Ma’ruza: Sinxron motorining ishga tushish, tormozlasah va
Download 16.03 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Ma’ruza: Sinxron motorining ishga tushish, tormozlasah va revers qilish. Sinxron motorning elektromagnit momenti stator va rotor magnit maydonlari ta ’sirlashishi natijasida hosil bo’lib, rotorning va stator magnit maydonining aylanish chastotalari sinxron bo’lsa, elektromagnit moment o’zining ishorasini o’zgartirmaydi. Agarda sinxron motorning stator chulg‘ami bevosita tarmoqqa ulansa,motor ishga tushib keta olmaydi, chunki rotori qo’zg‘almas bo’lganda stator magnit maydonining qutblari yarim davrda rotorning bir xil qutblari bilan, davrning qolgan yarmida rotorning boshqa qutblari bilan ta’sirlashadi. Buning oqibatda momentning ishorasi o'zgaradi, hamda rotorning mexanik inersiyasi hisobiga moment rotorni yarim davrda aylantirib yubora olmaydi. Sinxron motorni ishga tushirishning quyidagi usullari mavjud: yordamchi motor vositasida, tok chastotasini o’zgartirish yo’li bilan va asinxron usulda ishga tushirish. Bu usullardan eng ko’p qo’llaniladigani asinxron usulda ishga tushirishdir. Yordamchi motor vositasida ishga tushirish. Dastlab sinxron motorning rotori ga yaqin aylanish chastota bilan yordamchi motor vositasida aylantiriladi. Bunda qo’zg‘atish chulg’ami o’zgarmas tok manbayiga ulangan, stator chulg‘ami esa ochiq bo’lib, sinxron motor salt ishlayotgan generato r rejimida ishlaydi. So’ngra generator parallel ulash shartlari bajarilgan holda tarmoqqa parallel ulanadi. Shundan so‘ng yordamchi motor ajratiladi va sinxron generator motor rejimiga o’tadi. Yordamchi motor sifatida odatda qutblar soni sinxron motornikidan ikkita kam bo’lgan faza rotor li asinxron motor qo’llaniladi (bu holda sinxron motorning aylanish chastotasini sinxron chastotagacha yetkazish mumkin) va uning quvvati sinxron motor quvvatinin g 10‚ 20 % ini tashkil etadi. Tok chastotasini o'zgartirish yo’li bilan ishga tushirish. Bu usul chastota o’zgartgich qurilmasi bo’lgan sharoitda amalga oshirilishi mumkin. Bunday chastota o’zgartgich yordamida kuchlanish chastotasi noldan nominal qiymatgacha oshirib boriladi, natijada stator magnit maydonining aylanish chastotasi ham oshib boradi. Rotor esa aylanma magnit maydoni yo’nalishi bo’yicha nominal chastota bilan aylanadi. Download 16.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling