Kreativ fikrlash
Download 466.5 Kb.
|
Kreativ fikrlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar : Kreativ fikrlash , ijodiy fikrlash , inson ongi, ong ostining shakllanish i
1-mavzu. “Kreativ fikrlash” faniga kirish. Reja Kreativ fikrlash kursining dolzarbligi, ijodiy fikrlash kursining maqsadi. Kreativ fikrlash ta’riflari va ko`nikmamalari. Inson ongi va ong ostining shakllanishi, ongni ishlatishning ahamiyati, ongning funksiyalari, ongni chuqur ishlatish tamoyillari, ongni samarali ishlatishning asosiy jixatlari. Chuqur ong prinsipi bilan tanishish. Tayanch tushunchalar: Kreativ fikrlash, ijodiy fikrlash, inson ongi, ong ostining shakllanishi 1.Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va gumanitar fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan (Hennessey va Amabile, 2010 [1]).Demak,kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxs hiroq natijaga erishishga im kon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqdalar (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), 2010 [2]), bu esa, oʻz navbatida, jamoaviy ish boʻlgan innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. 2. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va teng lashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday sh axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega (IHTT, 2017 [3]). Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra, ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunil gan kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlani shiga olib keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari kiradi. Ustiga-ustak, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq (Beghetto, 2010 [4]; Plucker, Beghetto va Dow, 2004 [5]; Smith va Smith, 2010 [6]; Torrance, 1959 [7]; National Advisory Committee on Creative and Cultural Education, 1999 [8]; Spencer va Lucas, 2018 [9]; Long va Plucker, 2015 [10]; Barbot, Lubart va Besançon, 2016 [11]; Barbot va Heuser, 2017 [12]; Gajda, Karwowski va Beghetto, 2017 [13]) (Higgins va boshqalar., 2005 [14]). 3. Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va ikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mutasaddi larga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab boʻladi. PISA dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (matnda keyinchalik IHTT) ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi ikani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir. Soʻnggi yillarda IHTT Taʼlim tadqiqoti va innovatsiyalar markazi (CERI) oʻn bir davlatda kreativ va tanqidiy fikrlashni oʻrgatish va baholash usullari borasida tadqiqot olib bordi1.1 Download 466.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling