" Tasdiqlayman " O`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari
Download 66.31 Kb.
|
зыш-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy ehtiyojlar
2. Ijtimoiy ehtiyojlar bu madaniy, moddiy, ma’naviy, mehnat qilish, bilish, estetik ehtiyojlardir. Ehtiyojlar ikki gu ruhga bo‘linishiga qaramasdan shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni ular o‘sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi (kundalik ovqatlanish, to‘ydagi ovqatlanish).
Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‘g‘risida mulohaza yuritilganda, uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan uzviy bog‘lanib ketishini ta’kidlab o‘tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi, chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Shu bois madaniy ehtiyojlar obyektiga tabiiy ehtiyojlarni qondiruvchi uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan bog‘lanish vositalari, madaniy aloqalar o‘rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o‘qish va tajriba orttirish yo‘llari kiradi. Psixologiya fanida ehtiyojlar o‘z xususiyatiga ko‘ra moddiy va ma’naviy turlarga ajraladi va ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai ham turlicha ekanligi e’tirof etiladi. Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyga ega bo‘lish, maishiy turmush ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish bilan bog‘liq madaniy-maishiy buyumlarga ehtiyoj sezishi moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma’naviyatni yaratish va o‘zlashtirish, shaxsning o‘z fikr-mulohazalari va his-tuyg‘ulariga binoan boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishi hamda axborot almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishish, mahalliy matbuotni o‘qish, kino va teatrga borish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya’ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma’naviy ehtiyojlar tizimini yuzaga keltiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, vujudga kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayonini moddiy ehtiyojlarning tarkibiga kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, kitob, yozuv qog‘ozi va boshqalar. Insonda madaniy va ma’naviy ehtiyojlar turmush tajribasining ortishi, bilim saviyasining kengayishi, maxsus mashqlar egallanishi, ijtimoiy hayot qoidalariga uzluksiz ravishda rioya qilishi, narsa va hodisalarga munosabatining o‘zgarishi tufayli rivojlana boradi. Odam tobora kamolga yetgan sayin uning oldida yangicha talablar ko‘ndalang qo‘yiladi, ularni bajarish esa ehtiyojning yangi, nisbatan murakkab, mohiyat jihatidan teran xususiyat kasb etuvchi shakllarini vujudga keltiradi, ularning qondirilishi esa tuzilishga ega vositalarni taqozo etadi.
Download 66.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling