Asosiy qism. Sekretsiya bezlari to‘g‘risida tushuncha
Download 0.76 Mb.
|
Ichki sekretsiya bezlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY QISM .
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda ilm-fan juda jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. Shunday ekan, ilm-fanga hissa qo‘shmog‘i lozim. Odam organizmini o‘rganish juda qiziqarlidir. Ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino ham inson organizmini, turli xil kasalliklarni va ularni davolash yo‘llarini o‘rgangan. Odam organizmida ichki sekretsiya bezlari mavjud bo‘lib, ular organizmni gumoral yo‘l bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Ichki sekretsiyasi bezlari organizmda juda muhim vazifalarni bajaradi. Inson organizmi o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydigan va gumoral yo‘l bilan boshqaradigan ichki sekretsiya bezlarini o‘rganish juda muhim hisoblanadi. Bu bezlar tuzilishi va funksiyasini o‘rganish orqali organizmda boradigan jarayonlarni tushunib olish mumkin. Bu bezlar funksiyasi buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar, kelib chiqish sabablari va uning oqibatlarini o‘rganish muhim va dolzarb mavzulardan biri sanaladi. ASOSIY QISM . Sekretsiya bezlari to‘g‘risida tushuncha Tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra sekretsiya bezlari tashqi, ichki va aralash bezlarga ajratiladi. (1-rasm). Tashqi sekretsiya bezlariga so‘lak, ichak devori, oshqozon devori, sut, yogʻ, ko‘z yoshi bezlari kiradi. Ularning sekreti maxsus yo‘l orqali ichki organlar bo‘shlig‘i yoki tashqi muhit (teri sirti)ga chiqadi. Soʻlak, oshqozon va ichak shilliq qavatidagi bezlardan ishlab chiqaradigan fermentlar ta’sirida oziq moddalar hazm bo‘ladi. 1-rasm. Ichki va aralash sekretsiya bezlari: 1 – gipofiz, 2 -epifiz, 3 –qalqonsimon bez, 4 -qalqonoldibezi, 5 - buyrakustibezi, 6 –oshqozonosti bezi, 7-jinsiy bezlar. Ichki sekretsiya bezlarining sekret chiqarish yo‘li bo‘lmaydi. Ular ajratgan gormonlar qonga chiqariladi. Qalqonsimon bez, qalqonoldi bezlari, gipofiz, epifiz, buyrakusti, ayrisimon bezlar ichki sekretsiya bezlari hisoblanadi. Organizmdagi ayrim bezlar bir vaqtning o‘zida ichki va tashqi sekretorlik funksiyasini bajaradi. Oshqozonosti bezi, jinsiy bezlar va jigar xuddi shunday ish- laydi. Ular aralash sekretsiya bezlari deyiladi. Oshqozonosti bezi ichki sekretsiya bezi sifatida qonga gormonlar (masalan, insulin), tashqi sekretsiya bezi sifatida ichak bo‘shlig‘iga fermentlar ishlab chiqaradi. Jinsiy bezlar esa qonga jinsiy gormonlar, jinsiy yo‘llarga tuxum va urug‘ hujayralari ishlab chiqaradi. Jigar ichak bo‘shlig‘iga o‘t suyuqligi, qonga qon tarkibiga kiradigan gem va boshqa oqsillar ishlab chiqaradi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling