# O’qitish jarayoni vazifalarni belgilang...
- Ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
- Ta’limiy, tashkiliy va rivojlantiruvchi
- Ta’limiy, tarbiyaviy va tashkiliy
- Shakllantiruvch, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
# O’qitish jarayonining ta’limiy vazifasini aniqlang.
- O’quvchilarda bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O’qitish natijasi sifatida bilimlarining to’liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir
- Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o’z ifodasini topadi
- O’quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsionalirodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o’z aksini topadi
- O’qituvchi va o’quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo’lib, bu jarayonda o’quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi
# O’qitish jarayoni bosqichlarini aniqlang.
-1) o’zlashtirilishi lozim bo’lgan materialni idrok etish; 2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo’lishi; 3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishi; 4) hosil qilingan ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash (kompetentsiyalarni tarkib toptirish)
# Ta’lim qonuniyati deganda nima tushuniladi
- Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’yektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi
# Ta’lim tamoyillari deb nimaga aytiladi?
- O’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang’ich qoidalardir
#“....o’quvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko’lami tushiniladi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
- Ta’lim maqsadi
Do'stlaringiz bilan baham: |