Shaxsning shakllanishi va uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar
Shaxs kishining hayot kechirishi sharoitlarida, faoliyati, mehnat qilishi, o‘qish jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanishi jarayonlarida guruh va jamoalarda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya yetakchi o‘rin egallaydi. Shaxsning shakllanishi ikki xil ma’noda qo‘llaniladi:
1. Shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish jarayoni va uning natijasi ekanligi. Bu ma’no shaxs shakllanishiga psixologik yondashuv hisoblanadi. Uning vazifasi biror maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta’sirlar o‘tkazish sharoitida rivojlanayotgan shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud bo‘lgan, tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan, namoyon bo‘ladigan) va nimalar bo‘lishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Psixologiya ma’lum jamoadagi konkret insonlarda shaxsiy fazilatlar shakllanganligining boshlang‘ich darajasini, ma’lum ta’sirlarning natijasini, nimalar shakllandi-yu, nimalar vazifa bo‘lib qolganini, qaysi o‘zgarish bola shaxsining shakllanishiga samarali ta’sir etdi yoki samarasiz bo‘lganini, qanday qiyinchiliklarga duch keldi-yu, qanday yutuqlar bo‘lgani va boshqalarni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |