Kim yaxshi, kim esa yomonotliqmiz
Download 9.31 Kb.
|
VAQT QADRI
VAQT QADRI Oltindan qadrli, javhardan qimmatli bir narsa bor bo'lsa, u ham bo'lsa vaqtdir. Vaqt bizning har turli ishni qilishga kuchimiz yetadigan fursatdir. Bir soatning bekor o'tgani - ixtiyorimizda bo'lgan fursatning zoye bo'lganini bildiradi. Holbuki, shu fursat ichida foydali ishlarga ixtiyorimiz bor edi. Fursatni g'animat bilgan odam vaqtidan unumli foydalana oladi. Vaqt qadrini bilgan odam havoyi nafsdan tiyila oladi. Vaqt qadrini bilgan odam buyuk bo'lishga haqlidir. Aqlsizlikning eng yomon ko'rinishi - vaqtni bekor o'tkazishdir. Shoir aytganidek: Garchi piyodamiz, garchi otliqmiz, Kim yaxshi, kim esa yomonotliqmiz. Qanchalar fursatni o'tkazdik zoye, Allohning oldida yomonotliqmiz... Miqdori ko'p narsa qadr-qiymatini tez yo'qotadi. Har bir musulmon uchun vaqt eng qimmat tushunchadir. Ammo aql egalari uchun vaqt hech qachon qadrsizlanmaydi. Yuz yil qancha qimmatga ega bo'lsa, soat yoki daqiqaning qadri ham shu kabidir. Vaqt odamiga qarab eng qimmat yoki eng arzon matohdir. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom: "Ikki narsa borki, ko'pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri - sog'lik, ikkinchisi esa - bo'sh vaqt", deb marhamat qilganlar. Kishi umrining hamma soatlarini, hattoki daqiqalarini foydali va sog'liqqa muvofiq mashg'ulotlar bilan to'ldirishi kerak, toki qayg'u-alam bosh suqadigan bo'sh joy qolmasin. Odamlarning o'zaro muomalalarida "bo'sh vaqt" degan ibora tez-tez tilga olinadi. Aslida vaqtning ham isrofi bo'lib, vaqtning isrofi bu - umrning isrofidir. Umr behuda sarf bo'ldimi, demak odam yaxshi ishlarni amalga oshira olmabdi. Insonlar uchun, jamiyat uchun foyda bermabdi. Vaqtning isrofi xuddi mevasiz daraxt kabi umr kechirishdir. Vaqtdan oqilona foydalanishni hamma o'zicha belgilaydi. Birov kitob o'qishni yaxshi ko'rsa, yana boshqasi sportdan bahra oladi. Olimlarimiz: "Vaqt hayotdir. Inson hayoti esa uning tug'ilgan vaqtidan toki vafot etgunicha yashab o'tadigan vaqtidir. Eng yaxshi vaqt, hayotini manfaatli ishlar bilan to'ldirgan odamdir", deganlar. Hasan Basriy hazratlari shunday degan ekanlar: "Ey odam bolasi, sen tashkil topgan kunlardan iboratsan. Sen uchun bir kuningni ketishi, umringni bir qismi ketishi demakdir". Bu yorug' dunyoda inson umri qanchalik uzun bo'lmasin, modomiki o'lim har tiriklikning nihoyasi ekan, baribir u qisqadir. Nuh alayhissalom ming yildan ortiqroq umr ko'rganlaridan keyin u kishini jonlarini olish uchun o'lim farishtasi kelib: "Ey payg'ambarlarning eng uzun umr ko'rgani, siz dunyoni qanday tushundingiz?", deb so'radi. Shunda Nuh alayhissalom: "Bu dunyo go'yoki bir hovlining ikki eshigi bo'lib, ularning biridan kirib, boshqasidan chiqib ketdim", degan ekanlar. Bizning "vaqt o'tmoqda" degan o'yimizda ozgina xatolik bor, vaqt emas, o'zimiz o'tib boryapmiz. Aslida yomonlikning eng katta alomati bu - vaqtni zoye ketkazishdir. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam: "Vaqt bir qilich kabidir, agar sen uni kesmasang, u seni kesadi", deb marhamat qilganlar. Xulosa o'rnida Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuning aytgan so'zlarini keltirmoqchimiz: "Men bir kunning quyoshi botib, ajalim bilan oramizdagi masofa qisqarib, o'sha kunlik yaxshi ishlarim ko'paymaganiga qilgan pushaymonimdek qattiq pushaymon qilmadim. Agar kun o'tgan va men o'zimni Allohga yaqin qiladigan ilmimni ziyoda qilmagan bo'lsam, shu kunning chiqqan quyoshi men uchun barakali bo'lmagandir", degandilar. Har nafasimiz, har kunimiz uchun Allohga shukur qilib, uni qadriga yetaylik. Chunki bu vaqt barchamiz uchun omonatdir. Nodir Ma'diyev Peshku tuman "Xo'ja Ro'shnoiy" jome' masjidi imom xatibi... Download 9.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling