Л Mavzu Xalq tabobati” fani haqida tushuncha.«Xalq tabobati»
Download 114.5 Kb.
|
Mavzu-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir
л Mavzu-1. Xalq tabobati” fani haqida tushuncha.«Xalq tabobati» fani, tushunchasi va vazifasi. xalq tabobati rivojlanishida JSST tashabbuslari, xitoy va koreys an’anaviy tabobati, Hind-Tibet tabobati, qadimgi Sharq tibbiyoti va yozma manba’lari. Tibbiyot sohasida dolzarb bo‘lgan kasalliklar hamda muammolar bo'yicha zamonaviy ma’Iumot, bilimlarga ega bo‘lish va faoliyati davomida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish va bunda xalq tabobati usullarini to‘g‘ri qo‘llash to‘g‘risida zamonaviy tushunchalar berish. Ma’lumki, uzoq tarixga ega xalq tabobati avloddan-avlodga o‘tib, necha ming yillik tajribalar natijasida sayqallandi va bizgacha yetib keldi. Tadqiqotchilar xalq tabobati tarixi insoniyat paydo bo‘lishi bilan tengligini ta’kidlamoqda.130 dan ortiq mamlakatda keng qo‘llanilib kelinilayotgan xalq tabobati 0‘zbekistonda ham aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida tan olinib, uning huquqiy asosi yaratildi. Xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etildi, uning usul va yutuqlaridan samarali, xavfsiz foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratildi, maqsad va yo‘nalishlar belgilandi. Biroq tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hali yetarli emas. Xalq tabobati xizmatini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimi bilan aloqalarini mustahkamlash lozim. Bu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash, xalqaro tajribalami o‘rganish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 12 oktyabrdagi “0‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida'’gi 3968-sonli qarori sogMiqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlaming mantiqiy davomi desak, xato bo‘lmaydi. Mamlakat aholisi o‘zining sog‘Iig‘ini asrashida zamonaviy shifokorlar bilan bir qatorda tabiblarga ham murojaat qilib, ayrim holatlarda ijobiy natijalarga erishayotganligi sir emas. Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan ushbu hujjat aholining zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan foydalanishi bilan bir qatorda, xalq tabobatining ko‘p yillik ko‘nikmalar hamda amaliyotda tasdiqlangan ijobiy yutuqlaridan ham samarali foydalanishlariga keng imkoniyat yaratib beradi. So‘nggi yillarda xalq tabobati yo‘nalishida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarda nazoratning yetarli darajada emasligi, shuningdek, xalq tabobatining zamonaviy tibbiyottizimida tutgan maqomi va roli xususida qator savollar yuzaga kelayotgan edi. Mazkur hujjat shunisi bilan ham ahamiyatliki, xalq tabobati faoliyatini tartibga solish, to‘plangan tajriba va salohiyatdan samarali foydalanish, ushbu sohadagi normativ-huquqiy к bazani shakllantirish harnda xalqtabobatining usullari va yutuqlaridan samarali va xavfsiz foydalanish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida e’tirof etildi. Endilikda xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish bo'yicha faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda amalga oshirilishi va bunda tibbiy ta’lim ma’lumotiga boMgan talab boMmasligi hamda xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar o‘z faoliyatining natijalari bo'yicha tibbiyot xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hajmda javobgarligi belgilandi. Sog'liqni saqlash vazirligi huzurida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etilishi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bilan birga, ushbu qarorda xalq tabobatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Jumladan: xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslaming huquqiy maqomini va ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar oqibati uchun javobgarligini belgilash; xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va mutaxassislar, ulaming ish tajribasi, ko'rsatadigan xizmat turlari haqidagi ma’lumotlami o‘z ichiga olgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish; ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholiga tibbiy xizmatdan foydalanishda ongli ravishda tanlash imkoniyatini yaratish uchun xalq tabobatining ko‘p yillik ko‘nikmalari hamda amaliyotda tasdiqlangan ijobiy yutuqlarini zamonaviy tibbiyotga integratsiyalash orqali uning salohiyatidan foydalanish; xalq tabobati sohasida yetakchi mahalliy va chet el tibbiyot muassasalari hamda sog‘lomlashtirish amaliyot markazlari bilan yaqin hamkorlik qilish asosida xalq tabobati mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish belgilanmoqda. Shuningdek, Respublika tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining “Davolash ishi”, “Pediatriya”, “Tibbiyot-pedagogika” bakalavriat yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlariga xalq tabobati bo‘yicha maxsus o‘quv siklini joriy etish ham nazarda tutilgan edi. Mazkur qaror bilan xalq tabobati bilan shug‘ullanishni tartibga solish maqsadida: 2018 yil 15 noyabrga qadar davlat ta'lim standartlarining talablari asosida xalq tabobati bo'yicha o‘quv dasturini hamda xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan binolarning sanitariya qoidalari me’yorlari va gigienik normativlarini ishlab chiqilishi; 2018 yil 1 dekabrga qadar xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyatni amalga oshirishda ishlatiladigan asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan, tibbiy texnikaga nisbatan minimal talablami belgilash ham nazarda tutilgan. Eng asosiysi mazkur faoliyat turini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlami ishlab chiqilishini belgilanganligi natijasida. Insonga berilgan ne'matlar ichida eng qimmati salomatlik desak, adashmaymiz. Fuqarolarining salomatligi mustahkam davlat esa, albatta qudratli sanaladi. Salomatlik inson hayotining mustahkam poydevori, asosi hisoblanadi. 0‘qish, kasb egallash, baxtli oila qurish, sog‘lom farzandlami dunyoga keltirish, ulami komil inson etib tarbiyalash, oilada, shuningdek jamiyat hayotida o‘z o‘miga ega bo‘lish kabi maqsadlarga erishishning asosiy shartlaridan biri salomat bo'lishdir. Dunyo yaralibdiki, turli tuman kasallik, xastaliklar inson bilan yonma-yon yashaydi. Shuning uchun ham tabobat eng qadim rivojlangan ilmlardan bo‘lib, qadimgi dunyo olimlari uni tabobat san'ati deb ataganlar. Xalq tabobatining bizga ma'lum muddati 5 ming yildan oshadi. Qadim Turon zaminda tabobat eng yuqori cho‘qqilarni zabt etib, bu el tabiblarining dovrug‘i butun olamga yoyilgan. Barcha mamlakatlarda tabiblar otasi deb tan olingan Ibn Sino tomonidan yozib qoldirilgan to‘rt yuz eliikdan ortiq kitoblarda xalq tabobati, o‘simlik!ar dunyosi va ulaming qanday kasalliklarga shifo bo‘lishi haqidagi aniq ma'lumotlar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Xalq madaniyatining o‘ziga xos jihatidan biri salomatlik bilan bog‘liq, ya'ni salomatlikni saqlash, to‘g‘ri ovqatlanish, tan salomatligi bilan ruh salomatligining uzviy bog‘liq!igini ta'minlashdir. Bu bilimlar majmuasi tabobat ilmining asosini tashkil etadi. Afsuski, yurtimizda 1926 yilda sovet hukumati tomonidan tabiblik faoliyati ta'qiqlandi. Tabiblar, tabobat ilmi qatag‘on qilindi. Dunyo miqyosida o‘ziga xos tibbiy maktablari va yo‘nalishlariga ega boMgan davlatlarda zamonaviy tibbiyot bilan birga xalq tabobati ham huquqiy maqomi hamdaqonuniy asosiga egadir. Rivojlangan davlatlarda aholiga salomatligini asrash va tiklashda xalq tabobatidan samarali foydalanib kelmoqda. Masalan, Xitoy, Yaponiya, Koreya kabi o‘nlab mamlakatlarda xalq tabobatiga davlat maqomi berilgan. Xitoyda tibbiy xizmatning 40 foizidan ortig‘i tabiblar tomonidan ko‘rsatiladi. Qanchalik taqiqlarga uchramasin xalqimiz orasida haqiqiy tabiblaring obro‘si, ularga bo‘lgan xalq ishonchi saqlanib qolgan. Chunki tabobatda g‘arb medisinasidan farqli o‘laroq ma'lum bir organni emas, balki yaxlit insonni davolashga e'tibor beriladi. Shuningdek, kasalliklar va insonlaming mijozlariga mos ravishda dorilar va muolajalar tanlanadi. Shuning uchun ham, xalq tabobati yutuqlari asosida arzon, bezarar tibbiy xizmatni joriy qilish va sogMiqni saqiash tizimida muqobil davolash mezonlarini yaratish jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush qoidalarini keng joriy qilish davlatning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham Prezidentimizning «0‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorga asosan, 2021-2025 yillarga moMjallangan 0‘zbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida tan olinib, davlat tibbiy muassasalaridatabobat xonalari faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi (Respublika markazi) va yuridik shaxs maqomiga ega boMmagan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari (Hududiy markaziar) tashkil etiladi. Xalq tabobati markazining asosiy vazifasi qilib o‘zbek xalq tabobatining tarixiy an'ana va o‘ziga xos merosidan foydalangan holda kasalliklaming oldini olish, va davolash, bemorlarga kasallik sabablarini tushuntirish va sog‘lom hayot kechirish asoslarini targ‘ib qilish kabi bir qator asosiy vazifalari belgilab berilgan. Umuman, qarorda xalq tabobati rivoji bilan bogMiq yana ko'plab muhim vazifalar ulaming ijrosi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga topshiriqlar berildi, uning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi. Aholi salomatligini ta'minlash, tibbiy sanitar yordam ko‘rsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ulami davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim o‘rin tutadi. Xalq tabobatining mamlakatimiz tibbiyot tizimida rasman tan olinishi va tabiblarimizning huquqiy maqomi belgilanishi bizning bugungi dunyoqarashimiz, o‘zligimizni anglashimiz, tarixiy merosimizdan samarali foydalanishimiz uchun qonunuy asos bo‘ldi. / Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling