55. E’tiqod deb nimaga aytiladi?
a) shaxsning ongli yo‘nalishini belgilab beruvchi, o‘z qarashlari, prinsiplari, dunyoqarashiga mos tarzda yashashiga imkon beruvchi xususiyatlar yig‘indisiga;
b) kishining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish yo‘lida qilgah harakatlariga;
c) kishining nimagadir e’tibor bеrishga, prеdmеt yoki hodisani bilishga intilishiga;
d) insonning xulq-atvorini, faolligini tushuntirib bеruvchi psixologik sabablar yig‘indisiga.
56. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rsating.
a) o‘qituvchi va tarbiyachilar jamoasi, ota-onalar, qarindoshlar;
b) irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollik;
c) oila, mahalla jamoasi, muhit, maktab jamoasi;
d) katta va kichik, referent guruhlar.
57. Sharq mutafakkirlari talqinida Komil inson tarbiyasi dunyoqarash va e’tiqod ustuvorligiga ko‘ra izohlanadi. Dunyoqarash nima?
a) tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan, shaxsni ma’lum qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlovchi tasavvurlar va g‘oyalar majmui;
b) shaxsning shaxsligini ma’naviyatini ko‘rsatuvchi motivlar yig‘indisi;
c) ijtimoiylashuv darajasi
d) kishining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish yo‘lida qilgah harakatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |