Bolalar:
May.
Tarbiyachi:
Bolalar bilamizki har oyda bizda mavzuyimiz bor. Menga aytingchi may oyining mavzusi nima?
Bolalar:
Buyumlar, asbob-anjomlar.
Tarbiyachi:
Bolalar bu hafta mavzuyimiz “Idishlar”.
AKT da ma’lumot idishlar haqida
D am olish daqiqasi:
Baliq bo’lib suzamiz,
Quyon bo’lib sakraymiz.
Ayiq bo’lib yuramiz,
Endi qarsak chalamiz.
AKT da “Uch ayiq” ertagi:
Markazlarda faoliyat.
San’at markazi.
Loy ishi: “Choynak”.
Maqsad: Tarbiyalanuvchilar loyning xusuiyatlarini biladilar loy ishida tanish metodlardan foydalanadi. Bir bo’lak loydan choynak yasaydilar. Bolalarning qo’l matorikasini rivojlantirish. Rang va shakllar haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Kerakli jihoz: Loy yoki plastilin, taxtacha, salfetka, o’yinchoq idishlar, na’muna.
Faoliyatning borishi:
O’yinchoq idishlarni kuzatish.
2-3 xil na’muna bilan tanishish (likopcha, payola, choynak).
Bolalarning ish faoliyati.
Rag’batlantirish.
Qo’shimcha qism:
Yasagan idishlarini o’yinchoqlariga berishni taklif etish.
E’tiborga moliq jihati:
I dish-tovoqlar haqida tushunchalarini kengaytirish
San’at markazi.
Aplikatsiya: “Choynak”
Maqsad: Bolalarni rangli qog’ozlardan foydalanib choynak yasashga o’rgatish, ularning tasavvurlarini, qobilyatlarini rivojlantirish. Bolalar doira shaklini o’rganadilar, qiziqishlari ortadilar. Choynakka nimalar quyish mumkinligini biladilar.
Kerakli jihozlar:
Rangli qog’oz, oq qog’oz, yelim, salfetka, na’muna.
Faoliyatning borishi:
Idishlarni tomosha qilish.
Aplikatsiya uchun material tanlash va ishga tayyorgarlik.
Bolalarning samarali faoliyati.
Rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |