Asosiy qism. Sekretsiya bezlari to‘g‘risida tushuncha


Download 0.76 Mb.
bet5/7
Sana21.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1218898
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ichki sekretsiya bezlari

4.7. Gigantizm va nanizm
Gipofiz bezining somatotrop gormoni bo‘y o‘sishiga ta’sir qiladi. Yosh bolalarda bu gormon ko‘p ishlab chiqarila boshlansa bo‘y o‘sib, gigantizm (12-13-rasmlar), kamroq ishlab chiqarilsa nanizm kelib chiqadi(14-15-rasmlar).
12-13-rasm. Gigantizm kasalligi.



14-15-rasm. Nanizm.
Katta yoshdagi odamlarda bu gormonning ko‘p ishlab chiqarilishi panja suyaklarining yo‘g‘onlashib, til va burun tez o‘sishi, ya’ni akromegaliyaga olib keladi. Bezning adrenokortikoid gormoni buyrakusti bezi, tireotrop gormoni qalqonsimon bez, gonadotrop gormoni jinsiy bezlar ishini boshqaradi.
4.8. Epifiz bezi va uning funksiyasi oʻzgarishi sababli kelib chiqadigan kasalliklar
Epifiz bezi o‘rta miyada joylashgan(16-rasm). Bez ishlab chiqaradigan melatonin gormoni organizmda pigment almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. Epifiz gormoni gipofizning gonadotrop gormoniga ta’sir etib, bolani vaqtidan oldin balog‘atga yetishini sekinlashtiradi. Epifiz funksiyasi bola yetti yoshga yetgunicha kuchayib boradi, keyin asta-sekin pasayib, balog‘at davrida to‘xtaydi.
16-rasm. Epifiz bezi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling