Qizil kitobga kiritilgan dorivor o'simliklar o’zbekiston florasini boyligi va xilma – xilligi
O’zbekiston florasida ilmiy tibbiyotga joriy qilingan yangi dorivor o’simliklar
Download 1.71 Mb.
|
O’ZBEKISTONDA TARQALGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus yoki yo‘l-yo‘lakay ekspeditsiyalar tashkil qilinib xaloyiqdan ma’lumotlarni to‘plash
- Ilmiy tibbiyotda qo‘llanilib kelinayotgan o‘simliklarni yanada chuqurroq o‘rganish
- Yangi dorivor o‘simliklarni ularni o‘zaro botanik qardoshligiga asoslangan holda qidirib topish (Filogenetik usul).
O’zbekiston florasida ilmiy tibbiyotga joriy qilingan yangi dorivor o’simliklar.Bizning an’anaviy tibbiyotimiz hozirgi O‘rta Osiyo territoriyasida uzoq vaqtlar va turli tibbiyot sistemalar ta’sirida taraqqiy etdi. U o‘zining an’anasiga, dorilariga boy xazinasiga va dunyoga mashxur ulug‘ arboblariga egadir. Bizning an’anaviy tibbiyotimiz birinchi galda yurtdoshimiz buyuk Abu Ali Ibn Sino nomi hamda uning butun dunyoga mashhur asari - "Kitab al - Qonun Fit -tibb" bilan bog‘liqdir. An’anaviy tibbiyotda ishlatilgan hamda hozirgi kunda turli kasalliklarni davolash uchun xalq tabobatida qo‘llanilayotgan dorivor o‘simliklar bitmas-tuganmas boylikdir. Ularning soni ko‘p. Lekin hozirgi kunda yetarli darajada o‘rganilmagani uchun ilmiy tibbiyotda ularning bir qismidangina foydalaniladi. Agarda xalq tabobati, birinchi galda Ibn Sino qo‘llagan dorivor o‘simliklar o‘rganilsa foydadan holi bo‘lmas edi. Bu holda ilmiy tibbiyot bir qancha samarali yangi dorilarga ega bo‘lishi ham shak-shubxasizdir. Ma’lumki, hozirgi ilmiy tibbiyotda qo‘llanilib kelinayotgan deyarli barcha o‘simliklar xalq tabobatida qo‘llanilib kelingan bo‘lib, ular tajribalarini o‘rganish natijasida olingan. Xalq tabobati ma’lumotlariga e’tibor bilan qarash, ko‘pincha dorivor o‘simliklarni izlashda samarali natija beradi. Xalq tabobatini o‘rganishni boshlang‘ich bosqichida ahamiyat berish kerak; 1. Maxsus yoki yo‘l-yo‘lakay ekspeditsiyalar tashkil qilinib xaloyiqdan ma’lumotlarni to‘plash o‘simliklarni yaxshi biladigan xalq vakillari bilan tanishish, o‘simlik va mahsulotlardan na’munalar olish va boshqalar; b) adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarni yig‘ishni tashkil qilish. To‘plangan ma’lumotlar orasidan eng karakli va muhimlarini ajrata olish (ilmiy meditsina nuqtai nazardan) katta ahamiyatga ega. Boshidan izlanayotgan dorivor o‘simlikni asosiy shifobaxsh xususiyati borligini tekshirish lozim. Agar birlamchi farmakologik (biologik) tekshirishlar, ma’lumtlardagi ta’sirini tasdiqlasa, ularni kelajakda chuqur o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi: ya’ni farmakognostik (birinchi fitokimyoviy), texnologik (individual moddalarni ajratish yoki yig‘indi preparatlar yaratish), farmakologik (yaratilgan preparatlar asosida chuqur) va nihoyat klinikadagi sinovlar orqali tekShiriladi. 2. Ilmiy tibbiyotda qo‘llanilib kelinayotgan o‘simliklarni yanada chuqurroq o‘rganish. Ko‘pincha hozirgi zamonaviy usullar qo‘llanilib qayta ko‘rib chiqilganda, dorivor o‘simliklarni kimyoviy tarkibi va xossalari o‘rganilganda, tibbiyotda ko‘pdan qo‘llanilib kelinayotgan dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi dunyo qarashlar o‘zgarib, o‘simliklarni tibbiyotda ishlatilish sohalari kengayishiga olib keladi. Bunga xalq tabobatining ma’lumotlari sabab bo‘lib, ro‘yxatdan chiqarilgan dorivor o‘simliklar yana tadqiqotchi olimlarni qaytishiga olib keladi. Masalan II DF da ro‘yxatga kiritilgan o‘simliklardan qoncho‘p o‘ti, avran, limon o‘t, qora smorodina o‘ti, sovun o‘simligi ildizi va boshqalar. Hozirgi vaqtda ularni ko‘pchiligi yana dorivor o‘simliklar ro‘yxati (katalog)ga kiritilgan. 3. Yangi dorivor o‘simliklarni ularni o‘zaro botanik qardoshligiga asoslangan holda qidirib topish (Filogenetik usul). Ma’lumki botanik jihatdan qardosh o‘simliklarni kimyoviy tarkibi bir xil yoki bir-biriga tarkib jihatdan yaqin, demak farmakologik ta’siri ham o‘xshash bo‘lishi mumkin. O‘simliklardagi biologik qonuniyat bilmini bilish, dorivor o‘simliklarni izlab topishda maqsadli va samarali natija beradi. Olimlar dorivor o‘simliklarni sistematik o‘rni va ularni kimyoviy tarkiblari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga ko‘p e’tibor beradilar. Bu muammoni o‘rganishni o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Dorivor o‘simliklarni sistematikadagi o‘rni bilan kimyoviy tarkibidagi qonuniyatlarni ochish bilan, xematoksonomik jarayonda shunday tasodiflar ham aniqlanadiki, o‘simliklarni biokimyoviy belgilari va ularni filogenetik qardoshligida o‘xshashlik yo‘qligi. Undan tashqari filogenetik mutlaqo bir-biriga yaqin bo‘lmagan turli o‘simliklarda bir xil moddalar borligi aniqlangan. Bu va bunga o‘xshash anomaliyalar vaqti soati kelib o‘zini izohini topar. Ammo dorivor o‘simliklarni o‘rganishni hozirgi rivojlanish etapida, xemotoksonomiya bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar yangi dorivor o‘simliklarni maqsadli izlab topish uchun yetarli. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling