Insoniyat jamiyati fazasi


Download 82 Kb.
bet1/4
Sana14.10.2023
Hajmi82 Kb.
#1702145
  1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi sivilizatsiyalarning vujudga kelishi.


Qadimgi sivilizatsiyalarning vujudga kelishi.

Reja:

  1. Insoniyat jamiyati fazasi

  2. O`tish davri: Mezolit.

  3. Neolit sivilizatsiyasi.

  4. Rossiya, Yaponiya va Amerikaning qadimgi sivilizatsiyalari.

Jamiyat tarixining boshlanish va eng uzoq davri agar hisob mezolitdan boshlansa – 10 ming yildan ko`proq (4/5tarixiy vaqtni 4/5) neolit ilk sinfiy jamiyat va antic sivilizatsiyalarni o`z ichiga oladi. undan oldin insoniyat jamiyat arafasi – Homo Sapiens (arxeologik turkumlash bo`yicha-o`z o`tmishdoshi neandertalni siqib chiqargan kromanon) zamonaviy qiyofadagi odamni kirib kelishidan boshlanadi.


Insoniyat jamiyati fazasi
Yuqori paleolit boshlanishi bilan Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika hududlarining katta qismidan muzliklarni chekinishidan keyin zamonaviy odamlarning o`tmishdoshlarining hayot kechirish sharoitlari o`zgardi, qaysiki ular, o`z evolyutsiyalarida 2 mln. yil davomida bir necha bosqichlarni bosib o`tdilar. Bu davrda biosferaning ribojlanishida buyuk voqea yuz berdi: Evolyutsiyaning cho`qqisi, kromanon paydo bo`ldi, keyinchalik bu mavjudotga “aqlli odam” faxriy unvonini berdilar. Uning biologic pasporti: tur-aqlli odam (Homo Sapiens; ba’zida populyatsiya to`g’risida gapirganda Homo Sapiens Sapiens deyishadi).-urug’-odam (Homo). 2 mln. yil oldin odamsimon maymunlarning evolyutsiyasi natijasida shakllangan: oila-gominidlar (Homonidlar);-otryad-primatlar(Primates), hozirgi paytda tirik bo`lgan bizning qarindosh-maymunlar kiradi;
-sinf-sut emizuvchilar (Mamalia), yer sharida ularning hukmronligi 10 mln. yil ilgari, avval yetakchi bo`lgan dinazavrlarning kosmik halokat yoki qandaydir evolyutsion falokatdan keyin boshlandi;
-tip-xordalilar(chordata) ularning o`tmishi 100 mln. yillarga cho`zilib ketadi.
Aqlli Odam Yer sharida biologic evolyutsiya natijasida paydo bo`ldi. Uning asosiy nihoyasi-o`tamurakkab, nozik, bilishning mukammal quroli bo`lgan odam miyasini shakllanishi edi. Har bir tirik jonzot o`zininig sezish organlariga ega, u atrof-muhitda yuz beradigan o`zgarishlarga adaptatsiya qilishga yordam beradi. (Aks holda undagi keskin o`zgarishlarda u yoki bu tur hatto urug’ yo`q bo`lib ketadi). Faqat inson tabiatdan qabul qilingan axborotni qayta ishlash in’omini oldi. Aqliy xulosa qilish, umumlashtirish , atrof-muhitga moslashish va uni o`zgartirish uning alohida unsurlarini o`z ehtiyojlariga moslashtirish qobiliyatiga ega bo`ldi.
Zamonaviy odamni paydo bo`lishi uni gavdasini tuzilishi va hayot tarziga boshqa o`zgarishlar ham yordam berdi: Tik yurish; ovqatga o`simlik va hayvon mahsulotlarini ishlatish, bu ovqatni xilma-xil qildi, odamlarni halokatli vaziyatlarda tirik qolishiga yordam berdi; mehnat qurollaridan foydalanish-boshda ibtidoiy, keyin yana murakkab olovni o`zlashtirish.
Yuzlab avlodlarning tajribalari asosida ijtimoiy hayotning qoidalari ishlab chiqildi, jamiyatni birinchi bo`g’ini sifatida juft oila, hamda urug’ jamoasi (minimal-25, maksimal-200-500 odam) shakllandi. Oilalar o`zlariga eng oddiy turarjoylar qurdilar yoki g’orlarda joyulashdilar. Vaqti-vaqti bilan jamoa hayvonlar podasini harakati orqasidan yurdi; aholi zichligi juda kichik-1 kishi 50-100 km.2ga to`g’ri kelar edi. Bu hozirgi Xorazm viloyati hududida (40 ming km.2 ) yoki Daniyada (44 ming km.2 ) bor yo`g’i ikki ming yoki bir ming kishi yashashi mumkin edi.
O`rta va yuqori paleolit davomida ishlab chiqarish tashkiloti yuzaga keldi, uning asosida yosh, jins taqsimoti va mehnatni oddiy kooperatsiyasi turar edi. Erkaklar baliqchilik bilan, mehnat qurollari tayyorlash bilan shug’ullanar edilar, bu hayvonlarni ov qilish imkoniyatlarini kengaytirar edi. Ayollar terimchilik, ovqat tayyorlash, olovni saqlash, bola tarbiyasi bilan shug’ullanar edilar.
Nutq-so`zlashni rivojlanishi muloqot qilishga, to`plangan tajribani va dastlabki bilimlarni uzatishga yordam berdi. Ibtidoiy san’at paydo bo`ldi-g’orlarda Altamir g’orida (Ispaniya), Lasko g’ori (Fransiyada), Kapova g’ori (Ural), Zarautsoy g’ori (O`zbekiston), Sarmishsoy (O`zbekiston) hayvonlar, ov manzarasi tasvirlari saqlanib qolgan, ibtidoiy diniiy e’tiqodlar-totemizm, anemizm, magiya, dan marosimlari, bag’ishlov marosimlari tarqaldi.

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling