Pushti katarantus
Download 91.87 Kb.
|
PUSHTI KATARANTUS maqolla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotasiya
PUSHTI KATARANTUS (CATARANTHUS ROSESUS) NI EKISH MUDDATLARI VA MINERAL O‘G‘ITLAR ME‘YORLARINING O‘SIB RIVOJLANISHGA VA HOSILDORLIKKA TA‘SIRI Ergasheva Nargiza Xoljo’ra qizi Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti O’qtuvchisi Annotasiya: Ushbu maqolada Pushti katarantus o’simligining respublikamizda ekish muddatlari ma’dan o’g’itlar me’yorlarning o’sib rivojlanishi ,yetishtirish texnologiyasi va dorivolik xususiyatlari haqida ma’limotlar berilgan. Kalit so’zlar: Dorivor o’simliklar, pushti katarantus, Apocynaceae, ekish muddatlari, mineral o’gitlar meyorlari, poya, barg. Pushti katarantus (pushti bo‘rigul, vinka) - Catharanthus roseus L. Apocynaceae - kendirdoshlar oilasiga mansub tik o‘suvchi, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Balandligi 30-60 sm li poyali doim yashil buta. Ildizi o‘q ildiz, poyasi yumaloq sershox. Barglari bandli, ellipssimon yoki uzunchoq ellipssimon. Gullari pushti rang, yakka tartibli. Mevasi - ikkita bargchadan iborat, urug‘lari qoramtir, burtmali, tuxumsimon. 10000 ta urug‘ning vazni 1,16 g. Pushti katarantus - Catharanthus roseus (L.) G. Don. Apocynaceae - kendirdoshlar oilasiga mansub. 9-10 juft barglar xosil qilsa (60-65 kun) shonalay boshlaydi, 70-75 kunda gullaydi. Yon novdalari 80 - kuni o‘sib chiqadi, 125 kundan keyin mevalari to‘liq pishib yetiladi.Analizlar shuni ko‘rsatdiki, pushti katarantus o‘simligi gulida azot – 1,90%, 0,60% fosfor, 2,7% kaliy va bargida shunga mutanosib – 1,70; 0,65 va 2,80% kaliy tutishi aniqlandi. Pushti katarantus yorug‘sevar, unumdor yerlarga va mineral o‘g‘itlarga talabchan o‘simlik hisoblanadi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan tipiq va o‘tloqi tuproqlarda ekib o‘stirish tavsiya qilinadi. O‘simlik ko‘p yillik bo‘lganligi uchun uni urug‘ini kuzda hamda bahorda ekish mumkin. Urug‘larini issiq xonalarda ekib ko‘chat tayyorlab ham ekiladi. Pushti katarantus o‘simligini haydab ekiladigan ekinlardan bo‘shagan va begona o‘tlardan tozalangan yerlarga ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘simlik ekiladigan yerlarni kuzda tayyorlanadi va haydash oldidan tuproq unumdorligini bir xil holatda saqlab turish maqsadida o‘simlikni o‘sish davrida yaxshi rivojlanishi uchun gektar hisobiga 15—20 tonna mahalliy o‘g‘it va fosfor o‘g‘itini yillik normasini 70% ini berib, 25—27 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo‘yiladi. O‘simlikda 3—4 ta chin barg hosil bo‘lganda har 15—20 sm oraliqdagi har bir uyaga 1—2 tadan o‘simlik qoldirib yagana o‘tkaziladi. O‘simliklarning ildiz tizimiga zarar yetkazmasdan ehtiyotkorlik bilan qator oralariga ishlov berish tavsiya qilinadi. Tuproqning namligi va o‘simlikning rivojlanish holatiga qarab sug‘orishni tabaqalab o‘tkazish lozim. Vegetatsiya davomida katarantus o‘simligini 10—12 marta sug‘oriladi. Pushti katarantus o‘simligini haydab ekiladigan ekinlardan bo‘shagan va begona o‘tlardan tozalangan yerlarga 2021 yil 8,18,28 aprel kunlari ekildi. O‘simlik ekiladigan yerlarni kuzda tayyorlandi va haydash oldidan tuproq unumdorligini bir xil holatda saqlab turish maqsadida o‘simlikni o‘sish davrida yaxshi rivojlanishi uchun gektar hisobiga 15-20 tonna mahalliy o‘g‘it va fosfor o‘g‘itini yillik normasini 70% ini berib, 25-27 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo‘yildi. Erta bahorda begona o‘tlarning ildizlaridan tozalanib, ikki marta borona va mola bostirib yer tekislanadi. Download 91.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling