Qizil kitobga kiritilgan dorivor o'simliklar o’zbekiston florasini boyligi va xilma – xilligi
-rasm. Oddiy isiriq (Peganum harmala L)
Download 1.71 Mb.
|
O’ZBEKISTONDA TARQALGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston florasidan ilmiy tibbiyotga joriy qilingan yangi dorivor o‘simliklar
- 2-rasm. Turkiston adonisi (Adonis turkestanica Adolf.).
- 3-rasm. Turkiston arslonquyrug‘I (Leonurus turkestanica).
1-rasm. Oddiy isiriq (Peganum harmala L).
O‘zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan va Respublikada yovvoyi holda o‘sadigan hamda o‘stiriladigan o‘simliklardan bir qanchasining farmakologik ta’siri va kimyoviy tarkibi chuqur o‘rganildi. Natijada ularning ayrimlari rasmiy tibbiyotda dorivor vosita sifatida ishlatish uchun ruxsat etildi va ishlatilmoqda:(2-jadval) 2-jadval O‘zbekiston florasidan ilmiy tibbiyotga joriy qilingan yangi dorivor o‘simliklar
Oddiy isiriq, Turkiston arslonquyrug‘i, Turkiston adonisi, teshik (oddiy) dalachoy, dag‘al dalachoy, Regel qo‘ziqulog‘i, gulbandli kiyiko‘t, gangituvchi buzulbang, maydagul tog‘rayhon va soxta yantoq o‘simliklarining o‘ti (yer usti qismi), dorivor tirnoqgul, sertuk xandeliya va Samarqand bo‘znochi gullari, do‘lana va itburun na’matak mevalari, sariq andiz va danakli oqquray ildizlari (yer osti organlari), anjir bargi va makkajo‘xori onalik ustunchasi og‘izchasi bilan, termopsis va boshqalar shular jumlasidandir. 2-rasm. Turkiston adonisi (Adonis turkestanica Adolf.). Keyingi bir necha o‘n yillar davomida butun dunyoda tibbiyot sohasida o‘simliklarga, ayniqsa, xalq tabobati dorivor o‘simliklariga bo‘lgan qiziqish tobora oshib bormoqda. Ko‘pchilik ilmiy markazlarda o‘simliklar har taraflama va chuqur o‘rganildi va natijada bir qancha yangi, yuqori samarali fitopreparatlar yaratildi. 1960-1990 yillar ichida sobiq Sovet davlatida 100 dan ortiq fitopreparatlar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga joriy etildi. Shulardan bir qismi yuqorida aytilganlarga dalil sifatida bu yerda keltirildi: avisan, aymalin, alanton, askorutin, asmatin, befungin, beosid, gindarin, gossipol, kaleflon, kardiovalen, qarotolin, kellin, konvaflavin, laminarid, linetol, mukaltin, novoimanin, pastinatsin, plantaglyusid, raunatin, rozevin, rutin, salvin, solsolidin, flakorbin, floverin, xlorofillipt, esflazid va boshqalar. Xalq tabobatida qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqishning oshib borishi va ularni o‘rganish faqat o‘z tibbiyotida qadimdan an’anaviy ravishda ko‘plab dorivor o‘simliklar qo‘llab kelgan davlatlar (Hindiston, Xitoy, Vetnam, Birma, Filipgaga, arab davlatlari, boshqa Janubi — Sharqiy Osiyo davlatlari, Afrika davlatlarida)gina emas, balki kimyoviy sintez yo‘li bilan ko‘plab dorilar olishi mumkin bo‘lgan kimyo -farmatsevtika sanoati yaxshi taraqqiy etgan davlatlarda ham kuzatilmoqda. 3-rasm. Turkiston arslonquyrug‘I (Leonurus turkestanica). An’anaviy tibbiyotda dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqishning oshib borishini quyidagi sabablar bilan tushuntirish mumkin: 1. Uzoq vaqt davomida uzluksiz ravishda har qanday sintez yo‘li bilan olingan (sintetik) dorivor preparatlarni iste’mol qilish ayrim organlar funksiyasi (bajaradigan ishi) va tuzilishini turli buzilishlarga olib keladigan manbaa ekanligi aniq bo‘lib qoldi. Masalan, g‘arbda ayrim uyqu dorilarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nogiron bolalarning tug‘ilishi, ba’zi dorilarning rak kasalligi sababchisi bo‘lishi (konserogenligi), uzoq vaqt davomida antibiotiklarni qabul qilish natijasida kelib chiqqan mikoz kasalliklari, devinkan preparatini ko‘p qabul qilish natijasidagi jinsiy ojizlik va boshqalar sintetik dorivor preparatlarni sistematik ravishda ko‘p qabul qilishning asoratlaridandir. 2. O‘simliklardan tayyorlangan Galen, yangi Galen va boshqa o‘simliklarning yig‘indi dorivor preparatlari qabul qilinganda organizmga shifobaxsh ta’sirini sof xoldagi yolg‘iz bitta modda emas, balki mazkur erituvchida erib, o‘simlikdan ajralib chiqqan biologik faol moddalar (asosiy ta’sir etuvchi va u bilan birga uchraydigan yo‘ldosh moddalar) yig‘indisi kompleks ta’sir ko‘rsatadi. Bu yo‘ldosh moddalar asosiy ta’sir etuvchi moddaning ta’sir kuchini oshirish yoki cho‘zishi, yoxud suvda erishini kuchaytirib, uni organizmga so‘rilishini, demak ta’sir qilishini tezlatishi mumkin, ba’zan esa, asosiy ta’sir etuvchi moddalarni zaxarli kuchini pasaytiradi. Bulardan tashqari, o‘simliklardan yig‘indi va tozalangan yangi Galen preparatlarini olish ancha oddiy, maxsus va murakkab texnologik uskunalarni talab qilmaydi va shuning uchun toza, yagona bir moddani ajratib olishdan ko‘ra iqtisodiy jihatdan ancha arzon va qulaydir. Bu masalada quyidagi vaziyatlarning ahamiyati katta va ular hisobga olinishi shart. Dorivor o‘simliklar insoniyat tarixini boshidan boshlab ular tarafidan shifobaxsh vosita sifatida qo‘llanilib keladi. Insonlar o‘simliklarning davolash xususiyatlariga o‘rganib qolganlar va ishonadilar, zarur bo‘lgan paytlarda ularning yordamidan foydalanganlar. Bulardan tashqari, dorivor o‘simliklar aholi yashaydigan joylarda, insonlar atrofida o‘sadi, ularni yig‘ib olish, quritish oson va hammaning qo‘lidan keladi. Ulardan dori tayyorlash qiyin emas va uy sharoitida ham bajarsa bo‘ladi. Eng muhimi, ko‘pchilik dorivor o‘simliklar zaharli emas, ulardan tayyorlangan shifobaxsh preparatlarni uzoq vaqt davomida surunkali kasalliklarni davolaSh uchun iste’mol qilsa bo‘ladi. SHunda ham ShifobaxSh o‘simliklarni noxuSh, keraksiz, qo‘Shimcha va allergik ta’sirlari kuzatilmaydi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling