Insoniyat jamiyati fazasi
Download 82 Kb.
|
Qadimgi sivilizatsiyalarning vujudga kelishi.
Neolit sivilizatsiyasi. Sivilizatsiyalar tarixining boshlanishini neolit inqilobi bilan bog’laydilar. Uning asosiy mazmuni o`simliklarni tasodifiy o`stirishdan va yovvoyi hayvonlarni ayrim hollardagina qo`lga o`rgatishdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam, maqsadli yo`naltirilgan holda dehqonchilik va chorvachilik asosida rivojlantirishiga o`tish edi.
Bu ibtidoiy odamlarni turmush tarzini tubdan o`zgartirgan bir necha ming yilliklarni qamrab olgan chuqur to`ntarish edi. Uch ming yil ichida odamning o`zi kam o`zgardi. Lekin oila va ibtidoiy jamoa tirikchilikni barqaror manbalariga ega bo`ldilar. Inson imkoniyatlari ham kengaydi. Odam ovqatga ishlatadigan tabiat mahsulotlari miqdori o`sdi; mehnat qurollari, buyumlarning turli xillari qo`llanila boshlandi. Ishlab chiqarish kuchlari progressi, ishchining mohirligining o`sishi ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida mumkin bo`ldi. Asosan jins-yosh mehnat taqsimotiga asoslangan faoliyatning asosiy turlariga (ovda, termachilikda, baliqchilikda) asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadigan aholiga bo`lindi. Dehqonchilik va chorvachilikda yanada murakkab bo`lgan mehnat qurollari paydo bo`ldi, orttirilgan malaka va ko`nikmalar avloddan-avlodga uzatildi. Oziq-ovqat va boshqa to`kiladigan narsalar, don, urug’larni saqlash uchun sopol idishlar kashf qilindi. Ikkinchi mehnat taqsimoti natijasida to`qimachilik dastgohi, teriga ishlov berish qurollari, tikuvchilik kashf qilindi. O`troq hayotni talab qilgan dehqonchilik jamoalarni, aholini ko`payishi himoya devorlari bilan o`rab olingan qo`rg’onlarni bunyod qilinishiga olib keldi. Bu qo`rg’onlarda yuzlab uylar, ustaxonalar sig’iniladigan inshootlar mavjud edi. Shunday neolit manzilgohlari Old Osiyo, Yaqin va O`rta Sharqda tanilgan. Qurilish, mehnat qurollari yasash bilan alohida odamlar shug’ullana boshladilar. Shunday qilib ijtimoiy mehnatning uchinchi taqsimoti-hunarmandchilikning ajralib chiqishi yuz berdi. Jamiyat tuzilmasining murakkablashuvi, tabiat sikllarini kuzatish uchun ekin ekish, hosilni yig’ishtirish muddatlarini aniqlash, turli mashg’ulotlar o`rtasida mehnatni taqsimlash (ayniqsa dehqonchilik va chorvachilikni mavsumiy bo`lgani uchun), bu mashg’ulotlarni marosim va diniy sig’inishlar bilan birga olib borish, jamoani qo`shni jamoa va yovdan himoya qilish uchun bo`lgan zaruriyat to`rtinchi yirik mehnat taqsimotiga-yo`lboshchilar, jangchilar va kohinlarga ajralishiga olib keldi. Iqtisodiy munosabatlarda yirik siljishlar yuz berdi. Ovchilik, baliqchilik, terimchilik uchun tabiiy boyliklar hech kimniki bo`lmay, mulkchilik ob’yekti emas edi. Jamoa ovchilik hududlariga o`z egaligini mustahkamlshga harakat qilsada, lekin uning chegaralari shartli edi, u jamoalarni yangi boy hududlarga yovvoyi hayvonlarning harakati tez-tez ko`chish bilan o`zgarib turar edi. Ekishga, ishlov berishga yaroqli bo`lgan hududlarni, poda uchun yangi o`tloqlarni o`zlashtirish va foydalanish uchun ko`p yillar kerak edi. Yangi-yangi yer maydonlari o`zlashtirildi, jamoa yanada ko`proq ishlab chiqarish vositalariga, tabiiy resurslariga o`z mulki sifatida qaray boshladi. Neolit sivilizatsiyasida jamoa mulkchiligi teng taqsimot ustuvor edi. Oila va jamoalar ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi mashg’ulotlarning malum bir turlariga ixtisoslashdilar. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi mehnat mahsulotlari bilan jamoani ichida, boshqa jamoalar bilan ayirboshlashni ko`payishiga olib keldi. Er. avv. 4-ming yillikdayoq neolit sivilizatsiyasining kuch-qudratini tugash belgilari paydo bo`ldi, navbatdagi davr-eneolit boshlandi. Eneolit (mis-tosh asri) davrida yetakchi metall, dastlab mis, oltin, keyin jez paydo bo`ldi. Tosh qurollar, hatto eng mukammal (mikrolitlar) tayyorlanishda juda mehnattalab va turli xil murakkablashgan ehtiyojlarni qondirish uchun qo`llashda yetarlicha ishonchli emas edi. Tajribalar ko`rsatdiki, foydalanilayotgan sof metallar oltin, misni qo`llash qulayroq, mustahkam, qayishadigan, ularga istalgan shaklni berish, turli metallarni qo`shish mumkin. Qo`rg’oshin va misni qo`shib-jez (bronza) hosil qilish mumkin. Lekin mis, qo`rg’oshin, oltin konlari kam uchraydi; eneolit davrida ko`pgina qabilalar ulardan foydalanish imkoniyatiga ega emas edilar. Bu foydalanishga yaroqli yerlarda aholi zichligini o`sishiga, aholini o`sish su’ratlarini kamayishiga olib keldi. Ba’zi ma’lumotlarga ko`ra er.avv. 5000-yilda o`sish 0,9 kishi, bir yilda ming kishiga to`g’ri kelsa, aholining umumiy soni 30 mln. kishi. Er. avv. 2000-yilda o`sishning o`rtacha yillik surati 4,5 marta-0,2 kishigacha, aholi soni 3-ming yil davomida bor yo`g’i 20 mln. ga ko`paydi. Hosildor yerlar metalga boy hududlarni bosib olish uchun ko`p sonli urushlar olib borildi. Eneolit davrida texnologiyada iqtisodiy-ijtimoiy hayotda tushkunlik yuz berdi. Jamiyat tamoman yangi materiallar (jez) ni, texnologiyani kashf qilish va o`zlashtirish xususiy mulkchilikga o`tish zaruriyati alohida turar edi, bu sinflar va davlatning paydo bo`lishiga olib bordi. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling