6- мавзуга топшириқ: Сут тишларнинг анатомияси: а умумий таснифи
Download 9.51 Kb.
|
anat 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Сут тишларида хар бир тишнинг тузилишининг хусусиятлари.
- 3. Сут тишларнинг доимий тишлардан фарқлари.
- 4. Сут тишларнинг ривожланиш аномалиялари. Sut tishlarining chiqish jarayoni buzilsa xar xil anomaliyalarni ko‘rish mumkin. Eng ko‘p xolatlarda retensiya
6- Мавзуга топшириқ: 1. Сут тишларнинг анатомияси: а) умумий таснифи Sut tishlar - dentes decidua (dentes lactei) yoki vaqtincha tishlar (”decidua” so‘zning to‘g‘ri ma’nosi – tushishi, tushadigan). Xar bir jag‘da 10ta tish bor, ulardan: 4 ta kesuv tishlar, 2 ta qoziq tishlar, 4 ta katta oziq tishlar (molyar). Sut tishlar tarkibida kichik oziq tishlari va uchinchi katta oziq tishlari bo‘lmaydi. б) тузилиш хусусиятлари с) чиқиш вақти Odatda tishlarning chiqishi pastki jag‘dan boshlanadi. Tishlar simmetrik va juft xolatda 2 oy interval bilan yorib chiqadi. Birinchi bo‘lib medial kesuv tishlari - 6-8 oylarda, lateral kesuv tishlari – 8-12oylarda, birinchi katta oziq tishlar - 12-16 oylarda, qoziq tishlar - 16-20 oylarda, ikkinchi katta oziq tishlar- 20-30 oylarda chiqadi.
Kesuvchi sut tishlari – doimiy tishlarga juda o‘xshash, ammo xajmi ancha kichikroq va toji kaltaroq. Tishlarning kesuv qirrasi tekis holda. YUqori jag‘ suyagining kesuvchi tishlari pastki jag‘ tishlari xajmidan kattaroq. Qoziq sut tishlari – doimiy qoziq tishlarga o‘xshash, faqat toj qismining uchi o‘tkirroq bo‘ladi, kesuvchi dumbog‘i markazda joylashadi. Bu tishlarning ildizi uzun, konussimon shakliga ega. YUqorgi qoziq tish pastki tishga nisbat kattaroq. Katta oziq sut tishlar (molyarlar) doimiy molyar tishlardan farqlanadi, ayniqsa yuqorgi birinchi molyar. Bu tish doimiy molyar tishlarga emas, balki birinchi premolyar tishga o‘xshab ketadi. YUqori molyar sut tishlarining lunj (vestibulyar) yuzasida lunj do‘mboqlari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Pastki sut molyar tishlari o‘zaro o‘xshash emas. Birinchi pastki molyar tishning toj qismi asosida yaxshi rivojlangan belbog‘i va bazal dumbog‘i mavjud. CHaynov yuzasida 2-4 ta do‘mboqlari bo‘lishi mumkin, yon bolishlar chuqur o‘rta botig‘iga qo‘shilib ketishadi. 3. Сут тишларнинг доимий тишлардан фарқлари. Sut tishlarining toji bo‘rtib chiqqan, sferik shakliga ega. Sut tishlar doimiy tishlardan bo‘yin sohasidagi aniq ko‘rinadigan torayishi - belbog‘cha (cingulum) bilan farqlanadi. Sut tishlarining emal qavatida doimiy tishlarga nisbat ohaklanish jarayoni sust kechishi sababli emal yupqa va ko‘kimtir-oqish rangda bo‘ladi. Dentin miqdori ham 2 barobar kam, shuning uchun sut tishlarining pulpa bo‘shlig‘i va tish kanali ancha keng. Sut tishlarning doimiy tishlarga nisbatdan ildizlari kalta va ingichka. Ko‘p ildizli tishlarda ildizlar “ombirsimon” shaklida, chunki ostida joylashgan doimiy tishlarning kurtaklari ildizlararo masofani kengaytiradi (razdvigayut korni). Sut tishlarining periodont qavati doimiy tishlarga nisbat siyrak 4. Сут тишларнинг ривожланиш аномалиялари. Sut tishlarining chiqish jarayoni buzilsa xar xil anomaliyalarni ko‘rish mumkin. Eng ko‘p xolatlarda retensiya – kech chiqishi yoki yorib chiqmasligi xolatlari uchraydi.. Bu xolatda ko‘pincha tish toji kalta bo‘ladi, ildizi tish alveolasi bilan qo‘shilib ketadi (ankiloz). Bundan tashqari sut tishlarning vaqtdan oldin chiqishi kuzatiladi, bu anomaliya jag‘ suyaklarining noto‘g‘ri rivojlanishiga olib keladi. Download 9.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling