A moddalar almashinuvi b hazm qilish


Download 18.17 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi18.17 Kb.
#1638672
Bog'liq
ovqat hazim qilish sistemasi


26- mavzu




1. Oziq moddalarining tishlar yordamida maydalanishi, ichakda fermentlar ta’sirida parchalanishi va ichak devori orqali qonga so'rilishiga nima deyiladi.
A) moddalar almashinuvi B) hazm qilish
C) energiya almashinuvi D) assiimlatsiya

2. Ovqat hazm qilish sistemasi organlari…….


1- og‘iz bo‘shlig‘i, 2- halqum, 3- qizilo‘ngach, 4- oshqozon, 5-buyrak 6- ingichka ichak, 7- yo‘g‘on ichak 8- to‘g‘ri ichak
A) 1.3.5 B) 1.2.3.4.6.7.8 C) 1.5.6.8. D) barchasi

3……… - ovqat hazm qilish kanalining boshlang‘ich qismi.


A) meda B) ichaklar C) og‘iz bo‘shlig‘i D) tillar

4. Nima ovqatning ta’mini aniqlash, uni aralashtirish va tomoq tomonga surish vazifasini bajaradi


A) tishlar B) halqum C) hiqildoq D) til

5. Og‘iz bo‘shlig‘iga qaysi so`lak bezlarining yo`llari ochiladi


A) tilosti, B) jag'osti C) quloqoldi D) barchasi

6. Funksiyasiga binoan tishlar……


A)kurak, B) qoziq, C) katta va kichik oziq D) barchasi

7. Tishlar jag‘lardagi tish a……… joy­lashgan.


A) milkda B) alveolada C) tanglayda D) tilde

8. Tishlar bir ildizli (a), ikki va uch ildizli (b) bo‘ladi.


A) a- kurak, kichik qoziq tishlar b- katta oziq tishlar
B) a- kichik qoziq tishlar b- katta oziq tishlar
C) b- kurak, kichik qoziq tishlar a- katta oziq tishlar
D) b- kichik qoziq tishlar a- katta oziq tishlar

9. Tish ildizi tish chuqurchasiga nima orqali mustahkam birikkan.


A) periodont B) ildizi C) koronka D) emal


10. Tish dentindan iborat koronkasi …… , ildizi — …… bilan qoplangan.
A) sement, emal B) emal, sement
D) dentin, segment D) segment , dentin

11. Emal (a)% mineral (fosfor va kalsiy, biroz ftor) tuzlardan, dentin (b) % organik va (c) % mineral (fosfor, kalsiy, magniy, ftorli kaliy)dan iborat.


A) a- 96-97 b-38 c-70 B) a- 95-96 b-28 c-72
C) a- 96-97 b-28 c-72 D) a- 96-97 b-72 c-28

12. Koronkasi shakliga binoan ……


1-kurak,2- qoziq, 3-kichik 4- katta oziq
A) 1 B) 2 C) 3 D) barchasi

13. Bu tishlar koronkasi ponasimon, ildizi bitta, qoziq tishlar koronkasi ikki qirrali bo'ladi.


A)-kurak, B) - qoziq, C)-kichik D)- katta oziq

14. ….. tishlar koronkasi chaynash yuzasida bo‘rtiqlar boiadi.


A)-kurak, B) - qoziq, C)-kichik oziq D)- katta oziq

15. Bu tishlar koronkasi kubsimon, chaynash yuzasida bir necha bo‘rtig‘i, ikki yoki uchta ildizi bor.


A)-kurak, B) - qoziq, C)-kichik D)- katta oziq

16. Bu tishlar yuqori va pastki jag‘larning oldingi qismida 4 tadan joylashgan. Ular keskir uchli bo'lib, ovqatni tishlab, uzib olish va oziq moddalarini qirib olishga yordam beradi.


A)-kurak, B) - qoziq, C)-kichik D)- katta oziq

17 Bu tishlar yordamida qattiq ovqat moddalari uzib olnadi va maydalanadi.


A)-kurak, B) - qoziq, C)-kichik D)- katta oziq

18. Bu tishlar yordamida ovqat chaynalib, maydalanadi.


A)-kurak, B) - qoziq, C)-kichik D)- katta oziq

19. So'lak ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lib, uning tarkibida murakkab uglevodlarni parchalaydigan (a)fermenti hamda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi zararlanganida uni tiklaydigan (b) moddasi bo‘ladi.


A) a-lizotsim b- amilaza B) a- amilaza b-lizotsim
C) a- lipaza b- amilaza D) a-amilaza b- lipaza

27- mavzu


1. Oshqozon qorin bo‘shlig‘ioing yuqori qismida, diafragma


ostida joylashgan.
A) taloq B) jigar C) oshqazon D) buyrak

2. Oshqozonning yuqori (a) .pastki (b) va chap tomonga kengaygan tanasi bor.


A) a- kardial b- pilorik B) a- pilorik b- kardial
C) a- karonka b- pulpid D) a- uchi b- tubi

3. Nima osh­qozon devonni mexanik shikastlanishdan va fermentlar ta’siridan himoya qiladi.


A) fermentlar B) shilimshiq modda C) pepsin D) lipaza

4. Nima mikroblami zararsizlantiradi va oshqozon shirasi fermentlari ishini faollashtiradi.


A) fermentlar B) shilimshiq modda C) pepsin D) HCl

5. Uning shirasi tarkibida ichakdagi oqsillar, yog‘lar va karbonsuvlarni parchalovchi fermentlar bo‘ladi


A) taloq B) jigar C) oshqazon D) oshqozon osti bezi

6. Jigar qayerda joylashgan?


A) qorin bo‘shlig‘i yuqori qismida, B) o‘ng tomonda,
C) qovurg‘a yoyi ostida D) barchasi

7. Bu modda maxsus naycha orqali o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga chiqariladi.


A) pepsin C) lizotsim C) o`t suyuqligi D) glukoza

8. Nima yog‘larni emulsiyalab, hazm bo‘lishini tezlashtiradi.


A) pepsin C) lizotsim C) o`t suyuqligi D) glukoza

9. ………. Qonni filtrlab, oziq moddalar bilan qonga so‘riladigan zaharli moddalardan tozalaydi.


A) taloq B) jigar C) oshqazon D) oshqozon osti bezi

10. Ingichka ichak haqidagi to`g`rib o`lmaganini aniqlang


A) Ingichka ichakning shilliq pardasida joylashgan juda ko‘p mayda bezlar ichak shirasi ishlab chiqaradi.
B) Ichak shirasi tarkibida oqsillar, yog‘lar va karbonsuvlarni parchalovchi fermentlar bo‘ladi.
C) Ingichka ichakning ichki yuza­sida mayda tukchalar vorsinkalar joylashgan
D) Vorsinkalar devori b ko`p qavat epiteliy hujayralardan iborat.

11. Ingichka ichak shilliq pardasida va ayniqsa, ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasida nima ko`p joylashgan.


A) vorsinkalar B) qon tomirlari C) limfa tomirlar D) bezchalar

12. Nimadan organizm immun sistemasining tarkibiy qismi hisoblangan antitelolar ishlab chiqariladi.


A) vorsinkalar B) qon tomirlari C) limfa tomirlar D) bezchalar

13. Yo‘g‘on ichakga xos bo`lganlarini toping


A) Ovqatning hazm bo‘lgan qismi ingichka ichakdan yo‘g‘on ichakka o‘tadi.
B) Yo‘g‘on ichak devorida shilimshiq modda ishlab chiqaradigan bezlar kam bo‘ladi.
C) Ichakning bu qismida ko‘plab fermentlar bo`ladi.
D) Yo‘g‘on ichakda ovqat qoldig‘idan suvning asosiy qismi qonga shimilib, axlat massasi hosil bo'ladi.

28- mavzu




1. XIX asr o'rtalarida rus olimi V.A. Basov itlar oshqozoniga nima qo'yish orqali oshqozon shirasi ajratib olish metodini yaratdi.
A) naycha B) fistula C) kapsula D) firula


2. Qaysi usulda olingan oshqozon shirasi ovqat bilan aralash bo'lganligi uning tarkibini batafsil o‘rganishga imkon bermasdi.
A) naycha B) fistula C) kapsula D) firula

3. Kim ovqat bilan aralashmagan toza oshqozon shirasi olish metodini ishlab chiqdi.


A) Lunin B) Funk C) pavlov D) Basov

4. Kimning yaratgan metodi oshqozon shirasi tarkibi va miqdorini aniqlash hamda organizmda shira ajralishini boshqarishni organishga imkon yaratdi.


A) Lunin B) Funk C) pavlov D) Basov

5. Oshqozon shirasi faqat ovqat yeganda emas, balki ovqatni ko‘rganda, hidini sezganda yoki ovqatlanish bilan bog‘liq boshqa sabablar, masalan, chiroq yoqilganda ham ajralishini tushuntirgan olim kim?


A) Lunin B) Funk C) pavlov D) Basov

6. Shifoxonalarda oshqozon va ichak shirasini tekshirish, hazm qilish organlari faoliyatini o'rganishda qaysi metodlardan foydalanilmayadi.


A) zondktsh, B) rentgenoskopiya, C) endoskopiya D) elektrokimyo

7. Qaysi metodidan foydalanilganida bemorga bo‘tqa ichiriladi.


A) zondktsh, B) rentgenoskopiya, C) endoskopiya D) elektrokimyo

8. Qaysi usul orqali tekshiriladigan organga maxsus optik asbob kiritiladi.


A) zondktsh, B) rentgenoskopiya, C) endoskopiya D) elektrokimyo

9. Qaysi metod orqali hazm qilish organlari va bezlarning sekret chiqarish yo‘lida paydo bo'lgan kasalliklarni aniqlab olish mumkin.


A) zondktsh, B) rentgenoskopiya, C) endoskopiya D) elektrokimyo

10. So‘ngi yillarda ichki organlar va to‘qimalarda paydo bo‘ladigan kasalliklarga tashxis qo‘yishda qaysi usuldan keng miqyosda foydalanilmoqda.


A) zondktsh, B) rentgenoskopiya,
C) endoskopiya D) ultratovush, kompyuter tomografiyasi

11. Ishtaha nimalarga bog`liq?


A) ovqatning xilma-xilligi, ko‘rinishi, hidi va ta’miga,
B) ovqat tayyorlanadigan va tortiladigan idishlarning ko‘rinishiga
C) odamning kayfiyatiga bog‘liq.
D) barchasi

12. Nimalar ishtaxani bo`g`adi?


A) Ovqatlanayotgan paytda qattiq shovqin,
B) kitob o'qish,
C) ko‘ngilga yoqmagan voqea va narsalarni eslash
D) barchasi

13. Qayerda ovqatning ta’mini sezadigan retseptorlar joylashgan.


A) Tilda B) og‘izning shilliq pardasida C) tishda D) A, B

14. P. Pavlov odam ovqatni ko'rganda va uning hidini sezganda ajraladigan shirani nima deb atagan.


A) so`lak B) so'lak shirasi B) shira D) ovqat shirasi


15. Qaysi bezidan ajraladigan gormonlarning ba’zilari ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi,
A) qalqonsimon B) epifiz C) gipofiz D) ayrisimon

16. Qaysi bezning gormoni hazm bezlari ishini susaytiradi.


A) qalqonsimon B) epifiz C) gipofiz D) ayrisimon

29- mavzu




1.Gastritning sabablarini aniqlang?
A) Ovqatlanish tartibining buzilishi,
B) o‘ta achchiq, sifatsiz tayyorlangan taomlar,
C) spirtli ichimliklarning muntazam iste’mol qilinishi
D) barchasi

2. Oshqozon shilliq pardasining yallig`lanishi nima deyiladi


A) entrit B) gastrit C) kolit D) rak

3. Ingichka ichak shilliq pardasining yallig'lanishi


A) entrit B) gastrit C) kolit D) rak

4. Qaysi kasalliklarda qorin og'rib, ich ketish yoki qabziyat paydo bo'ladi, ba'zan odamning ko'ngli ay nib, qayt qiladi.


A) entrit B) gastrit C) kolit D) A, B

5. Qaysi kasallik eskirib qolgan go‘shtli oziq-ovqat iste’mol qilinganida ovqatdan zaharlanish oqibatida paydo bo‘ladi.


A) Ichburug` B) vabo C) botulizim D) yuqumli gepatit

6. Qaysi kasallikda kasallangan odamga bir necha piyola iliq suv ichiriladi.


A) Ichburug` B) vabo C) botulizim D) yuqumli gepatit

7. Qaysi kasalliklar mikroblari asosan pashshalar orqali yuqadi,


A) Ichburug va vabo, B) ichterlama, C) yuqumli gepati D) barchasi


8. Qaysi kasalliklar mikroblari ichimlik suvi va ba’zan bemor foydalangan narsalax orqali ham yuqishi mumkin.
A) Ichburug va vabo, B) ichterlama, C) yuqumli gepati D) barchasi

9. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va pishirishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganida kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar oziq-ovqat bilan birga organizmga tushib qaysi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin?


A) qorin terlamasi, B) vabo, C) ichburug' D) barchasi


10. So‘lak tarkibidagi (a) , oshqozon shirasi tarkibidagi (b) va jigar ishlab chiqa­radigan (c) ko‘pchilik mikroorganizmlami yo‘q qiladi.
A) a- lizotsim c- xlorid kislota b- o‘t suyuqligi
B) b- lizotsim a- xlorid kislota c- o‘t suyuqligi
C) a- lizotsim b- xlorid kislota c- o‘t suyuqligi
D) c- lizotsim b- xlorid kislota a- o‘t suyuqligi

11. Askarida, bolalar gijjasi, qoramol tasmasimoni, exinokokk bilar……


A) Kam uchrab turadigan parazit chuvalchanglar hisoblanadi.
B) eng keng tarqalgan parazit chuvalchanglar hisoblanadi.
C) Suv orqali yuqadigan parazit chuvalchanglar hisoblanadi.
D) kiyim orqali yuqadigan parazit chuvalchanglar hisoblanadi.

12. Nima oshqozon devoridan qonga so‘rilib, oshqozon bezlari faoliyatini tezlashtiradi, shira ajralishini kuchaytiradi.


A) tiroksin B) gipofizning garmonlari C) nikotin D) spirt

13. Spirtli ichimliklarni surunkali iste’mol qilish qaysi kasallikni paydo qiladi.


A) entrit B) gastrit C) kolit D) A, B

14. Alkogol ta’sirida jigar hujayralari yallig‘lanib, surunkali jigar kasalligi ……. kelib chiqadi.


A) Ichburug va vabo, B) ichterlama, C) gepatit D) barchasi


15. Gepatit alkogol ta’sirida nimaga ga olib keladi
A) Ichburug va vabo, B) ichterlama, C) yuqumli gepati D) sirroz


16. Oshqozonosti bezining yallig‘lanishi
A) pankreatiya B) ichterlama, C) yuqumli gepati D) sirroz


Download 18.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling