Qizil kitobga kiritilgan dorivor o'simliklar o’zbekiston florasini boyligi va xilma – xilligi


Download 1.71 Mb.
bet1/11
Sana17.06.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1531184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA TARQALGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR

QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O'SIMLIKLAR

O’zbekiston florasini boyligi va xilma – xilligi.


O‘zbekiston relefini xar-xilligi tufayli, tuprog‘i va o‘simlik olami har xil bo‘ladi. Eng pastki yerlarda asosan cho‘l o‘simliklari tarqalgan. Yerlari qum, taqirlardan iborat. Tuproq tarkibi yuqoriga qarab o‘zgarib boraveradi.
O‘zbekistonda 4150 atrofida o‘simliklar turlari uchraydi. O‘sadigan yovvoyi o‘simliklarni 700 ga yaqin turi dorivor hisoblanadi. O‘zbekiston florasi o‘simliklar olamida alohida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Muzliklar davridan so‘ng hosil bo‘lgan “Arkto-alpiyskiy” o‘simliklar tog‘ va tog‘ yon bag‘irlarini egallaydi. Bu o‘simliklar tekislikdan tog‘ tomonga 1500-1700 metrgacha yetib boradi.
Janubiy pastroq zonalarda efemeroidlarga xos. Efemeroidlarni diferensiatsiyasi va ko‘payishi asosan tuproq tarkibiga qarab boradi. Efemyerlar yirik formatsiyalar hosil qiladi. Efemeroidlar formatsiyasi bilan bir qatorda tekislik, dasht, qir (step) formatsiyalari rivojlanib borgan. Dasht formatsiyalari boshqa yerlardan farqliroq tog‘ va cho‘l zonalariga kirib boradi. Tog‘ o‘simliklari o‘ziga xos farmatsiyalar xosil qiladi. Bu farmatsiyalarda uchraydigan assotsiatsiyalar ko‘proq kserofit o‘simliklardan iborat.
Respublikamizda olib borilgan ilmiy ishlarni taxlil qilib, yovvoyi dorivor o‘simliklarga boy 5 ta viloyatlar ajratib olingan: Samarqand, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari.
Samarqand viloyati respublika markaziga joylashgan bo‘lib, Zarafshon sohiliga kiradi. Hozirgi kunda viloyat 14 ta tumandan iborat. Samarqand viloyatini relefi asosida uchga bo‘lish mumkin.
- Shimoliy Nurota tog‘lari yon bag‘ri.
- O‘rtasi-Zarafshon sohillari.
- Janubida-Zarafshon tog‘ini adirlari.
Nurota atrofidagi vodiylar cho‘l zonasiga kiradi. Vodiyga xos farmatsiya- ermon- Artemisia diffusa (raskidistaya).

1.1.O’zbekistonning ba’zi viloyatlarida o’sadigan dorivor o’simliklar.




1.Samarqand viloyati o‘simliklar oilalarini xilma-xilligi ma’lum zonalarga bo‘linsa yaqqol ko‘rinadi:
a) G‘arb tumanlarida uchraydigan va yig‘ib olinsa bo‘ladigan dorivor o‘simliklar:

  • bozulbang- Lagochillus inebrians Bge (Qizil kitobda);

  • labguldoshlar- Lamiaceae;

  • isiriq (garmala) – Peganum garmala L;

  • tuyatovondoshlar – Zygochyllaceae;

  • oqquray (psoraleya) – Psoralea drupacea Bge;

  • dukkakdoshlar – Fabaceae;

  • achchiqmiya (sofora tolstoplodnaya)- Sophora pachycarpa C.A.Mey;

  • dukkakdoshlar- Fabaceae;

  • bodomcha (mindal)- Amigdalus spinosissima Bge. Men;

  • ra’noguldoshlar- Rosaceae.

b) Janubiy Sharq yerlarda uchraydigan dorivor o‘simliklar:
- qizilpoycha - Hypericum scabrum L;
- kiyik o‘ti - Ziziphora pedicellata Pazijet Wed.;
- ermon - Artemisia absinthium L.;
- tog‘rayxon - Origanum titthantum Contsch;
- na’matak har xil turlari- Rosa sp;
- sariq andiz- Inula grandis Schrenk;
- qizilmiya- Glycyrrhiza glabra L.
Nam yerlarda, bog‘larda, soylarda va boshqa dehqonchilik yerlarda tarqoq uchraydigan dorivor o‘simliklar ro‘yxati:
-Suv qalampiri – Polygonum hydropiper L.
-Kelin tili (shaftoli bargli toron) – Polygonum persicaria L.
-Qushtaron – Polygonum aviculare L.
-Otquloq –Rumex confertus Willd.
-Zubturum- Plantago major L.
-Jag‘-jag‘- Capsella bursa-pastoris Medie.
Sochiq tarqalgan dorivor o‘simliklarni zahiralari uncha katta bo‘lmay 50-100 kg quruq mahsolotni yig‘ib olishni rejalashtirish mumkin. Bu o‘simliklar, odatda qattiq muxofazaga muxtoj emasligi bilan farq qiladi.
Samarqand viloyatida bu o‘simliklardan tashqari, farmatsiya sanoati uchun foydalanish mumkin bo‘lgan o‘simliklar mavjud. Isiriq, achchiqmiya, kiyik o‘ti, tog‘rayxon, bodomcha, sariq andiz, na’matak shular jumlasidandir. Umumlashtirib aytilganda Samarqand viloyatida 40 dan ortiq dorivor o‘simliklar turini uchratish mumkin (ofitsinal).

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling