Asosiy qism. Sekretsiya bezlari to‘g‘risida tushuncha


Qalqonsimon bez funksiyasi buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar


Download 0.76 Mb.
bet3/7
Sana21.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1218898
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ichki sekretsiya bezlari

4.4. Qalqonsimon bez funksiyasi buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar
U organizmda modda va energiya almashinuvi regulyatsiyasida ishtirok etuvchi yodli gormon tiroksin (T4), triyodtironin (TZ) va tireokaltsitonin ishlab chiqaradi. Qalqonsimon bez gormoni tiroksin tarkibida yod moddasi koʻp bo‘ladi. Tiroksin organizmda moddalar almashinuvini tezlashtirish va nerv qo‘zg‘alishlarini kuchaytirish xususiyatiga ega. Bu gormonning yetishmasligi yoki ortiqcha ishlab chiqarilishi organizmda og‘ir xastaliklarni paydo qiladi. Organizmda qalqonsimon bezning ahamiyati juda katta, u bosh miya faoliyati, moddalar almashinuvi, suyak oʻsishi, immun sistemalar, jismoniy va aqliy rivojlanish, jinsiy yetilish jarayonlari, adaptatsiya va boshqa reaksiyalarni taʼminlaydi. Bu bez faoliyatining buzilishi buqoq, gipotireoz, gipertireoz va boshqalar kasalliklarga olib keladi.
Buqoq - qalqonsimon bezning kattalashuvi. Kasallik shu bez funksiyasi oʻzgarmasdan (eutireoz), funksiyasi susayishi (gipotireoz) yoki kuchayishi (tireotoksikoz) bilan kechadi. Bo‘qoqning bir necha shakli bor. Endemik buqoq atrof-muhitda (suv, tuproq, havoda) yod oz boʻlgan muayyan geografik chegaralangan hududlarda (jumladan Oʻzbekistonda) uchraydi. Isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida yod yetishmasligi kasallikning asosiy sababi hisoblanadi. Sogʻlom odamga bir kecha-kunduzda 100—200 mikrogramm yod kerak, shu miqdor kamaysa, qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin)ning hosil boʻlishi kamayadi. Oqibatda, qalqonsimon bezning kattalashishi kuzatiladi, bolalarda boʻy oʻsmay qoladi, ruhiyati oʻzgaradi, aqli ojiz boʻladi (kretinizm), baʼzan kasallik shish hosil boʻlishi bilan kechadi.
Sporadik (onda-sonda uchraydigan) buqoq - buqoq endemiyasi boʻlmagan joylarda rivojlanadi, kasallik keng tarqalmaydi. Diffuz toksik buqoq (Bazedov kasalligi) — bunda qalqonsimon bez kattalashuvi bilan birga funksiyasi kuchayadi. Koʻp tugunli toksik buqoq — koʻpincha bir necha yil davomida koʻp tugunli eutireoid buqoq bilan ogʻrib kelayotgan 50—60 yashar ayollarda uchraydi. Kasallik belgilari diffuz toksik buqoqqa oʻxshash, ammo bunda oftalmopatiya va pretibial miksedema kuzatilmaydi.
Tiroksin yetishmaganida yosh bolalarning o‘sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda sekinlashib, kretinizm xastaligi paydo bo‘ladi. Kretinizm (fransuzcha cretin — aqli past), tug‘ma gipotireoz, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, shuningdek, jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanishda orqada qolish bilan ifodalanadigan kasallik. Bemorlarning gavda qismlari nomutanosib: oyoq-qoʻli, barmoqlari kalta, oyoqlari qiyshiq, kallasi, qulogʻi, ogʻzi katta va beoʻxshov, tishlari siyrak va mayda, tili kalta, sochlari siyrak, toʻkiluvchan, sinuvchan, jinsiy aʼzolari ham yaxshi rivojlanmagan boʻladi. Bunday kasallik bilan kasallangan bemorlar qalqonsimon bezdagi kamchiliklarni tiklaydigan dorilar bilan davolanadi. Juda yoshligidan davolangan bemorlar oʻzini-oʻzi uddalab, oddiy ishlarni eplay oladi. Katta yoshdagi odamlarda bez faoliyati pasayib, tiroksin ham ishlab chiqarilishining kamayishi miksedemani paydo qiladi. Miksedema - qalqonsimon bez faoliyatining susayishi yoki butunlay toʻxtashi natijasida kelib chiqadigan xastalik, gipotireoz koʻrinishlaridan biri. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi (3-4-rasmlar).


3-rasm. Miksedema kasalligi.


4-rasm. Miksedema kasalligi.


Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayib, tiroksin gormoni ortiqcha ishlab chiqarilganida organizmda moddalar almashinuvi kuchayib, nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi va kishi ozib ketadi. Bazedov kasalligi, diffuz toksik buqoq – qalqonsimon bezning biror sababga koʻra zoʻr berib ishlashidan kelib chiqadigan kasallik (5-rasm). Diffuz toksik buqoqni 1840-yilda nemis shifokori - Karl Bazedov taʼriflab bergani uchun Bazedov kasalligi deb ataladi. Kelib chiqishida irsiy moyillik, immun sistemadagi oʻzgarishlar, ruhiy iztirob muhim oʻrin tutadi.

5-rasm. Bazedov kasalligi.




Bazedov kasalligi deb ataladigan bu xastalikda ko‘pincha kasal odamning ko‘zlari notabiiy chaqchaygan bo‘ladi (6-7-rasmlar). Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayishi natijasida muskullar zaiflashib, bemor serzarda, yigʻloqi boʻlib qoladi, ozib ketadi, koʻzi chaqchayadi, koʻp terlaydi, oyoq-qoʻli, baʼzan butun tanasi titraydi, yuragi tez uradi, uyqusi buziladi, bir oz isitma chiqadi, tez toliqadi va ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Kasallik ogʻir kechganida tireotoksik krizisga olib borishi mumkin. Bunda asosiy sistema va aʼzolar faoliyati izdan chiqadi, tireotoksik koma yuz beradi. Kasallikni davolashda qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan foydalaniladi. Ba’zan bezning bir qismi olib tashlanadi.
6

-rasm. Sog‘lom inson 7-rasm. Bazedov kasalligi

Buqoqni mutaxassis shifokor davolaydi, turli gormonal dorilar buyuriladi. Baʼzan jarrohlik yoʻli bilan davolanadi. Toksik buqoqni davolashda radioaktiv yod ham qoʻllaniladi. Buqoqning ommaviy oldini olish uchun yodlangan osh tuzi ishlatiladi. Buqoq boʻyicha xavfli guruhlarga (bogʻcha va maktab yoshidagi bolalar, homilador va emizikli ayollar) tarkibida yod tutuvchi (antistrumin, yodid — 100, 200) dorilar beriladi. Umumiy sogʻlomlashtirish tadbirlari (bekamu-koʻst ovqatlanish, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar) amalga oshiriladi. Kasallikni davolashda qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan foydalaniladi. Ba’zan bezning bir qismi olib tashlanadiQ izlar balog‘atga yetishi davrida qalqonsimon bez funksiyasi birmuncha kuchayib, tireotoksikoz xastaligining yengil alomatlari: tez jahl chiqishi, uyqusizlik, ishtahaning pasayishi, terlash paydo bo‘lishi mumkin(8-9-rasmlar).


8-rasm. Tireotoksikoz xastaligi (chapda sog‘lom odam, o‘ngda kasal odam)
9-rasm. Triotoksikoz xastaligida qalqonsimon bez ko‘rinishi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling