma tilli xalqlar joylashgan qo’shni hududlar davlatlari6. Qadimgi Vyet davlatlari va ularning qo’shnilari Shimoliy Vetnamdagi va Janubiy dengizning shimoliy qismidagi davlatlardan shimolroqdagi qadimgi Xitoy an'analariga ko’ra birinchi navbatda «varvar» (Xitoy an'anasi nuqtai-nazaridan) Eyu (Vyet) podsholigi tarixda yaxshiroq ma'lum. Yue podsholigi er. avv. VII asrda Yanszi daryosining quyi oqimida paydo bo’lgan. Uning ijtimoiy tuzilishi qadimgi Xitoy podsholiklariga qaraganda soddaroq bo’lgan. Aholining asosiy mashg`uloti sug`orma sholikorlikdir. Er. avv. IV-III asrlarda Yanszi daryosining yuqori qismida besh davlat: Xanchxa, quyi qismida Vanglang (keyin Aulak), sharqda Teyau, Namvyet va boshqalar mavjud bo’lgan. Ular yuqori ijtimoiy taraqqiyot darajasida bo’lganlar. Janubiy podsholiklarda ham madaniyatini qabul qilish shimolga qaraganda ancha yuqori bo’ladi7. Er. avv. III asrda hududdagi eng rivojlangan davlatlardan Xongxa daryosining quyi qismi va unga qo’shni hududlarda Siszyan pastida vetnamliklarning ajdodlari lakvyetlar joylashgan davlat Namvyet edi. Aulakda aholining asosiy qismini jamoachilardan iborat mayda ishlab chiqaruvchilar tashkil qilgan. Turli manbalar Namvyet jamiyatida qullar mavjudligini ko’rsatadi. Hukmron sinflar jamiyatda katta yer-mulk egalari hukmron tabaqa bo’lib, ular bilan bog`langan xizmat zodagonlari, qullar va mayda ishlab chiqaruvchilar bo’lgan. Davlat tepasida hukmdor turgan. Qadimgi vyetlar madaniyati o’ziga xos edi. Ayniqsa, ajdodlarga e'tiqod, yer ruhiga, timsoh-ajdar va suvda suzuvchi qushlarga sig`inish keng tarqalgan. Er. avv. 221-214-yillarda Aulak, Teyau va Namvyet davlatlari Sin imperiyasi bilan o’z mustaqilliklari uchun urush olib boradilar. Urushlar jarayonida Aulak o’z mustaqilligini saqlab qoladi va Teyauning bir qismini o’ziga qo’shib oladi. Namvyet bir necha yil Sin qo’shinlari tomonidan bosib olingan. Er. avv. 207 yilda Namvyet va Aulak davlatlari birlashadi. Bu davlat er. avv. II asrda janubiy –sharqiy Osiyoda eng kuchli davlat bo’lib, faqat Xan imperiyasidan kuchsizroq bo’lgan. Eramizdan avvalgi II asr boshlarida Namvyet Vo'ongi (hokimi) o’zini Xan imperatoriga teng deb e'lon qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini asosini sholikor hududlar tashkil qiladi. Bu davlatda yirik shaharlar, rivojlangan ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik mavjud edi8. Er. avv. II asr boshlarida Namvyet-Aulak hukmdorlari urushlar va diplomatik yo`l bilan qo’shni davlatlarni qo’shib olishga harakat qiladilar, ammo er. avv. III asrda mamlakat Xan imperatori U-di tomonidan bosib olinadi. Xan imperiyasi mamlakat ichki ishlariga aralashmaydi. Imperiya «varvarlarni varvaralar boshqaradi» siyosatini olib boradi9. Er. avv. III-II asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyoni tog`li hududlarida qadimgi Tay Diyen va Yelan davlatlari alohida guruhni tashkil etadi. Bu yerda dehqonchilik zaif bo’lib, chorvachilik yetakchi o’rin egallagan. Shu bilan birga bu yerda qandaydir birma tilli guruhlar va Markaziy Osiyo chorvador aholisi bilan birgalikda ilk sinfiy jamiyatlar shakllantirilgan.Qullarning safi mahalliy etnik birliklarni qaram qilish hisobidan to`ldirildi10. Er. avv. I asr boshlarida Xan ma'muriyati hozirgi Shimoliy Vetnamdagi lanvyetlarni ommaviy assimilyatsiya qilish siyosatini olib borgan. Bu siyosat kuchli qarshilikka uchraydi va zodagonlar boshchiligida qo’zg`olonlar ko`tariladi. 40-50 yillarda Lanvyetlar «ikki opa-singil» boshchiligida qo’zg`olon ko`tarib Xan hokimiyatini ag`darib tashlaydilar va o’z mustaqilliklarini qayta tiklaydilar. Xan imperiyasi uzoq urushlardan so’ng, mamlakatda o’z nazoratini qayta tiklaydi, lekin mahalliy aholini assimilyatsiya qilish siyosatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Eramizning I-V asrlarida Vetnamga Hindistondan buddizm, Xitoydan xitoy madaniyati kirib keladi. Buddaviylik XII va XIII asrlargacha hukmron dinga aylanadi. Mon-Kxmer va Indoneziyaliklarning davlat birlashmalari Eramizning boshlarida Hindixitoy va Indoneziya yirik daryo vodiylarida sinfiy jamiyat va davlatlar shakllanadi. So’nggi jez davrida xo’jalikning yuqori taraqqiyoti, temir qurollaridan keng foydalanishga o`tish, davlatni shakllanishiga olib keladi11. Janubiy Hindistonning dravid xalqlari orqali shimoliy Hindiston, Yaqin Sharq va o’rtayer dengizi bilan doimiy aloqalar o`rnatiladi. Tekislikda vyetlarda bo’lgani kabi yetakchi ijtimoiy birlik kichik qishloq jamoasi edi. Vodiylarda yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik, tog`li viloyatlarda ovchi-termachilik xo’jaligi mavjud bo’lgan. Mahalliy jamiyatlarning o’ziga xosligi bir etnolingivistik guruh ichida tekislikda yuqori taraqqiyot darajasiga erishgan dehqonlar bilan qo’shni tog`lik vohadagi ovchi-terimchilarning birgalikda yashashi edi. Ana shunday ijtimoiy- iqtisodiy har xillik sinfiy jamiyat va davlatni ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan viloyatlar bilan ajratilishiga sabab bo’ldi. Aulak, Bapnom (Funan), Shrikistra (Tarekittara), Suvannabxumi (Janubiy Birma) dagi va Tyao Praye (Menam), Malakk yarimorolidagi va arxipelagidagi Malay, ilk Yava davlatlari ma'lum bir siyosiy-iqtisodiy yadro-aholi zich joylashgan sholikor voha va uning poytaxti atrofida joylashgan edilar. Hukmdor barcha yer zahirasini oliy egasi edi. Bir qism yer zodagonlarning merosiy yeri, ibodatxona va koxinlarning «abadiy» yerlari bo’lgan. Aholining asosiy qismi erkin jamoatchilardan iborat bo’lib, koxinlar, zodagonlar qatlami mavjud bo’lgan. Qullar kam sonli bo’lgan. Ko’pgina Mon va Kxmer davlatlari eramizning I asrlari atrofida paydo bo’ladi. Ular bir-birlari bilan yaqin aloqada bog`langanlar. Bu davlatlar ichida eng kattasi Bapnom (Funan) imperiyasi bo’lib, u o’zining gullab yashnagan davrida Janubiy Hindixitoyning butun mon va kxmer tekisligini egallagan12. Bapnom davlati yangi eraning birinchi asrlarida vujudga keldi. Eramizning II-III asrlarida mamlakatni birlashtirilish tugagach qadimgi kxmer hukmdorlari istilochilik urushlarini olib boradilar. Kxmer hukmdorlaridan eng mashhuri Fanishman bo’lgan. U kuchli flot quradi va qator qo’shni viloyatlarni bosib oladi. Bapnomning harbiy, dengiz va savdo qudrati er. avv IV asrgacha o’sib boradi. Irrigasiya va ibodatxonalar qurilishi keng miqyosda olib boriladi, mamlakatda xinduizm va budda e'tiqodlari tarqaladi va hukmdor hokimiyati kuchayadi. V-IV asr boshlarigacha qadimgi kxmer jamiyatida shimoliy guruhlar kuchaydi. Ular ilgari savdoda ishtirok etmagan edilar. Sekin-asta ular dengiz bo`yi hududlarini bo’ysundiradilar. Bapnom imperiyasi zaiflashib inqirozga yuz tutadi. Mon-Kxmer xalqlari janubiy Hindiston madaniyatining ayrim unsurlarini jumladan yozuv, diniy til, ayrim diniy tasavvurlarni, monlar asosan buddizmni, kxmerlar hinduizmni qabul qilganlar. Indoneziya xalqlarining qadimgi davlatlari I-IV asrlarda orollarda davlatlarning g`arbiy (malaya), sharqiy (yava) guruhlari paydo bo’ladi. Garbiy guruh Sumatra davlatlarini tashkil qildi, ularning ichida ayniqsa markaziy Sumatraning tekislik qismida Malakka yarim orolining kichik davlatlari boshchiligida markazlashuv jarayoni tez boradi. Bu davlatlar hayotida tashqi savdo, tranzit savdo (ko’pgina ziravorlar, Molukka orollari bilan savdo qilingan) yetakchi o’rin tutadi. Janubiy–sharqiy Osiyoning bu asrlardagi dengizchilari Mon-kxmer va indoneziyaliklar edi. Shalmaladvipi (Malakka orolining qadimgi nomi) davlatlaridan eng mashhuri (II asrdan) Kataxa va Tambralinga edi. Ular nisbatan kuchli qo’shinga ega bo’lgan boy davlatlar bo’lgan. Bu davlatlarda madaniy taraqqiyot darajasi yuqori bo’lib, shahar aholisi orasida sanskrit adabiyoti, yozuv va tili, hinduizm va budda diniy ta'limoti keng tarqalgan13. Yava va Kalimantandagi Malaya va Yava davlatlari agrar mamlakatlar edi. Garbiy Yavadagi Taruma va Mulavarman davlatlari (IV-V asrlar) sun'iy sug`orish inshootlarini qurishni amalga oshiradilar. Qullar, chorva va yer-mulkni xususiy mulkligini induizm koxinlari qo’llab-quvvatlaydilar. Hindixitoy yarim orollarining sharqiy qirg’og’ida indoneziya tillari oilasiga mansub xalklar yashaydigan Tyampa boshdan kuchli dengiz flotiga ega bo’lgan, yirik savdo davlati bo’lgan. Tyampa hokimlari qirg`oq bo’yidagi qo’shnilarini talash bilan shug`ullanar, dengizdagi o’z qudratini muntazam namoyish qilar edilar. Madaniyatda Tyampa Indoneziya dunyosiga tegishli bo’lib, ko’p hollarda ularga kxmerning ta'siri kuchli bo’lgan. Xan Xitoyi bilan urushlar, doimiy diplomatik va savdo aloqalari bilan almashinib turilgan14. Janubi-Sharqiy Osiyoning paleolit davri yodgorliklari Birmadagi ilk Anyat, Indoneziyaning Yava orolida joylashgan Pachitan, Vetnamdagi Shonvi, Malayziyadagi Kota-Tampan va boshqa bir qator yodgorliklarni keltirib o’tishimiz mumkin. O’rta va yuqori paleolit davrida Janubiy-Sharqiy Osiyoning paleolit davri moddiy madaniyati Ko’xna dunyoning boshqa xududlariga nisbatan o’ziga xos taraqqiyot yo’llarini bosib o’tgan. Tosh qurollar indusriyasida makrolitlik saqlanib qolingan. Pachitan yodgorligi Yava orolining markaziy qismida joylashgan bo’lib, paleolit davri yodgorligi hisoblanadi. Sangiran yodgorligi esa bu Janubiy-Sharqiy Osiyoda mikrolit tosh qurollar ishlab chiqarish texnikasining tarqalganligidan dalolat beradi. Malayziyada joylashgan mashxur Nia g’ori T. Garrison tomonidan o’rganilgan bo’lib, bu yodgorlikda arxeologik davrlarinng ketma-ketligini kuzatishimiz mumkin. Unda topilgan eng qadimgi tosh qurollarining davriy sanasi 39500 yilni tashkil etmoқda. Nia g’or-makonidan topigan Homo sapienslar tegishli tana suyaklari taxlili ularning avstraloid irqiga oid ekanligini ko’rsatmoqda. Janubiy-Sharqiy Osiyoda yer sharining boshqa hududlariga farqli ravishda mezolit davri alohida arxeologik davr sifatida ko’rsatilmaydi. Biz Janubiy-Sharqiy Osiyoda mezoneolit davri madaniyatlarini kuzatishimiz mumkin. Ya’ni Janubiy-Sharqiy Osiyoda mezolit va neolit davriga oid madaniyatlarning bir vaqtning o’zida mavjud bo’lganligini kuzatishimiz mumkin. Janubiy-Sharqiy Osiyoning mezoneolit davri yodgorliklaridan biri Xoabin madaniyatidir. Xoabin madaniyati uchta davriy bosqichga ajratiladi. Ilk, o’rta va quyi Xoabin bosqichlari. Ilk Xoabin davriy sanasi miloddan avvalgi 48-23 ming yilliklar, o’rta Xoabin miloddan avvalgi 23-13 ming yilliklar va quyi Xoban miloddan avvalgi 13-8 ming yilliklar. Ushbu madaniyatning uchta davriy bosqichga bo’linishi arxeolog olim V. Solxeym tomonidan amalga oshirilgan. Mezoneolit madaniyatiga oid navbatdagi yodgorlik Ruxlar g’ori hisoblanadi. Ruxlar g’orining davriy sanasi miloddan avvalgi 12 ming yillikni tashkil etadi15. Sibir hududi tosh davrida Muzlik davrida Sibirning iqlimi sovuq va quruq edi. Namlikning etishmasligi qalin qor va muz qatlamlarining to'planishiga to'sqinlik qildi. Shuning uchun bu erdagi muzliklar Evropadagi kabi katta emas edi. Muzlik chegaralari bo'ylab janubdan o'rmon-dashtga o'tgan yuzlab kilometr uzunlikdagi keng tundra dashtlari. Interlacial davrda iqlimi ancha issiq va nam edi. Muzliklar erib, tundra shimolga qarab siljidi. O'simliklar qoplamida to'q ignabargli va bargli o'rmonlar ustunlik qiladi. Sibirning keng ekspansiyalarida ko'plab o't o'simliklari podalari boqilgan: mamontlar, junli rinlar, bug'ular, bizonlar, yovvoyi otlar. Bunday tabiiy sharoitda Sibir ibtidoiy odamining rivojlanishi boshlandi. Ammo tabiat nafaqat Sibir qabilalarining qadimgi tarixi yuz bergan zamon, balki ularning mavjudligi uchun zarur bo'lgan moddiy asosdir, undan inson barcha zarur hayotiy manbalarni - oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, issiqlik, yorug'likni tortdi. Tabiat hayvonlarga shu qadar saxovatli bo'lgan bu mamlakatda odam uzoq vaqt paydo bo'lmaganda, ajablanarli bo'lardi. Sibirning odam tomonidan ko'payishi uzoq va juda murakkab jarayon bo'lib, insoniyat va uning madaniyati evolyutsiyasi o'tgan Osiyo va Evropaning turli mintaqalaridan kelgan. O'rta Osiyodan Pomir va Tyan-Shan tog 'tizmalari bo'ylab bir yo'l bor edi. Qadimgi odamlarning yashashlari uchun qulay sharoitlar O'rta Osiyoda erta paydo bo'lgan - bu Kaspiy vodiysi, Kopet-Dag va Eron platosi etagida, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida neandertallar guruhlari qadimgi davrlardan beri keng tarqalgan edi. Ikkinchi yo'l janubdan, mo'g'ul dashtidan o'tdi. Ularning orqasida Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo joylashgan edi - Pitekantrop va Sinantropning vatani edi. Mo'g'ulistondan, Gobi va Mo'g'ul Oltoyidan, Tibet platosiga, Himoloyning qorli cho'qqilariga ochilgan yo'l, orqasida Shimoliy Hindiston yotgan. Shu sababli, hozirgi kunda bizga ma'lum bo'lgan Sibirning eng qadimgi, yuqori paleolit aholisining madaniy yodgorliklarida Osiyoning sharqi va janubi bilan bog'liqligi ajablanarli emas. Osiyoning janubiy mintaqalari, xususan O'rta Osiyo va u orqali Yaqin Sharq va O'rta er dengizi bilan aloqasi Sibirning so'nggi paleolit madaniyatining, ayniqsa Oltoy va Eniseyning elementlari hisoblanadi. To'rtinchi Yevropa muzliklarining boshlanishi bilan paleolit davridagi odamning Sibirga va g'arbdan, G'arbiy Urals va Rossiya tekisligidan o'tishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bundan kelib chiqadiki, Sibirni paleolit davriga oid odamlar bir markazdan va bir yo'nalishda emas, balki kamida uchta markazdan, uchta yo'nalishda: Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodan, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyodan kelganlar. Eng so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Sibirning janubiy viloyatlariga dastlabki joylashish vaqti erta paleolit davri (miloddan avvalgi 160-130 ming yillar) bilan belgilanadi. G'arbiy Sibir tekisligining zamonaviy odam tomonidan rivojlanishi O'rta Paleolit davridan boshlangan. Ammo, bugungi kunda ma'lum bo'lgan paleolit davrining ko'p qismi Yuqori paleolit davriga tegishli. Avtoturargohlar odamlarning qisqa muddatli istiqomat qilishlari to'g'risida guvohlik beradi va ular ikki guruhga bo'lingan: ov qilish bilan shug'ullanadigan odamlar bir necha kun bo'lgan joylar va odam xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanadigan aholi punktlari, lekin vaqti-vaqti bilan ularni tashlab, keyin qaytib kelishgan. Mezolit davrida G'arbiy Sibir tekisligining joylashishi janubdan kelgan. Shu bilan birga, Trans-Uralsning hududi zichroq edi, bu yaxshi tosh xom ashyosi mavjudligi bilan bog'liq edi. Sibirni tiklash jarayoni uzoq davom etdi. Birinchidan, Sibirning yarmi (janubiy qismi) joylashgan. Taxminan 12 ming yil oldin Sibir aholisi Amerikaga ko'chib o'tgan (buni genetika tasdiqlaydi). Bir necha ming yil oldin, odamlar Shimoliy Muz okeanining qirg'oqlariga etib kelishgan va qutb cho'l zonasini o'zlashtirishgan. Sibirda odamning birinchi izlari Pitekantrop davrining oxirida (Ahellesda) 200-250 ming yil oldin Amurning janubiy qismida (Filimoshki qishlog'i, Kumara) topilgan. Pitxantrop allaqachon yonib turgan edi. Balandligi 180sm, miya V - 1000sm3. Pitetsantropning jasadi allaqachon odam edi, bosh esa hayvon edi. Bu ovchi edi. Asboblar - tayoq, nayza (pichoq bilan yondirilgan tayoq), maydalangan (qo'pol toshlar), tosh otish. 200-150 ming yil oldin, iqlim sharoiti keskin o'zgarib, Buyuk muzlanish davri boshlandi (muzliklar Dnepr va Donning o'rtasiga yetdi). Barcha iqlim zonalari janubga ko'chirildi. Qutb zonasi katta maydonni egalladi. Mamlakatimizning janubida mo''tadil iqlim mavjud edi. Buyuk muzlik Sibir hududining atigi 1/3 qismini egalladi (Ob, Yenisey va Lenaning quyi oqimi). Agar Pitxantrop omon qolgan bo'lsa, unda ular evolyutsiyaga kirishgan yoki insonning yangi ajdodlari shakli mustaqil ravishda paydo bo'lgan - neandertal odam. O'sish 150, V miya - 1300-1500 sm3. Keng, kuchli. U qanday qilib uy qurishni bilar edi, kiyimi bor edi, o't qo'yishni ham bilardi. U tosh bilan ishlashning zarba texnikasini yaxshilagan. Qurollar to'plami sezilarli darajada kengaydi. Faqat kiyim tikishda sizga allaqachon juda ko'p vositalar kerak bo'ladi (avliyo, kazıyıcı va boshqalar). U juda yaxshi ovchi edi (mamontlar, g'orlar ayiqlari va boshqalar uchun ovlangan). Sibirda Neandertalning izlari Amur mintaqasida, Oltoy, Sayan tog'larida uchraydi (keyinchalik, 70-60 ming yil oldin paydo bo'lgan). Neandertal 20-25 ming yil davomida Sibirda bo'lgan. Neandertal bu hududda maqtana olmadi, ehtimol zamonaviy zamonaviy odam bilan raqobat tufayli, shuningdek taraqqiyotning etishmasligi, haddan tashqari tajovuzkorlik (doimiy urushlar olib borilgan), kannibalizm.
Osiyoning janubiy, sharqiy, janubi- sharqiy va O’rta Osiyo qismi ham eng qadimgi odamlarning yashashlari uchun qulay imkoniyatlarga ega bo’lgan, hudud bo’lganligi bilan ahamiyatlidir. 1890-1891-yillarda golland shifokori E. Dyubua tomonidan Indoneziyaning Yava orolidagi Trinil degan joy yaqinidan pitekantrop(yunoncha “ pitekos”- maymun, “antropos”- odam) suyak qoldiqlari (bosh, bolder suyaklari va ikkkita jag’ tishi) topilgan. Bu qazilma odamga Pitekantrop deb nom berganlar. Olimlarning fikriga ko’ra Dyubua pitekantropi 800-ming yil ilgari yashagan bo’lsa, Indoneziyaning Yava orolidagi Mojekertodan topilgan pitekantrop bola suyagining qoldiqlari bundan 1 mln. 500-1mln. 200 ming yil ilgari yashagan bo’lsa kerak deb taxmin qilinadi. Pitekantroplarning makonlari va qurollari ilk bor Yava orolidan topilgan. Bular fanda arxantroplar deb ataladi16.
Pitekantrop maymun odamining suyak qoldiqlari 1891- yil Yevgeniy Dyubua tomonidan Yava orolining Tripil yaqinidan topilgan tadqiqotlar natijasi pitikantropni hozirgi zamonaviy qiyofadagi odamlarni ajdodi deb hisoblashadi. 1895-yilning dekabrida, Berlin antropologiyasida, Etnologiya va tarix jamiyatida Dyubua topgan qoldiqlarning xulosasini chiqarish uchun konferensiya bo’ladi. Bu suyak qoldiqlarining ya’ni miyya qutisini tekshirib ko’rib odamning ajdodi deb aytishga shubhalanganlar. 1930 – yilda Van Kenigsvald yaxshi saqlangan pitikantrop qoldiqlarini topgan. Mana shu topilma topilgandan so’ng pitekantropning homoga kirishi shubhasi yo’qolgan . Pitekantropning bo’yi 167-170 smga barobar bo’lgan uning peshonasi tor, qiyalama lekin, odamsimon maymunning peshonasiga qaraganda bir muncha keng bo’lgan. Ko’z usti suyaklari bo’rtib chiqqan, miyasining hajmi 850-950 sm3 teng kelgan. Kishi diqqatini pitikantrop miyasidagi nutqning harakat markazi joylashgan pastki peshona yo’llarining maymunlarnikiga qaraganda ancha kuchli rivojlanganligi hammadan oldin o’ziga jalb qiladi. Demak pitekantrop ma’lum darajada so’zlash qobilyatiga ega bo’lgan deb o’ylashimiz mumkin. U tik holda ikki oyoqlab yurgan. Uning badani qalin tuklar bilan qoplangan bo’lgan. 1890-91 yillarda Yava orolidan topilgan topilmalarni (ya'ni pitekantroplarni koldiйlarini) analizi shuni kursatdiki, bu suyaklar boshni tepa kismi bulib, ular shu jonzotni ikki oyoйlab yuriganidan dalolat beradi. Shuning uchun bu topilmani xam Pitecanthropus deb ataydilar. Bu pitekantroplarni suyak koldiklari juda katta munozaralarga sabab buldi. Chunki bu gurux olimlar bu suyaklar "Mikrostefalga" ya'ni xozirgi amon kichik odamning uzgargan shakli. (kasallik natijasida) degan fikrga xam keldi. Lekin keyingi yillada pitekantroplarga tegishli yigirmadan ortik suyak koldiklarini topilishi va ularni obdon urganilishi yukoridagi fikrni notugri ekanligini isbotlabgina kolmay, balki bu pitekantroplar inson evolyustiyasini kursatuvchi va xozirgi zamon odamlarini shakllanish jarayonini ma'lum bir boskichini kursatuvchi daliliy ashyo ekanligini namoyon kldi. Lekin shuni aytish kerakki bu pitekantroplar xozirgi zamon odamlaridan o’z miya xajmlari bilan ko’prok ajralib tursalar xam to’gri yurishlari, qo’l xarakatlari bilan xam farq qilar edilar. Demak, tog’ri yurish va qo’l xarakatlari pitekantroplar davrida kamolotga yetgan bo’lsada, miyaning o’sishi orqada qolgan. Ba'zi olimlar bunga sabab kilib mexnat qurollarini juda oddiy bo’lganligini ta'kidlashadi. Pitekantroplarni miya xajmi 900 sm bulib, cherepi (bosh kismi) kup xollarda maymunlarnikiga uxshashdir. Koshi burtib chiqqan18. Agar avstrolopitekni bosh suyagi bilan pitekantropni solishtirsak, pitekantroplarniki ancha tarakkiy etganini kuramiz. Anikrogi, pitekantroplarning boshini xajmi avstrolopiteknikiga nisbatan 1,5barobar katta. (avstrolopiteklarning miya xajmi 550-600 sm. ) shuni aloxida ta'kidlash keraki, pitekantroplarning suyak koldiklarini xammasi pereanlotennыe xolatida topilgan. Buning ustiga ular tosh kurolari bilan birga topilmagan. Chunki madaniy katlam joyidan tabiat kuchlari ta'sirida siljigan. Shuning uchun xam olimlar urtasida pitekantroplar kurollar yasashni bilganlarmi? Yoki blimaganlarmi? Deb munozara bulgan. Lekin shu pitekantroplarning suyak koldiklari topilgan joylardan uzok bulmagan joylarda tosh kurollar topilgan. Ularni shu pitekantroplarga tegishli. Ular tabiat kuchlarining ta'sirida xar xil joylarga joylashgan deb fikr yurituvchilar xam bor. 1954 yillarda yana bir ilk pleystosten davriga oid suyak topilma topilgan. Ammo juda oz mikdorda. Lekin buni kimmati shundaki, madaniy katlam Yava orolidan fark kilib shikastlanmagan (nepotrevotennim). Yana muxim tosh kurollar bilan birga topilgan bu odam koldiklari pitekantroplarni tosh kurollari deb topilgan taxminlarni tugri deb topilganligiga guvox bula oladi. Chunki ular bir birlariga uxshash bulib, davrlari xam deyarli bir xil. Demak, morfologik atlantroplar pitekantroplar bilan tarakkiy etish jixatidan bir tekislik (uroven) dabulganlar19. 1965 yilda Yevropaning Vengriya xududida Verteshselleshida qadimgi gominidlar suyagi topilib, ularning bosh xajmi 1400 sm. edi. Bu topilmani olimlar eng kadimgi neandertalest pitekantrop va sinantroplarni o’tish davridagi odamni suyagi degan fikrga keldilar. Nixoyat odam ajdodlarining qoldiqlari tashqi ko’rinishlari jixatidan pitekantroplar va sinantroplarga o’xshagan ilk pleystotsen va o’rta pleystotsen qatlamlaridan Afrikada juda ko’plab topildi. Bularning (bosh miya xajmi jixatidan) xammasi Yava maymun odamidan farq kiladi. Maymunlarga uxshagan , ya'ni miya xajmi xam uncha tarakkiy etmagan pitekantrop, sinantrop, atlantrp, geydelberg ordami va boshkalar nisbatan ilik joyda Afrikada, Evropada va Osiyoning janubiy xududlarida yashagan. Pitekantroplar geografik jixatdan juda katta tot Katta Zond arxipelagigacha bulgan xududlarda joylshib usha ibtidoiy sharoitda bir birlari bilan alokada bulmaganlar. Bundan xulos shuki, ayrim olimlarnin fikricha ular uzaro munosabatda bulmaganlar. Pitekantrop uruglari bir necha turlardan iborat bulib, ular bir birlaridan xulki, tashki kurinishi, madaniyati jbilan fark kilgan. Bu fikrni pitekantroplar davriga mansub yodgorliklardan topilgan arxeologik materiallarni xar xilligi, xatto bitta materikdagi yodgorliklarning topilmalarini xar xilligi tasdiklaydi. Pitekantroplar uchun kuyi va urta plitosten tugri keladi. Er yuzidagi eng kadimiy odam yava pintekantropi emas, balki, sharkiy Afrikada 3-2,5 mln yil ilgari yashagan "Gomo xabilis"-"ishbilarmon odam" ekan. Sharkiy Afrikadagi Tanzaniyaning Olduvay darasidantopilgan arxeologik va antropologik materiallar bu fikrni aytishga imkon berdi. Keniya va Efiopiyada olib borilgan kazish ishlari olduvaydan topilgan materiallarga juda muxim aniklik kiritdi. Olduvay darasi tanzaniyaning shimolida bulib, Eyasi kulidan 36 km.shimoliy-sharkdadir. Daraning uzunligi 40 km, chukurligi esa 100-130 mertdan iborat. Olduvay darasidan kazilma xayvonlarning koldiklari 1911 yildan boshlab topila boshlagan. 1937 yilda nemis poleontologi Ralffon Kyonigsvald Yavadan pitekantropning bosh miya kopkogi suyagini topgan. Keyingi vaktlargacha Yavadagi Mojokertidan turta katta yoshdagi va bitta yoshgina pitekantropning bosh miya kopkogi, oltita son suyagi, uchta jag suyagi topildai. 1961-1972 yillarda esa Indoneziya mutaxassislari Yavadan yana pitekantropning turta bosh suyagi va ikkita pastki jag suyagini topiganlar. Yavadan topilgan pitekantrop suyaklari oraisda Mojolertodan topilgan bola suyagining sanasi eng kadimiy bulib, uni kaliy-argon usuli bilan aniklanishiga 1 million 500 ming-1 million 900 ming yil deb xisoblanadi. Kolganlarining sanasi esa 0,5-1 mln yilga borib takaladi. Xar xolda ular Olduvay darasidagi homo habilis-"ishbilarmon odam"dan ancha keyin yashagan. Lekmn olduvay pitekantroplari bilan zamondosh bulishlari xam mumkin. Buni ularning jismoniy tuzilishi, "homohabilis" ga nisbatan rivojlanganligi xam tasdiklaydi20. Shuni xam aytib utish kerakki, pitekantroplar topilgan joylarning birontasidan tosh kurollar, kumir, gulxan urni, xayvonlarning sindirilgan suyaklari topilgan emas. Pitekantroplarning jismoniy tuzilishiga karab ular muntazam ravishda kurollar yasay olganlar, deb faraz kilish mumkin. Shuni aytish kerakki, Kenigsvald Janubiy Yavaning Patjitan kishlogi atrofida kazish ishlari olib borib, turtlamchi geologik katlamdan juda kupol ishlangan oddiy tosh kurollar topilgan. Bu kurollarni pitekantroplar yoki ularning uncha uzok bulmagan avlodlari tayyorlagan bulishi mumkin. Pitekantroplar va ularning uncha uzok bulmagan ajdod va avlodlari fakatgina Yava orolida yashabgina kolmay Janubiy, Sharkiy Osiyo, Evropaning janubiy va Afrika kit'asida keng tarkalganlar. Shunday kilib, pitekantrop kazilma odamning eng kadimgi vakillaridan biri xisoblangan afrikalik ishilarmon odamlardan biroz keyinrok yashagan. Pitekantrop miya kutisining xajmi 850-950 sm bulsa, sinatropning esa 1050-1200sm ga teng. Demak sinantrop miyasining xajmi pitekantrop miyasining xajmidan katta, lekin xozirga zamon odami miya qutisini xajmidan esa kichikroqdir21. Pitekantroplar- Sola va Yave daryolari bo’ylarida katta vulqonlar yaqinida haqiqiy insonning ajdodlari, ibtidoiy jamoalar to’da bo’lib yashashgan. Eng mashhur va qadimgi namoyondalar bular pitekantroplar hisoblanishadi. Ularning qoldiqlari 1891-1892-yillarda Trinil qishlog’i yonida doctor E.Dyubua tomonidan topilgan. O’zining tashqi ko’rinishidan pitekantrop odamsimon maymunni ham eslatadi. Oldinga egilgan bosh qo’pol yuz kalta va keng burun peshonaning orqaga ko’tarilganligi , chakak suyagining ajralib turishi, ko’z osti kosasining chuqur kirganligidair. Pitekantroplarning kichik-kichik to’dalari ovqat qidirib bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishgan. Ularning ozuqalariga nafaqat tropic daraxt va butali mevalar balkim o’simliklarning shirin ildizlari ham ozuqa bo’lib xizmat qilgan. Qo’l kelganda ular mayday sut emizuvchi hayvonlarni yiyishgan. Agar o’laksa eskirib qolmagan bo’lsa ulardan ham ozuqa sifatida foydalanishgan. Pitekantroplar oddiy turmush tarzini olib borishgan, lekin tabiat bilan tinimsiz kurashishgan. Ularning oyoqlari baqquvvat bo’lib, ularning gavdalarini tik tutishlari uchun yordam bergan. Ularning qo’llarini rivojlanishi faqatgina yurish uchun emas, boshqa ishlarni bajarish uchun ham mukkammalashganligi ularning gavda qismidagi eng katta o’zgarishga olib kelgan. Pitekantroplar uchun qo’llar yashash uchun kurashda tayanch vazifasini bergan. O’z doirasida fikrlash va qo’l yordamida ular dunyoni zabt eta boshlashgan. Umuman olganda, insoniyat tarixi uni jismoniy, ma’naviy va madaniy rivojlanishi ulardan boshlanadi. Ko’pgina belgilariga qarab, pitekantroplar odamsimon maymunlarning miya suyagini eslatadi. Odam kallasi suyagi bilan solishtirganda, odam miya suyagiga nisbatan kichkina bo’lib, lekin odamsimon maymunnikiga nisbatan yirik hisoblangan. Odamsimon maymunning miya qobig’inig hajmi 400-500 kub santimetr, pitekantropniki esa 800 ming kub santimetr bo’lgan. Pitekantropning miya shaklini ko’pgina tadqiotchilar o’rganishgan. Ularning natijasiga qaraganda shuni aytish mumkinki, pitekantropning miya qutisi odamsimon maymunnikidan ancha mukkammal bo’lgan. Peshonanig bo’rtib chiqqanligi ularni oldinga tashlangan qadamidir. Chap miya yarim sharining yiriklaigi unig o’ng qo’lini mukkammal ekanligidan darak beradi. Demak pitekantroplar zamonaviy odamga o’xshab o’ng qo’l bo’lishgan. Pitekantroplarning ko’rish va eshitish qobiliyati ham kuchayib borgan22.
Bu kurs ishidan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Janubi-Sharqiy Osiyo mamalakatlari anchagina tarixiy ahamiyatga ega hudud hisoblanadi. Bu mintaqadagi barcha davlatlarda ham sivilizatsiya bir xil darajada bo’lmaganligini ko’rdik. Bu mintaqada rivojlanish bosqichlari turli darajada bolganligi bilan izohlanadi. Yavadan topilgan Pitekantrop ( “pitekus” – maymun, “antropos” – odam, ya’ni maymun odam) suyaklari anchagina e’tiborga molikdir. Bu suyak qoldiqlari Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida ham qadimgi odamlar yashaganligini ko’rsatib beradi. Pitekantroplarni miya hajmi 900 sm bo’lib, cherepi (bosh qismi) ko’p hollarda maymunlarnikiga o’xshash bo’lgan. qoshi bo’rtib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin. Agar avstrolopitekni bosh suyagi bilan pitekantropni solishtirsak, pitekantroplarniki ancha taraqqiy etganini ko’ramiz. Aniqrogi, pitekantroplarning boshini hajmi avstrolopiteknikiga nisbatan 1,5barobar katta. (avstrolopiteklarning miya xajmi 550-600 sm. ) shuni alohida ta'kidlash keraki, pitekantroplarning suyak qoldiqlarini xammasi pereanlotennie xolatida topilgan. Buning ustiga ular tosh qurolari bilan birga topilmagan. Chunki madaniy qatlam joyidan tabiat kuchlari ta'sirida siljigan. Shuning uchun xam olimlar urtasida pitekantroplar qurollar yasashni bilganlarmi? Yoki blimaganlarmi? Deb munozara bo’lgan. Lekin shu pitekantroplarning suyak qoldiqlari topilgan joylardan uzoq bo’lmagan joylarda tosh qurollar topilgan. Ularni shu pitekantroplarga tegishli. Ular tabiat kuchlarining ta'sirida xar xil joylarga joylashgan deb xulosa qiluvchilar ham bor.
2) Борисковский П.И. “Каменный век Южной и Юга – Восточная Азии” Ленинград. 2001. 3) Carolyn L. Mya Than. “ASEAN Enlargement: impacts and implications” London. 2007. 4) Ian Shaw. Rober Jameson. “A Dictionary of Archaeology”.UK. 1999. 5) Miriam T. Stark. “Archaeology of Asia”. Blackwell Publishing Ltd. London. UK. 2006. 6) Деревянко А.П. Каменный “ Северной Восточной Центральной Азии”. Новосибирск. 1997. 7) Roger Lewin. “Human evolution: an illustrated introduction / 5th ed”. Blackwell, 2005. 8) Алексеев В.П.. Першиц.А. И. “История первобытнова обшества” . Москва. 1999. 9)Борисковский П.И “Кишиликнинг енг кадимги хаёти “. Тошкент.1959.
11) Автор составитель КЮТ.Е Древние Люди. «Финекс» - Санкт-петербург.2007. Ilovalar Download 317.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling