Amaliy mashg’ulot: mavzu : dorivor o’simliklar bilan tanishish: isiriq, sassiq kavrak, bodom, andiz ishning maqsadi


Download 31.34 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi31.34 Kb.
#1003855
Bog'liq
AMALIY MASHG


AMALIY MASHG’ULOT:
1.MAVZU : DORIVOR O’SIMLIKLAR BILAN TANISHISH: ISIRIQ, SASSIQ KAVRAK, BODOM , ANDIZ
Ishning maqsadi:Talabalarni foydali o’simliklar bilan tanishtirish, o’simliklarni muhofaza qilishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar: gerbariylar foydali o,simliklarni rasmlari, leniyka, yangi qazib olingan o’simliklar. O’simliklarning gul, meva va urug’lari, o’simliklardan tayyorlangan dorilar.
Ishning tartibi: Dorivor o’simliklar-odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar — giyohlar. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va is xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urʻugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.
 ISIRIQ (Peganum)isiriqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 60—70 sm. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari kulrang yoki yashil. Gullari sargʻish-oq, shoxining uchida. Mevasi dumaloq koʻsakcha. 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 turi (R. harmala) oʻsadi. Choʻl va yarim choʻllarda, aholi yashaydigan yerlarda, ekinlar orasida va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Tarkibida alkaloidlar (garmin, gar-malin, peganin va b.), yogʻ, boʻyoq va b. moddalar bor. Tabobatda qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq ogʻrigʻi, zaxm)nn davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Urugʻidan jun gazlama va shoyilar uchun boʻyoq olinadi.
Kovrak - (Ferula) turkum selderdoshlar (soyabonguldoshlar)- Apiaceae (Umbelliferae) oilasiga mansub bo‘lib, ko‘p yillik o‘t o‘simligi. Kovrakning yer yuzida 160 dan ziyod turlari, O‘rta Osiyo respublikalarida 104, mamlakatimizda esa 50 turi uchraydi. Smola - yelim olishda sassiq kovrak, Kuhiston kovragi kabi turilari ishlatiladi.
Kovrak respublikamizning Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasining qumli cho‘llar, adirlar, tog‘lar va tog‘oldi yalangliklarda, soz tuproqli yerlarda o‘sadi.
Tabiatda sassiq kovrak (Ferula assa-foetida L.) keng tarqalgan bo‘lib, yelim-smola asosan shu turdan olinadi. Bu Dorivor o‘simlik Tabobatda bemor organizmiga ijobiy taʼsir etuvchi biologik faol modda hisoblanadi. Dorivor vositalar sifatida o‘simliklarning ildizi, bargi, po‘stlog‘i, guli, mevasi, shirasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi.
Kovrakning yelim-smolasi xalq tabobatida o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k-yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Ilmiy meditsinada kovrak yelim-smolasi – “assafetida” nomi bilan kukun, emulsiya va tindirma (nastoyka) holida og‘riq qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, quvvat beruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi va ko‘pgina davlatlar farmokopeyasiga kiritilgan.
Sharq mamlakatlarida Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston kovrak shirasi va ildizi oziq-ovqat sanaotida ziravor sifatida, kosmetika sanoatida attorlik vositalari ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Bodom (Amygdalus L. — raʼnodoshlar (anorgullilar oilasi) ga mansub daraxt va butalar 40ga yaqin turi maʼlum. Osiyo, Shimoliy hamda Markaziy Amerikada, Yevropaning jan.da, Zakavkazye, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda 5 turi mavjud. Ulardan bittasi — shirin magʻizli B. (A. communis L.) ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi. Oʻzbekistonning dengiz sathidan 1000–1200 m gacha boʻlgan togli zonalarida (Fargʻona vodiysi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida) oʻstiriladi.
Botanik tavsifi. Daraxti 6– 10 m, shoxshabbasi piramidasimon yoki tarvaqaylagan. ildiz tizimi yaxshi rivojlangan. Barglari nashtarsimon. Oʻsuv va meva novdalari chiqaradi. Erta bahorda, barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli oq yoki pushti, ikki jinsli. Gʻoyat yorugʻsevar va qurgʻoqchilikka chidamli. Chetdan changlanganda yaxshi hosil beradi. Mevasi (bodomi) pust (pishganda yorilib ketadi) bilan qoplangan qattiq qobikli danak (yongʻoqcha). Iyul—sentabrda pishadi. Bodomi 0,5—4 g (magʻzi 12—80%). Magzi tarkibida 35—67% yogʻ, 30% gacha oqsil moddalar, shuningdek qand, yelimsimon moddalar (achchiq B. tarkibida 2,5% gacha amigdalin) bor. Poʻchogʻi naviga qarab yupqa (gʻalvirak), oʻrtacha va qattiq, magʻzi shirin yoki achchiq boʻladi.
Xoʻjalik ahamiyati. B. asosan, shirin magʻzi uchun yetishtiriladi. B. magʻzi isteʼmol qilinadi, konditer sanoatida, moyi tibbiyotda, achchiq magʻiz B.dan olinadigan efir moyi kosmetika sanoatida, poʻchogʻi likyor, konyak va vinolar rangi va taʼmini yaxshilashda ishlatiladi.
Biologik xususiyatlari. B. 100, hatto 130 yilgacha yashaydi. Koʻchati danakmevalilar (shaftoli, olcha, oʻrik) yoki achchiq B. danagini ekib olingan nihollarga shirin B. navlarini payvand qilish yoʻli bilan yetishtiriladi. Koʻchati kuzda yoki bahorda 8×6, 8×8, 10×10 m sxemada ekiladi. Soz va toshloqi tuproqli, sugʻoriladigan boʻz yerlarda yaxshi usadi. Ekilgan yili 8—10-marta, hosilga kirgach, 4—6-marta sugʻoriladi. Shoxshabbasiga siyrak yarusli, baʼzan kosasimon shakl beriladi. Daraxti 4—5 yildan boshlab meva beradi. 12—15yili toʻliqhosilga kiradi. Bir tupidan 60–80 kg gacha hosil olinadi. Daraxti 20—25° sovuqqa bardosh beradi.
Oʻzbekistonda ekiladigan asosiy navlari. Boʻstonliq — shaftoli bilan chatishtirish natijasida yetishtirilgan. Bodomi 2 g keladi. Poʻchogʻining qalinligi oʻrtacha, magʻzi shirin. Bahorgi qorasovuqqa chidamli. Ertagi — Buxoro bodomini oddiy B. bilan chatishtirib olingan. Erta gullaydi, mevasi iyudda pishadi. Magʻzi shirin. Sovuqqa chidamli. Gʻalvirak (yupqapoʻchoq) — bodomining oʻrtacha ogʻirligi 1,9 g, magʻzi toʻq, erta gullaydi , mevasi avg,da pishadi, sovuqqa chidami oʻrtacha. B.ning Yalta, Kosmos, Nikitskiy 62, Turkmenistan aʼlosi kabi navlari ham ekilmoqda.
Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar tur-kumi. 100 ga yaqin turi bor. A. asosan Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda 9 turi uchraydi. Boʻydor A. (kora A.– I. helenium va sariq A.– I. grandis) turlari koʻproq tarqalgan. Bu turlarning poyalari baland boʻyli (1– 2,5 m), bir oz qirrali, tukdor; ildizpo-yasi (tanasi) yoʻgʻon; barglari butun, cheti notekis, poyaning quyi qismida yirik (uz. 40–50 sm, eni 20–25 sm), yuqorisida esa maydaroq (uz. 10–30 sm, eni 3–12 sm); guli savatcha, gulbandi yoʻgʻon, chetda-gi gullari urugʻchili, oʻrtadagilari esa ikki jinsli, sariq. Iyunning oxiridan sentabr gacha gullaydi. Adir va togʻlarda 500–2000 m gacha balandlikda oʻsadi. Kora A. ildizpoyasi tarkibida 3% gacha efir moyi, 44% gacha inulin, saponin va boshqa moddalar bor. Ildizpoyasining kaynatmasi balgʻam koʻchiruvchi dori si-fatida ishlatiladi. Sariq A. ham ta-bobatda siydik haydovchi dori oʻrnida qoʻllaniladi. Sariq A. ildizpoyasidan esa levulyoza (fruktoza) olinadi. A.ning ba’zi turlari xushmanzarali.
SAVOLLAR
1.O’simlikning hayotiy shakli
2.Ildiz sestemasi
3.Poyaning tuzilishi
2.Bargning tuzilishi
4. Bargning poyada joylashishi
5.Gulining tuzilishi
6.Mevasining tuzilishi
7.Tupgulning tuzilishi
8.O’rug’ining tuzilishi
9.Xalq xo’jaligidagi ahamiyati
O’rganib chiqqan o’simliklarni rasmini chizib, qismlarini,organlarini, raqamlab, nomlarini yozib qo’ying.
Download 31.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling