Qizil kitobga kiritilgan dorivor o'simliklar o’zbekiston florasini boyligi va xilma – xilligi


Download 1.71 Mb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1531184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA TARQALGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR

Xulosa.


O‘zbekiston florasida manbalarga qaraganda 4200 dan ortiq gullaydigan o‘simliklar borligi takidlanadi. UShbu o‘simliklardan 577 turi dorivor hisoblanadi. Bu juda yaxshi ko‘rsatgich. Ammo bu ma’lumotlar eskirgan bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib ularni zahirasi juda kamayib ketgan. Sanoat miqyosida tayyorlashni iloji deyarli qolmagan. Chunki bu ma’lumotlar to‘plangan vaqtdan 50-60 yillar o‘tib ketdi. O‘sha vaqtda O‘zbekiston aholisi 10 mln ga etmas edi. O‘zbekistonda yer maydonini ko‘p qismi xali o‘zlashtirilmagan bo‘lib, asosiy qishloq xo‘jalik ekini hisoblangan paxta maydoni ko‘p paxta egallagan. Hosil esa 1,5 mln tonna atrofida edi. Oradan 10-15 yillar o‘tar-o‘tmas joy egallagan edi. Keyinchalik paxta maydonlari haddan tashqari kengaytirildi, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo (Mirzacho‘l)larni o‘zlashtirilmagan yerlari o‘zlashtirib, faqat paxta ekiladigan maydonlarga aylantirildi. Joylardagi barcha yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar, hatto ekin maydonlari ham yo‘q qilindi. Paxta yetishtirish uchun hamma narsadan voz kechildi. Paxta hosili 5-6 mln tonnaga yetkazildi. Aholi soni ham borgan sari ortib boraverdi va 20 mln dan ortib ketdi. Yangi shahar, qishloqlar, aholi yashaydigan joylar paydo bo‘ldi. Juda katta maydonlarda texnika ishlari olib borildi, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari o‘tkazildi, kanallar qazildi, yo‘llar qurildi. Bu olib borilgan barcha ishlar Ittifoq buyurtmasi asosida, ekologiyani buzilishini hisobga olinmagan holda olib borildi. Uning ustiga barcha paxta maydonlarida aviatsiya orqali sepiladigan gerbitsidlar, pestitsidlar, defoliantlar va boshqalarni qo‘llash oqibatida barcha hududlardagi normal ekologik sharoit izdan chiqdi, o‘simlik va hayvonot olamiga katta talofat yetkazildi. Ammo sog‘liqni saqlash tizimi uchun, aholi salomatligi uchun dorivor o‘simliklar zaruriyati har doim ham dolzarb bo‘lgan ayrim o‘simlik dolzarb masala bo‘lib qolaverdi.
O‘simliklarning foydali ekanligi ko‘p jihatdan ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq, dorivor o‘simliklarda esa biologik faol moddalar (BFM) kompleksi asosiy o‘rinni egallaydi. BFMni hosil bo‘lishi va to‘planishi dinamik jarayon bo‘lib, ontogenezda (yoki o‘simlikning o‘sish sikli) bilan belgilanadi hamda tashqi muhit omillariga (faktor) bog‘liq. Farmatsevtlar bu jarayonni bilishlari zarur, chunki BFM to‘planishi bilmiga asoslangan holda, dorivor o‘simlik mahsulotlarini sifatiga qo‘yilgan asosiy talablarga javob beruvchi dorivor o‘simlik mahsulotlarni yig‘ish, quritish va saqlash qoidalarini ishlab chiqiladi. Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni (DO‘) ekologik o‘ziga xosligini bilish ham, zarur bo‘lib, bu bilimlarsiz (DO‘) larni madaniylashtirish mumkin emas.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling