Sogʻlom turmush haqida maqola


Download 21.82 Kb.
bet1/2
Sana24.01.2023
Hajmi21.82 Kb.
#1114108
  1   2
Bog'liq
SOGʻLOM TURMUSH HAQIDA MAQOLA


SOGʻLOM TURMUSH HAQIDA MAQOLA
Aholining uzoq umr koʻrish davomiyligini taʼminlash dolzarb masalalardan biridir. Zero, ushbu koʻrsatkich insonlarning sogʻlom turmush tarzi va farovon hayoti ifodasidir.Shu oʻrinda sogʻlom turmush tarzi nima, unga amal qilish meʼyorlari qanday, yurtimizda sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar nimalardan iborat, kabi savollar tugʻiladi.
Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno ODILOVA shu kabi savollarga oydinlik kiritdi.
— Sogʻlom turmush tarzi — insonning kun tartibiga rioya etishi, faol harakat asosida organizmini chiniqtirishi, sport bilan shugʻullanishi, toʻla va sifatli ovqatlanishi, gigiyenik qoidalarga amal kilishi, zararli odatlardan oʻzni tuta bilishidir, — deydi u. — Serharakatlilik organizmni tabiiy ravishda ragʻbatlantirib turadi. Shuning uchun sergʻayrat, tinib-tinchimaydigan odamlar doimo tetik, bardam, keksayganlarida ham baquvvat va shijoatli boʻladi.
Afsuski, hozirgi urbanizatsiya sharoitida keng jamoatchilik va yoshlarimiz oʻrtasida jismoniy faolik sezilarli kamayganligi koʻzga tashlanmoqda. Shu bois jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kamharakatlilikka qarshi ommaviy kurashish, insonlarning yuksak jismoniy va aqliy ish qobiliyatini muhofaza etish, aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni sport bilan shugʻullanishga jalb qilish tobora dolzarblik kasb etmoqda.
Nosogʻlom turmush tarzi qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?
— Nosogʻlom turmush tarzi va jismoniy nofaollik yurak-tomir tizimi kasalliklari, insult, xavfli oʻsmalar, nafas olish aʼzolarining surunkali yalligʻlanishi, qandli diabet kabi yuqumli boʻlmagan xastaliklarni keltirib chiqargani bois butun dunyo boʻyicha nogironlik va barvaqt oʻlimlarning yetakchi sabablaridan hisoblanadi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, keyingi bir necha oʻn yil ichida dunyoda ortiqcha vazn va semizlik muammosi ortib bormoqda. 2015-yilda yuqumsiz kasalliklar 40 million odamning umriga zavol boʻldi, bu esa dunyo boʻyicha barcha oʻlim holatlarining 70 foizini tashkil qiladi.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling