Pushti katarantus


Download 91.87 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi91.87 Kb.
#1798388
1   2   3
Bog'liq
PUSHTI KATARANTUS maqolla

Olingan natijalar. Urug‘ni 8,18,28 aprelda tuproq harorati 18-25 °C bo‘lganda qator oralari 50-60 sm dan qilib sabzavot ekadigan uskunalarda tuproq yuzasiga 0,5-1 sm chuqurlikda ekildi va gektar hisobiga saralangan urug‘dan 4-5 kg sarflandi. Urug‘ tuproq yuzasiga bir tekis tushishi uchun chirigan go‘ng, qum va boshqa mahsulotlar bilan aralashtirib ekishdi.
Urug‘larni sug‘orish maqsadida ekish agregatlariga okuchniklar tirkab egatlar olindi. Ekilgan urug‘lar tuproq ostida qolib ketmasligi uchun egatlar mayda olindi. Urug‘lar unib chiqqunga qadar jildiratib sug‘orib turildi. Maysalar 20-25 kundan keyin paydo bo‘ldi. Bu subtropik o‘simlik bo‘lganligi sababli tuproq harorati 20-25 °C dan yuqori bo‘lishiga harakat qilish lozim. Maysalar unib chiqishi uchun tuproq yuzasi nam holda saqlanadi.
O‘simlikda 3-4 ta chin barg hosil bo‘lganda har 15-20 sm oraliqdagi har bir uyaga 1-2 tadan o‘simlik qoldirib yagana o‘tkazildi. O‘simliklarning ildiz tizimiga zarar yetkazmasdan ehtiyotkorlik bilan qator oralariga ishlov berish tavsiya qilinadi. Tuproqning namligi va o‘simlikning rivojlanish holatiga qarab sug‘orishni tabaqalab o‘tkazish lozim. Vegetatsiya davomida katarantus o‘simligini 10-12 marta sug‘orildi.
Pushti bo‘rigul 9-10 juft barglar hosil qilsa (60-65 kun) shonalay boshladi, 70-75 kunda gulladi. Yon novdalari 80- kuni o‘sib chiqadi, 125 kundan keyin urug‘lari to‘liq pishib yetildi.
O‘simlikning yer ustki qismi avgust oyining o‘rtalarida meva pisha boshlagan davrda o‘rib olinadi. O‘rib olingan mahsulot shiyponlarga tashib keltirib „Volgar“ uskunasida 3 sm gacha maydalanadi, keyin yopib quritiladi.
Daladagi ona o‘simliklarning balandligi 10-15 sm ga yetganda, nihollarda endigina chin barg shakllandi (10-15 aprel).
O‘simlikni ekishdan keyin yerni yumshatib, begona o‘tlardan tozalab turildi. Bahor oylarida qatqaloq hosil bo‘lganligi uchun ekishdan 4—6 kun keyin yengil yumshatgichlar yordamida ishlandi. Dastlabki 2—3 haftada asosiy e’tiborni maysalar unib chiqqandan keyin begona o‘tlarni yo‘qotish qator oralarini yumshatish va yagana qilishga qaratildi. O‘simliklarni bo‘yi 10—15 sm ga yetganda qator oralarini ishlash bilan birga ularning rivojlanishini tezlashtirish maqsadida o‘g‘itlashni boshladik.
Belgilangan chora-tadbirlar tizimida ekinlarga mineral o‘g‘itlarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor berildi, chunki o‘g‘itlar ekinlar hosildorligini oshirishdagi eng kuchli vositasidir. Lekin ekinlar hosildorligi tuproqqa kiritiladigan o‘g‘itlarning yalpi miqdori bilan emas, balki ulardan oqilona foydalanish hisobiga oshiriladi. Bu o‘rinda o‘g‘it qo‘llash tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.


Download 91.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling