” yo`nalishi bosqich guruh talabasi


Download 240.34 Kb.
bet1/6
Sana21.03.2023
Hajmi240.34 Kb.
#1285752
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
referat 1 tayyor





O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
­­­­___________________ ” FAKULTETI
___________________ ” YO`NALISHI
____-BOSQICH _______-GURUH TALABASI
_____________________________ ning
______________________________________ ”
FANIDAN
REFERAT
MAVZU:_________________ ______________________________________

Tayyorladi:__________________________


Qabul qildi:__________________________
1917-yil siyosiy jarayonlarida Turkiston. Turkiston Muxtoriyati milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi.


Reja:

  1. Rossiyadagi 1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobi, uning Turkistonga ta’siri.

  2. Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.

  3. Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi.

  4. Turkistonda sovet tuzumiga qarshi harakatining boshlanishi, uning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari.

1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilob g’alaba qozonib, Rossiya imperatori Nikolay II taxtdan ag’darib tashlandi. Bu inqilob Turkiston o’lkasiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Xususan, Turkiston jadidlari, ziyolilari va islom ulamolarining tashabbuslari bilan 1917 yil martida “Sho’roi Islomiya”, 1917 yil iyunida “ Sho’roi Ulamo”, 1917 yiliyulida “Turk Adami Markaziyati” (“Turk federalistlari partiyasi”), 1917yil sentyabrda “Ittifoqi muslimin” kabi siyosiy partiyalar tuzildi.1917 yil 7 aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan N.N.Shchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti tuzildi.Ammo, 1917 yilning aprel va sentyabr oylarida bo’lib o’tgan Butunturkiston musulmonlarining I va II qurultoylari Turkiston Muxtoriyati tashkil etish g’oyasini ilgari surib, hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. 1917 yil 20 sentyabrida Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston va Qozog’iston musulmonlarining qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o’lkasining siyosiy tuzumini belgilash edi. O’sha davrdagi manba tili bilan aytganda “Qurultoy... Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi”. Qurultoy muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni quyib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo’lg’usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me’yorlarini belgilab berdi. Afsuski, bu rejalar amalga oshmadi. 1917 yil 25 oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar (kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag’darib tashlab, hokimiyatni zo’ravonlik bilan egalladilar. Toshkent shahrida 28 oktyabrda boshlangan qurolli to’qnashuvlar 1 noyabrda Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasini qamoqqa olish bilan yakunlandi. Turkiston bolsheviklari o’lkadagi butun hokimiyatni qo’lga olish uchun shafqatsiz kurashga kirishdilar. Demokratik kuchlar esa bu holga qat’iy norozilik bildirdilar. 1917 yil 13-17noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan shahar o’z-o’zini boshqarish tashkilotlarining Turkiston o’lka s’ezdi qatnashchilari hokimiyatni to’laligicha bolsheviklar qo’liga o’tishiga keskin qarshilik ko’rsatishdi. S’ezd hokimiyat masalasiga oid quyidagi rezolyutsiyani qabul qildi: “ Turkistonda hokimiyatni ishchi, dehqon va soldat deputatlari qo’liga o’tishi bilan hokimiyat masalasidagi munozara shunday xulosaga keldi:


1.Rossiya inqilobi ko’targan xalqning ozodligi, tengligi, do’stligi shiorlari ostida Turkiston aholisining 98 foizini tashkil etuvchi, 10 mln. sonli musulmon aholisi milliy-madaniy o’z-o’zini boshqarishning barcha huquqlariga ega;
2.Musulmonlarining o’z taqdirini o’zi belgilash va umuminsoniy taraqqiyotiga bo’lgan qiziqishi Qur’on va Shariat qonunlaridan o’zgacha bo’lishi mumkin emas. Musulmonlar inqilob natijasida qo’lga kiritgan huquqlarni amalga oshirar ekan Rossiyadagi siyosiy partiyalarning birontasi tarkibida faoliyat ko’rsatishi va ularning partiyaviy kurashlarida qatnashishi mumkin emas. Lekin, Rossiya fuqarolari bilan umumiy jamiyat manfaatlarini hisobga olib mamalakatni Ta’sis majlisiga olib boruvchi hokimiyatni qo’llab-quvvatlashi maqsadga muvofiqdir;
3.Butun Rossiya doirasida hokimiyat qanday tuzilishidan qat’iy nazar musulmonlar o’z taqdirini o’zi belgilash huquqlarini mahalliy sharoitni yaxshi bilgan, musulmonlarning urf-odatlari va yashash sharoitlari bilan yaxshi tanish bo’lgan, xalqning hohish irodasiga ko’ra yangicha hayot tartiblarini joriy qila oladigan kishilardan iborat mahalliy hokimiyat orqali amalga oshirishlari mumkin. Shuning uchun mahalliy hokimiyat birinchi navbatda musulmon vakillaridan, ma’lum miqdorda boshqa siyosiy tashkilotlarda faoliyat ko’rsatuvchi, lekin musulmonlarga xayrixoh bo’lgan vakillardan tashkil topishi kerak;
4.Hokimiyatni mahalliy aholi manfaatlari uchun tasodifiy va begona bo’lgan harbiylar, ishchilar va dehqon(krestyan)larning mayda guruhlari qo’lidagina to’planib qolishi demokratik printsiplarga mos emas va mahalliy aholini o’z taqdirini o’zi belgilash yo’lidagi erkin harakatlariga kafolat bera olmaydi.

Download 240.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling