Mavzu: Kultuvatorlarning asosiy ishchi organlari va klasifikatsiyasi

Download 15.63 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi15.63 Kb.
#1050388
Bog'liq
kultuvator

MAVZU: Kultuvatorlarning asosiy ishchi organlari va klasifikatsiyasi
Kultivatorlar Tuproq palaxsasini ag’darib yerga ishlov berish ko‘pincha salbiy oqibatlarga, ya’ni tuproqdagi uglerodning kamayishi, shamol va suv eroziyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, tuproqni ag’darmasdan yumshatib, tabiiy namlikni saqlab qolish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, ekilgan urug’ni unib chiqishi uchun eng qulay sharoit yaratish kabi maqsadlarda yerga ishlov berish uchun kultivatorlardan keng foydalaniladi. Kultivatorlar yerga yoppasiga ishlov beradigan va maxsus hamda chopiq qiluvchi turlarga bo‘linadi. Yerga yoppasiga ishlov beradigan turlari ishlov berilmagan joylarni qoldirmasdan tuproqni yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi. Maxsus kultivatorlar bog’ va o‘rmonlarda daraxtlar oralig’iga hamda eroziyaga uchragan joylarga ishlov berishda ishlatiladi. Bu guruhga chuqur yumshatkich-keskich kultivatorlari ham kiritiladi. Chopiq kultivatori sug’oriladigan dehqonchilikda ekinlar qator oralig’idagi tuproqqa ishlov berish, begona o‘tlarni yo‘qotish va o‘g’itlash uchun ishlatiladi. Kultivator bilan ishlov berishda quyidagi agrotexnik talablarga: tuproqning pastki, nam qatlamini yer yuzasiga chiqarmaslik; eroziyani kuchaytiradigan changsimon zarrachalarni hosil qilmaslik; yumshatiladigan chuqurlik tayinlanganidan 1,0 sm dan ortiq farq qilmasligi va begona o‘tlarni 98 – 99 % yo‘qotilishiga rioya qilinadi. Kultivator ishchi qismlari bajaradigan ishiga qarab, asosan to‘rt turga bo‘linadi: yumshatuvchi tishlar, o‘toqlovchi yotiq tishlar, o‘qyoysimon tishlar va chuqur yumshatuvchi tishlar.

Chopiq kultivatorlari Sug’oriladigan ekinni parvarishlashda uning qator oralig’idagi tuproqni yumshatish, begona o‘tlar ildizini kesib ketish, o‘g’itlash, juyaklar ochish kabi ishlar chopiq kultivatori yordamida bajariladi. Qatordagi ko‘chatlarga zarar keltirmaslik uchun ularga nisbatan kultivator tishlari birinchi kultivatsiyalashda bx=8–12 sm, keyingilarida bx =14 –15 sm himoya zonasi qoldirilib joylashtiriladi. Ishchi qismlari. Chopiq kultivatorlarida ham yerga yoppasiga ishlov beradigan kultivatorning 106- rasmda keltirilgan ishchi qismlari va 107- rasmdagi o‘g’it solgich, rotatsion yulduzcha, jo‘yak olgich, panjarasimon qanotli jo‘yak olgich, oziqlantirib jo‘yak olgich, sferik disk va boshqalar ishlatiladi. Har bir qator oralig’idagi tuproqqa ketma-ket ishlov berish uchun kerak bo‘lgan ishchi qismlarning majmuasi bitta gryadilga o‘rnatiladi. Gryadil qatorlar oralig’ining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ishchi qismlar uning o‘ng va chap tomonlariga kerakli masofa va chuqurlikda o‘rnatiladi. Har bir ishchi qism ustuni gryadilga tutqich va qulflar yordamida, uning kerakli holatini ta’minlaydigan qilib mahkamlanadi. O‘toqlovchi va o‘q-yoysimon tishlar begona o‘tlarning ildizini kesib ketishi va tuproqni qisman yumshatishi uchun ishlatiladi. Ular tig’ining qalinligi 1,0 mm dan kamroq bo‘lishi kerak. Ish jarayonida o‘zi o‘tkirlanib turishi va yeyilishga chidamli bo‘lishi uchun tig’ga qattiq qotishma (masalan, sormayt) payvandlangan bo‘ladi. Bunday tishlarning tuproqni yumshatish darajasi, ularning engashish burchagi α ga bog’liq bo‘lganligi sababli, ularni ustunga α = 12–18° qilib bolt bilan o‘rnatish mumkin. Sug’oriladigan jo‘yakdagi tuproqni yumshatish uchun, kengligi 35 mm li yumshatuvchi tishlar qo‘llaniladi. Ko‘pincha, bunday tishlarning ishchi qismi ikki tomonlama bo‘lib, bir tomoni o‘tmas bo‘lib qolganda, uni 180° ga to‘ntarib, ikkinchi tomoni bilan qo‘yiladi. Bunday tishni ustunga engashish burchagi α = 36– 40° qilib o‘rnatish mumkin. Qatqaloqni buzish, tuproqni yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish va himoya zonasini kamaytirish maksadida rotatsion yulduzcha ishlatiladi. Ulardan ko‘chatlarning bo‘yi 30–40 sm ga yetgunicha foydalaniladi. Rotatsion yulduzchaning barmoqlari 5–8 sm gacha tuproqqa botib yuradi. Agar yulduzchani barmog’i bukilgan tomonga aylantirilsa, uning ishlov berish chuqurligi ortadi. O‘g’it ko‘mgich yerni 16 sm chuqurlikkacha yumshatib, o‘g’itlaydi. Jo‘yak olgich 16 sm chuqurlikkacha ishlov berib, begona o‘tlarni yo‘qotib maydalash, tuproqni ko‘tarib ko‘chatlar tagini ko‘mib ketish uchun ishlatiladi. Jo‘yak olgich qanotining holatini o‘zgartirib, tuproqni ko‘tarib ko‘mish balandligi sozlanadi. Oziqlantirib jo‘yak olgich, tuproqqa 20 sm chuqurlikkacha ishlov beradi. Sferik disklar himoya zonasini kamaytirish uchun ishlatiladi. Chopiq kultivatorining qamrov kengligi, ishchi qismlari o‘rnatilgan gryadillar oralig’i va soni, urug’ ekib ketgan seyalkaning o‘lchamlari bilan moslangan bo‘lishi kerak. Agrotexnik talablar. Ishlov berish sifati yuqori bo‘lishi uchun kultivator dalaga sug’orilgan yerlardagi tuproq namligi 16 –18 % gacha kamayganidan so‘ng kiritilgani ma’qul. Kultivatorning tishlari nam tuproqni yer betiga chiqarmasligi kerak. Tuproqni yumshatish chuqurligi tayinlanganidan ±(1–2) sm dan ortiq farq qilmasligi, begona o‘tlar 98–99 % yo‘qotilishi kerak. Ko‘chatlar traktor g’ildiraklari va gryadildagi ishchi qismlarga tegib shikastlanmasligi uchun ular g’ilof va to‘siqlar bilan yopilishi lozim. Kultivator bilan ishlov berganda shikastlangan ko‘chatlarning miqdori 1,0 % dan oshmasligi kerak. Ish vaqtida turli sabablarga ko‘ra, gryadilni yon tomonlarga burilishi 1–2 sm dan oshmasligi uchun uni bikr o‘rnatish lozim. O‘toqlovchi tish tig’ining 0,4–0,5 mm dan oshmasligi, oziqlantirish uchun solinayotgan o‘g’it miqdori va uni ko‘mish chuqurligining farqi tayinlanganidan ±10–15 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Umuman olganda, kultivatordan foydalanishda mahalliy tuproq sharoiti birinchi o‘rinda e’tiborga olinishi lozim. Chopiq kultivatorining tuzilishi (108- rasm). Kultivator qismlari maxsus chopiq traktorining oldi (oldingi seksiyasi) va orqa (orqa seksiyasi) tomonlariga o‘rnatiladi.
Download 15.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling