Mavzu: Rudani yetkazish usullari Rudani yetkazish


Rudani о‘z og‘irligi bilan yetkazish (oqib tushishi)


Download 1.97 Mb.
bet2/5
Sana13.11.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1770691
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rudani yetkazish usullari

Rudani о‘z og‘irligi bilan yetkazish (oqib tushishi). Rudani о‘z og‘irligi tasirida yetkazish usulidan keskin qiya yotgan ruda tanalarini qazib olishda foydalaniladi va ochiq bо‘shliqli, magazinlab, qazilgan bо‘shliqni qiya qatlamlamlam tо‘ldirib qazib olish tizimlarida keng qо‘llaniladi. Bu usul qо‘llanilishining о‘ziga xos xusuiyati blok tagida g‘alvirlash kamerasini barpo etish va ruda tushirgichga rudani g‘alvir orqali о‘tkazishdan iborat. Rudani о‘z og‘irligi tasirida yetkazish usuli qо‘llanilganda blok tagini tayyorlash va kesish ishlarining tartibi 1-rasmda kо‘rsatilgan.





1-rasm. Rudani о‘z og‘irligi tasirida yetkazish usulida blok tagini tayyorlash va kesish ishlari:
1-tashish shtregi; 2-tashish orti; 3-shamollatuvchi yuqorilovchi lahim; 4-yuklash kamerasi; 5-ruda tushirgich; 6-g‘alvirlash kamerasi; 7-yuqorilovchi lahim; 8-g‘alvirlash gorizontidagi shamollatish shtregi; 9-g‘alvirlash gorizontidagi shamollatish orti; 10-g‘alvirlash gorizontidagi shamollatish-yig‘ish shtregi

Rudani о‘z og‘irligi tasirida yetkazish usulining asosiy afzalliklari: rudani yetkazishni mexanizmlarsiz tashkil qilish imkoni mavjudligi, ruda maydalanishi yaxshi bо‘lganda yetkazishning yuqori unumdorligi (200–600 t/smena). Kamchiliklari: kesuvchi ishlarning xajmi katta miqdordaligi, rudani chiqarishda xavflilik darajasining nisbatan ortishi, g‘alvirlash kamerasini shamollatish ishlari qiyin bajarilishi.
Rudani skreperda yetkazish. Yetkazish masofasi 35–40 m gohida 80–100 m gacha bо‘lgan xolatlarda qо‘llaniladi. Ular skreper uskunasi yordamida amalga oshiriladi. Skreper uskunasi skreper lebyodkasi, skreper, chig‘iriq (blok) va pо‘lat arqonlar (yuk tortadigan va yuksiz)dan tashkil topgan. Rudani skreperda yetkazishning о‘ziga xos xusuiyati. Massivdan ajratilgan ruda duchkalar orqali yetkazish lahimiga tushadi va skreper bilan skreper lebyodkasi yordamida ruda tushurgichga tortib yetkaziladi. Rudani skreperda yetkazish qо‘llanilganda blok tagini tayyorlash va kesish ishlarining tartibi 2-rasmda kо‘rsatilgan.






Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling