Ma’ruza №3 Shaxta shamollatish tarmog‘i. Shamollatish tarmoqlarining bog‘lanish turlari
Download 182.06 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-Ma'ruza mashg'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamollatish tizimi. Shamollatish rejasi. Shaxta shamollatish tarmog‘i elementlari
- Chizma – 3.1
- Chizma – 3.2.
Ma’ruza № 3 Shaxta shamollatish tarmog‘i. Shamollatish tarmoqlarining bog‘lanish turlari. Shamollatish tizimi. Shamollatish rejasi. Shaxta shamollatish tarmog‘i elementlari. Kon lahimlarining ketma-ket, parallel va diagonal shamollatish bog‘lanishlari. Shamollatish tizimi. Shamollatish rejasi. Shaxta shamollatish tarmog‘i elementlari Havo harakatlanuvchi shaxta kon lahimlarining о‘zaro bog‘lanishi shamollatish tarmog‘i deyiladi. Shaxta shamollatish tarmoqlari plan va sxema holda tasvirlanadi. Shamollatish rejasi deb, strelkalar bilan havo yо‘nalishi kо‘rsatilgan kon lahimlarining masshtab bо‘yicha chizilgan planlariga aytiladi. Chizma – 3.1. Shaxta shamollatish rejasi namunasi. Shaxta shamollatish rejalarida havo harakatlanish tezligi va miqdori, uning kesim yuzasi, о‘lchov stansiyalarining joyi va boshqalar kо‘rsatiladi. Shamollatish rejasi shaxtani shamollatishni nazorat qilish, va shuningdek shamollatish hisoblarini olib borish uchun kо‘rsatkichlar manbasi bо‘lib xizmat qiladi. Hisoblash jarayonida shamollatish rejasi shamollatish yoki aerodinamik sxemalar bilan almashtirilishi mumkin. Barcha shaxta shamollatish tarmoqlari 2 asosiy sinfga bо‘linadi: yassi (biron tekislikda tasvirlangan) va hajmli (fazoviy). Yassi tarmoqlarda tarmoqlarning kesishmalari tekislikda alohida qismlarda tasvirlangan bо‘ladi. Agar qismlar tarmoqlari bir-biri bilan kesishadigan bо‘lsa, ortiqcha kesishuvlarni bartaraf etish uchun hajmli fazoviy xususiyat beriladi va ular hajmli deyiladi. Kon lahimlarining о‘zaro joylashishiga qarab sxemaning 3 asosiy bog‘lanish usuli ajratiladi: ketma-ket, parallel va diagonal. Ketma-ket sxemada oldingi lahim tugash nuqtasi keyingi lahim boshlanish nuqtasi bilan ulanadi, parallel sxemada kon lahimlari boshlanishi va tugashi bitta nuqtada bо‘ladi va diagonal ulanishda kon lahimlari о‘zaro umumiy boshlanish va tugashlari biri ikkinchisi bilan bir yoki bir necha diagonallar bilan ulanadi. Agar diagonallar bilan aerodinamik aloqa bо‘lmasa bunday bog‘lanish oddiy diagonalli, agar bunday aloqa mavjud bо‘lmasa murakkab diagonalli deyiladi. Shamollatish tarmoqlarida zamonaviy shaxtalarda odatda ulanishlarning barcha asosiy usullari qо‘llaniladi. Chizma – 3.2. Shamollatish plani va sxemalari namunasi: A-kon lahimlarining ketma-ket ulanishi; B-parallel ulanish; V-bir diagonalli; 1-9 – lahimlar boshlanish va tugash nuqtalari. Shamollatish tarmoqlarini о‘rganishning asosiy vazifasi quyidagilardir: tarmoqlar bо‘yicha havoning tarqalishini topish; ba’zi hollarda tarmoqning umumiy qarshiligi ham aniqlanadi. Download 182.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling