Insoniyat jamiyati fazasi
Download 82 Kb.
|
Qadimgi sivilizatsiyalarning vujudga kelishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`tish davri: Mezolit
Bu davrda ibtidoiy jamoalar Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerikaning bepoyon hududlarida joylashgan edi, K.Yaspers tarixgacha bo`lgan davrning asosiy yakunlarini quyidagilarda ko`radi:
“1. Olov va qurollardan foydalanish unga va boshqasia ega bo`lmagan tirik mavjudotni biz odam deb hech ham bilmas edik. 2. Nutqing paydo bo`lishi hayvonlarning o`zaro bir-birlarini tushunishini o`z hissiyotlarini ichki sabablar bilan ifodalashidan tubdan farq qilgan predmetli dunyoning mazmunini uzatadigan nutqda anglanadigan fikrlash va nutqni ob’ekti bo`lib xizmat qiladigan ifodalash qobiliyati faqat insonga xos. 3. Insonni shakllantiradigan usullar o`z-o`zini ustidan zo`ravonlik qilish, misol uchun tabu vositasi bilan insonning tabiatini o`zida u faqat tabiatni bir qismi bo`lib qolishi mumkin emasligi, uni o`zida jo qilingan, aksincha u oz’ini san’at orqali shakllantiradi. Inson tabiati-bu uni sun’iyligi. 4. Guruh va jamiyatlarning tashkil topishi kishilik hamjamiyatining primatlar tashkil etadigan guruhlar, hukmronlik va bo`ysunish munosabatlaridan asosiy farqi odamlarning uni mazmunan ahamiyatini anglashida bo`ladi…” (63. c. 67-68.) Oqibatda bu vaqt ichida insonning ijtimoiy genotipi shakllandi, qaysiki u nafaqat o`z tirikchiligi va tabiat injiqliklaridan ko`proq mustaqil bo`lishi va mehnat qurollari va texnologiyalarni qo`llashi uchun eng avvalo muloqot vositalari va fikrlarni uzatish, kishilik hamjamiyatlarini tashkil etish. Axloqiy norma va ma’naviiy dunyo, o`zini anglashda ko`rindi. O`tish davri: Mezolit. Mezolitni o`tish davri deb mansubligini qanday asoslash mumkin. Qadimgi Old Osiyo uchun tahminan er. avv. 10-8 ming yilliklar, Shimoliy yillikda Misrda, Dunayda, Bolqonda, sal keyinroq Hindiston vaO`rta Osiyoda yetishtirila boshlandi. Mezolit davrida echkilar, qo`ylar, eshak (oldinroq it), keyinchalik yirik shoxli mollar, cho`chqa madaniylashtirildi. Albatta, yerni suyak va tosh motigalar bilan yerga ishlov berish kam hosilli, qo`lga o`rgatilgan hayvonlar sut, jun, go`sht berar edi. Lekin, bu yirik texnologik to`ntarishning boshlanishi edi. Qaysiki u yangi iqtisodiy ukladning shakllanishiga yordam berdi. Mehnat unumdorligiga qarab jamoa va oilalarni yakuniy tabaqalanishi kuchaydi. Ilgari foydalanilmagan o`tloqlar, ekishga yaroqli bo`lgan yerlarni o`zlashtirish ehtiyoji tug’ildi: urug’- qabilalar o`rtasida yer, o`tloq, podalar uchun urushlar kuchaydi. O`sha davrga tegishli qoyatosh tasvirlarda jang manzaralari bor. Ovchilik qurollari (o`q-yoy, o`qlar, nayza, tayoq) odamlarni o`ldiradigan qurol sifatida foydalanila boshlandi. Dehqonchilik mashg’uloti muqim turmush tarzini talab qildi. Aholi ancha manzilgoh qo`rg’onlarni barpo qila boshladi. Ba’zida devorlar bilan o`ralgan Falastinda (Ierixon), Kichik Osiyoda (Chatalgulok), Suriya va hindistonda (Bahor) kabi qo`rg’onlar paydo bo`ldi. Chorvadorlar yaylovlarning o`t-xashak zahiralarini tugatib boshqa hududlarga ko`chdilar, tabiiyki yangi hududlarda yashab turgan boshqa urug’-jamoalar bilan to`qnashdilar. Er. avv. 8-7 ming yilliklarda Yevroosiyo qabilalari Shimoliy Afrika, Yaqin Sharqning cho`l yaylovlariga ommaviy ravishda ko`chib joylashdilar. (24. T. I. C. 33-34) Insonning ma’naviy dunyosida ham o`zgarishlar ro`y berdi. Dehqonchilik va chorvachilikni o`zlashtirgan jamoalar tabiiy jarayonlarni, o`simliklarni o`stirishning yilliklarini, hayvonlarni o`stirishning ko`p yillik sikllarini bilishni yuqoriroq darajalariga tayandilar. Ovchi qabilalar ham tobora kamayib borayotgan hayvonlarni ov qilishni yangi takomillashgan usullaridan foydalana boshladilar. Yuzaga kelayotgan jamiyatning tuzilishi murakkablashdi, faoliyat turlari ko`paydi (tosh, yog’och, suyak mehnat qurollarini tayyorlash, yerga ishlov berish, mol boqish, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, uy-joy qurilishi va h.k.) va Markaziy Yevropa va Amerikada bir-ikki ming yil keyinroq . Bu vaqtda yirik ekologik halokat yuz berdi. Yerning yashash mumkin bo`lgan qismida o`simlik va hayvonot dunyosi o`zgardi.Yirik hayvonlar kamaydi, asosiy ovqat mahsuloti bo`lgan – ovchilik – unumdorligi past bo`ldi. Mezolitning eng katta yutugi o`q-yoyning kashf etilishi bo`ldi. O`q uchlari, o`qlar, garpunlar, otiladigan kalta nayzalar tayyorlandi. Odamlar baliqchilikda qarmoq va to`rlarni qo`llay boshladilar. Sopol idishlar tayyorlashni o`rgandilar. Ibtidoiy jamoalar oziq-ovqatning yangi manbalarini topish va o`zlashtirish uchun yangi manbalarni qidirishga majbur bo`ldilar, tabiatdan va tabiiy qayta ishlab chiqarishdan o`z qaramliklarini kamaytirishga urindilar. Bu jarayon ming yillarni o`z ichiga oldi, lekin uning natijasida asosiy oziq- ovqatni sun’iy ishlab chiqarishga asta-sekin o`tish yuz berdi. Bu ishlab chiqadigan xo`jaliklar dehqonchilik va chorvachilik edi. Birinchi madaniy ekin tariq edi. Er. avv. 10-8 ming yilliklar oralig’ida don Falastin, Kichik Osiyo, Eronda; er. avv. 6-ming Bu iqtisodiy va jamoa ichidagi munosabatlarni tartibga solishni murakkab, tabaqalashtirilgan, murakkablashtirilgan qoidalarini talab qilar edi. Natijada mezolit davridagi mavjud qarama-qarshiliklarni yengib o`tish natijasida uning bag’rida birinchi sivilizatsiya-neolit tug’ildi. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling