Asosiy qism. Sekretsiya bezlari to‘g‘risida tushuncha


Download 0.76 Mb.
bet2/7
Sana21.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1218898
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ichki sekretsiya bezlari

4.2. Gormonlar
Ichki va aralash sekretsiya bezlarining qonga ishlab chiqaradigan biologik faol moddalari gormonlar (yunoncha hormao - qo‘zg‘ataman, harakatga keltiraman) deyiladi. Gormonlar qon orqali organizmga tarqalib, organlar va organizmda kechayotgan jarayonlarni boshqarib turadi. Ba’zi gormonlar faqat ayrim organlarga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, jinsiy gormonlar faqat jinsiy organlarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa gormonlar, masalan, qalqonsimon bez gormoni tiroksin, buyrakusti bezi gormoni adrenalin koʻpchilik organlar funksiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
4.3. Qalqonsimon bez
2-rasm. Qalqonsimon bez tuzilishi.

Qalqonsimon bez ichki sekretsiya bezlari ichida eng yirik bezdir. Massasi 5-10 yoshli bolalarda 10 g, katta yoshdagi odamlarda 25—30 g keladi. Qalqonsimon bez - odam va hayvonlarning ichki sekretsiya bezi. Qalqonsimon bezning rivojlanishi homilalik davrida boshlanib, bola 1 yoshga yetganda uning vazni 1—2 g ni tashkil etadi, oʻsish jarayonida u kattalashib 15—20 g hamda 30 g gacha yetadi. Qalqonsimon bez embrion jabra xaltachasi epiteliysidan rivojlanadi. Qalqonsimon bez odam embrioni taraqqiyotining 8-9 oyida toʻliq shakllanib, gormon ajrata boshlaydi.
Qalqonsimon bez boʻyinning oldingi qismida joylashgan bo‘lib, hiqildoqni oldingi va ikki yondan yopib turadi, hiqildoq togʻaylari sohasida joylashgan; 2 palla va boʻyinchadan iborat. Bez chap va o‘ng bo‘laklardan iborat boʻlib, juda ko‘p qon va limfa tomirlari hamda nervlar bilan ta’minlangan (2-rasm). Qalqonsimon bezni bir juft yuqori va bir juft pastki arteriyalar qon bilan taʼminlaydi, simpatik va parasimpatik nerv tolalari innervatsiya qiladi. Qalqonsimon bez funksiyasini markaziy nerv sistemasi, faoliyatini esa gipofiz bezi boshqaradi. Gipofizning tireotrop gormoni qalqonsimon bez funksiyasi va rivojlanishini kuchaytiradi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling