Pushti katarantus
-jadval Pushti katarantus (Cataranthus rosesus) o’simligini rivojlanishi
Download 91.87 Kb.
|
PUSHTI KATARANTUS maqolla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poya uzunligi (sm) Barglar soni (dona )
- 2-jadval Tajriba tizimi
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1-jadval
Pushti katarantus (Cataranthus rosesus) o’simligini rivojlanishi
Dorivor o‘simliklar uchun o‘g‘it me’yorlarini va o‘g‘it qo‘llash tartibini to‘g‘ri belgilash uchun foydalaniladigan barcha agrokimyoviy, agrotexnikaviy, biologik va tashkiliy tadbirlarning yigindisiga o‘g‘it qo‘llash tizimi deyiladi. O‘g‘it qo‘llash tizimidan kutiladigan asosiy natija tuproq unumdorligini muttasil oshirib borish va ekinlarni o‘suv davrining barcha bosqichlarida oziq moddalari bilan to‘la ta’minlashdir. O‘simlikning xomashyosi barg va novdalarning bargli tana qismlari va 2 mm gacha qalinlikdagi poyalari bo‘lganligi uchun va ulardan yuqori hosil yetishtirish maqsadida birinchi oziqlantirishni shonalash fazasida gektar hisobiga 50 kg azot, 20 kg kaliy o‘g‘iti berish bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi oziqlantirish xomashyosi o‘rilgandan keyin har bir gektar yerga 50 kg azot, 30 kg fosfor va 30 kg kaliy beriladi. Oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi.Umuman mavsum davomida pushti katarantus ekilgan yerlarga 100 kg azot, 80 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantirilsa, yuqori hosil olishga muvofiq bo‘ladi. Pushti bo‘rigul 9—10 juft barglar hosil qilsa (60—65 kun) shonalay boshlaydi, 70—75 kunda gullaydi. Yon novdalari 80- kuni o‘sib chiqadi, 125 kundan keyin mevalari to‘liq pishib yetiladi. o‘simlikning homashyosi barg va novdalarning bargli tana qismlari va 2 mm gacha qalinlikdagi poyalari bo‘lganligi uchun va ulardan yuqori hosil yetishtirish maqsadida birinchi oziqlantirishni shonalash fazasida gektar hisobiga 50 kg azot, 20 kg kaliy o‘g‘iti berish bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi oziqlantirish homashyosi o‘rilgan-dan keyin har bir gektar yerga 50 kg azot, 30 kg fosfor va 30 kg kaliy beriladi. Oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Katarantus ekish usullarini tanlash, mineral va mahalliy o‘g‘itlarni o‘z vaqtida qo‘llash hosil miqdoriga va uning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan hisoblanadi. O‘rganilgan ob’ektda azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘it solish me’yori va muddatlarini o‘rganish maqsadida 9 ta variantlar asosida tajribalar olib borildi. Tajribada o‘rganilgan ob’ektda azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘it solish me’yori va muddatlarini o‘rganish maqsadida tajribalar 9 variantdan va 4 qaytariqdan iborat bo‘lib, 1 yarusda joylashtirildi (2-jadval). 2-jadval Tajriba tizimi
Dala tajribasi O‘zPITI tomonidan tayyorlangan va tavsiya qilingan uslubiy ko‘rsatmalar asosida olib borildi. Barcha variantlar va bo‘lakchalar (delyanka) tajribamizda 1 yarusga joylashtirilgan. Tipik bo‘z tuproqlari sharoitida 9 ta variantdan 4 ta takrorlashda o‘tkaziladi [qatorlar orasi 60 sm uzunligi 10 metr 0.60 x 3 = 1,8 x 10m = 18m2x 9 [9 ta variant] = 162 m2 bitta takrorlanishda x 4= 648 m2 umumiy maydon.] bunda qatorlar soni 8 ta, shundan xar ikki tomonida 2 tadan ximoya qatorlari qoldirildi. Barcha xisoblar kuzatishlar doimo 1 ta joyda ya’ni (aloxida ajratilgan) belgilangan joylarda amalga oshirildi. Shu maqsadda tajribaning birinchi va uchinchi qaytariqlaridan xisob maydonchalari va tipik o‘simliklar belgilandi. 50 dona o‘simlik ajratilib, shu o‘simlikdan xar 15 kunda fenologik kuzatuvlar olib borildi. Katarantus dorivor o‘simligini o‘sish va rivojlanishi har oyning 1 va 15-sanasida xisoblab borildi. Ularga adashmaslik uchun karton qog‘ozidan etiketkalar ilindi, bunday maydonchalar xar qaytariqda 3 ta joyda bo‘lib, xisob-kitob oxirida uning soniga bo‘linib o‘rtachasi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Ashurmetov O.A., To‘xtayev B.YO. Dorivor o‘simliklar introduktsiyasining tarixi, muammolari va istiqbollari // O‘simliklar introduktsiyasi: muammolari va istiqbollari: Respublika ilmiy - konferentsiya materiallari. . –Xiva: XMA, 2003. – B. 12-15. Murdaxaev YU. M. O‘zbekistonda vatan topgan dorivor o‘simliklar. T., Ibn Sino nashriyoti, 1990. Isaqov, T., & Mamatyusupova, R. (2022). MEDICINAL PROPERTIES OF ALOE PLANT. Science and Innovation, 1(7), 623-626. Topvoldiev, T., Mirzayeva, Z. O. K., & Isaqov, T. T. O. G. L. (2021). GROWING BITTER WATERMELON IN UZBEKISTAN AND ITS HEALING PROPERTIES. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1433-1436. Isaqov, T., & Esonova, I. (2022). MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN MEDICINE. Science and Innovation, 1(7), 428-433. Download 91.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling