" Tasdiqlayman " O`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari
Download 66.31 Kb.
|
зыш-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motivatsiya
Motiv va motivatsiya
Ehtiyoj asosida odamda faoliyatning motivlari, ya’ni muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq ichki turtki kuchlar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, motiv odamni faoliyatga undovchi sababdir, maqsad esa odamning nimagadir intilishi, muayyan ishni bajarishidir. Maqsad hamisha ham motiv bilan mos kelavermaydi. Ammo odamning maqsadi faoliyatning motiviga aylangan taqdirdagina muhim omil bo‘la oladi. Bunda odamda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani mumkin qadar yaxshiroq bajarishga intilish paydo bo‘ladi. Bu esa uning ehtiyoji bo‘lib qoladi. Bu sistemada maqsadlardan biri eng yaqin, boshqalari olisroq maqsadlar hisoblanadi. Faoliyat motivlari xuddi shu singari eng yaqin yoki qisqa muddatli va olis motivlar bo‘ladi. Agar odam faqat qisqa vaqtga mo‘ljallangan motivlar bilan ish ko‘rsa, uning faoliyati istiqbolga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa odamning qiziqishlari cheklanganligidan yoki unda zarur prinsipiallikning yo‘qligidan dalolat beradi. Eng yaqin motivlargagina amal qilgan holda ish tutuvchi kishilarning odatda o‘z oldilariga qo‘yadigan maqsadlari ham yengil bo‘ladi. Bu toifa odamlar katta qiyinchiliklarni yengishga odatlanmagan bo‘ladi. Olisni ko‘zlab ish ko‘ruvchi odam yaqin maqsadlarga o‘z faoliyatining bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi zarur bosqich, pog‘ona sifatida qaraydi. Qiyinchiliklar bunday odamlarni ishdan voz kechishga unday olmaydi, ayrim muvaffaqiyatsizliklar bunday kishilarning o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirishlarini susaytirmaydi, balki kuchaytiradi, xolos. Faoliyatning amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushunchalari ishlatiladi.
Download 66.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling