Mavzu: Rudani yetkazish usullari Rudani yetkazish


Download 1.97 Mb.
bet1/5
Sana13.11.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1770691
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Rudani yetkazish usullari


Mavzu: Rudani yetkazish usullari


Rudani yetkazish – bu rudani qazib olish bloki chegarasida, massivdan ajratilgan joydan asosiy tashish vositalariga yuklash joyigacha olib borilshidir. Rudani qazib olish uchun sarflanadigan material va mexnat sarfining 30–50% ulishi shu jarayondagi xarajatalrga tо‘g‘ri keladi. Rudani yetkazish unumdorligi odatda qazib olish ishlarining jadalligini ifodalaydi. Shuning uchun bu jarayon mexanizatsiyasi va texnologiyasidan eng kam xarajat va yuqori unumdorlikni talab qiladi.
Rudani yetkazish jarayoni qazib olishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlariga, rudani qabul qiluvchi asosiy gorizont laximlarida tog‘ bosimining namoyon bо‘lish darajasiga, ruda yо‘qotilish va sifatsizlanish darajasiga о‘z tasirini kо‘rsatadi. Rudani yetkazish–birlamchi va ikkilamchi turlarga bо‘linadi. Rudani birlamchi yetkazish–bu rudani massivdan ajratgan joyidan rudani yuklash joyigacha olib borish bо‘lsa, ikkilamchi yetkazish esa ruda yig‘ish laximlari bо‘ylab xarakati.
Rudani yetkazish usullari tasnifi
1. jadval

Yetkazishning usullari

О‘ziga xos xususiyatlari

1.О‘z og‘irligi bilan yetkazish:
1.1. Bevosita qazib olingan bо‘shliq bо‘ylab
1.2.Ruda tushirgichlar bо‘ylab

Ruda qazib olingan bо‘shliq bо‘ylab og‘irlik kuchi ta’sirida xarakatlanadi yoki blokdan chiqaruvchi laximlarga sirpanib boradi

2.Mexanizatsiyalashgan:
2.1.Skreper uskunalari bilan
2.2.Tebranuvchi konveyer va ta’minlagich bilan
2.3.О‘zi yurar jixozlar bilan

Ruda tashiladi va yuklanadi.
О‘zi yurar jixozlar bilan ruda yuklanadi va tashiladi yoki faqat yuklanadi, yoki faqat tashiladi.

3.Yetkazishning boshqa usullari:
3.1. Portlatish kuchi bilan yetkazish
3.2. Gidravlik yetkazish

Portlatish bilan massivdan ajrati–ladi va qazib olingan bо‘shliq bо‘ylab chiqaruvchi laximlarga uloqtiriladi. Ruda suv bilan yuvib tushiriladi. Undan tashqari ruda tanasining yotgan tomoni mayda ruda bо‘laklaridan tozalash uchun yordamchi usul sifatida qо‘llaniladi.

Rudani yetkazish usullari qazib olish tizimini hisobga olgan holda tanlanadi, chunki ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Asosan amaliyotda rudani yetkazishning о‘z og‘irligi bilan tushirish va mexanizatsiyalashgan usullari qо‘llaniladi. Ruda yetkazishning portlatish kuchi bilan va gidravlik usullaridan esa kamdan-kam holatlarda foydalaniladi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling