” yo‘nalishi 204-guruh talabasi


Download 202.69 Kb.
bet1/11
Sana17.06.2023
Hajmi202.69 Kb.
#1530264
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
” yo‘nalishi 204-guruh talabasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNVERSITETI

_________________________________________” yo‘nalishi


204-guruh talabasi
Xurramova Azizaxonning
Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan
Hol va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi” mavzusidagi

KURS ISHI



Ilmiy rahbar: __________________
Farg‘ona - 2023

MUNDARIJA:

Kirish................................................................................................................3

Asosiy qism:
1. Hol va uning maqomi………………………………………………….....5
2. Hol - grammatik kategoriya sifatida…………………………………......13
3. Hol sintaksis kategoriya sifatida..............................................................20
4. Holning ifodalanishi..................................................................................22
Xulosa………………………………………………………………….........26

Foydalanilgan adabiyotlar.................................….......................................30



Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Gapning kesimidan anglashilgan harakatning belgisini bildiruvchi gap bo‘lagiga hol deyiladi. Hollar “qanday?”, “qanday qilib?”, “qay holda (tarzda?)”, “qachon (-gacha,-dan, -dan buyon)?”, “qayer (-da), -ga,-dan?)”, “nima sababdan?”, “nima maqsadda?” kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Hol doimo fe’l kesimga bog‘lanadi. Masalan, Quyosh ko‘kdan mo‘ralab qarar gapida qarar so‘ziga mo‘ralab so‘zi bog‘lanib, undan anglashilgan harakatning tarzini, ko 'kdan so‘zi qarar so‘ziga bog‘lanib, uning o‘rnini bildiradi. Ba'zan hol ot kesimlarga ham bog‘lanishi mumkin. Bunday vaqtda hol ot kesimdan anglashilgan predmetning o‘rnini bildiradi. Masalan, Andijonda o‘t yoqsam, O‘shda tutuni.
Ayrim paytlarda hol kesim vazifasida kelmagan fe’llarga ham bog‘lanishi mumkin. Hol bog‘lanib kelgan fe’lning kesim vazifasida kelishi yoki kelmasligiga ko‘ra hollar xuddi to‘Idiruvchilar kabi mustaqil va nomustaqil hollarga bo‘linadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog‘lanib kelgan hollarga mustaqil hollar deyiladi. Masalan, Dalalarda boshlanadi ish. (H.Olimjon) Bu gapda qayerda so‘rog‘iga javob bo‘luvchi dalalarda o‘rin holi nima qiladi? nima bo‘ladi? so‘roqlariga javob bo‘luvchi fe’l kesimiga tobe bog‘lanib kelyapti. Shuning uchun bu hol mustaqil holdir.
Kesim vazifasida kelmagan fe’llarga tobe bog‘langan hollar nomustaqil hol hisoblanadi. Masalan, Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. Bu gapda qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘lib hol vazifasida kelayotgan daladan bo‘lagi kesimga emas, balki aniqlovchi vazifasidagi charchab kelgan bo‘lagiga tobe bog‘lanib kelyapti. Shuning uchun bu hol nomustaqil hol hisoblanadi.
Hollar o‘zi bog‘lanib kelgan hokim bo‘lakning qanday belgisini bildirishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) ravish holi;
2) o‘rin holi;
3) payt holi;
4) sabab holi;
5) maqsad holi.

Download 202.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling