“Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi”
Download 25.91 Kb.
|
вакт кадри
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi”
- “Vaqting ketdi, baxting ketdi”.
“Inson hayotidagi vaqt nima, uning mohiyati nimada?” degan savollarga donolar shunday javob beradi: "Vaqt - go'yo hayot kiyimi to'qiladigan iplar bo'lib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz hamda bebaho bo'ladi". Agar iplar sifatsiz va to'zigan bo'lsa hayot ham tuban, mazmunsiz kechadi. Vaqtning yana bir xususiyati - agar u o'tib ketsa, qaytib kelmaydi. U inson sarf qiladigan asosiy dastmoyadir. Qanchalik ko'p bo'lsa ham ozdir. Barakali bo'lsa, ko'p. Shu bois ham inson o'z hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli hamda barakali foydalanib, uni yaxshi amallar qilishga sarflashi vojibdir. Islom ta`limoti yalqovlik, loqaydlik, kabi illatlardan uzoqda bo'lishimizga amr qiladi va har kuni erta turishga, xayrli amallarni qilishga hamda yoshlik, sihat-salomatlik, bo'sh vaqtni g'animat bilishga chorlaydi. Ulug' ajdodlarimiz kunlarini, vaqtu soatlarini foydali ish qilishga, go'zal ahloqiy va ilmiy darajalarga yetishish yo'lida sarflashga urinar edilar. Shuning uchun ham ularning bugunlari kechagisidan, ertangi kunlari bugungisidan a`lo bo'lardi. Ular: “Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi”, - degan hikmatli so'zga amal qilishgan. O'tayotgan kunimiz, vaqtimizdan ibrat olmog'imiz lozim. Zero, kecha va kunduz yangilarni eskirtiradi, uzoqlarni yaqin qiladi, umrlarni qisqartiradi, yoshlarni qaritadi, keksalarni boqiylik sari yetaklaydi. Dono xalqimizda bir maqol bor, unda shunday deyiladi: “Vaqting ketdi, baxting ketdi”. Ha, vaqt go'yo ulug' omaddir. Farzandlarimizniing ta`lim-tarbiyasiga e`tiborimizni kuchaytirib, ta`lim dargohlarida olayotgan bilimini tekshirib turish lozim. Farzandlar maktab, kollej va oliy o'quv yurtlariga borib kelay deganda ota-onasi kelajagi mevasi bo'lmish jigarbandini oldidan duo qilib kuzatadi. Ayrim farzandlar inson hayotidagi vaqtini g'animat bilmasdan bilim olish o'rniga turli xil internet klublarga borib vaqtini isrof qilib bormoqda. Muhtaram yurtboshimiz ham bugungi kun yoshlarini kitobxonligi pasayib ketganligini ta`kidlab o'tdilar. Jamiyatimizdagi barcha insonlar, ular kim va qanday mavqega ega bo'lmasinlar, kelajagimiz bo'lgan yoshlarimizni oltindan qimmat bo'lgan ne`matdan unumli foydalanishlari lozimligini tushuntirmoqligimiz kerak. Yoshi ulug'larimiz, muhtaram ota-onalar farzandlari ta`lim-tarbiyasiga beparvo bo'lmasliklari, vaqtlarini to'g'ri sarflashga o'rgatishlari kerak. Chunki, bugungi kunimiz va porloq kelajagimiz, ana shunday salohiyatli farzandlar qo'lidadir. Vaqt atalmish daryo bizni Abadiylik dengizi sari oqizib boradi . Bizni xayotimiz dengizdan bir tomchi xolos . Bizning vaqtimish – tug’ilgandan to o’limgacha bo’lgan oraliqdir . Shunisi malumki xar kim , xar jonzot qachondir o’lish uchun tug’iladi Xech qanday istisno yo’q . Xar bir laxza o’tmishga aylanadi , uni qaytarib xam , o’zgartirib xam bo’lmaydi . Biz vaxtdi boshqara olmaymiz uning na oxiri na boshi bor . Inson umri chegaralangan , uning vaqti bexuda ketmasligi uchun inson o’z vaqtini xar bir daqiqasini qadrlashi , undan foydalanib qolishi kerak . Men tez tez yoshi o’tgan , otaxon – onaxonlardan - ,, Xayot bir zumda o’tib ketdi , ko’zni ochib yumguncha “ degan gaplarni eshitaman , ularning ko’pchiligi umrini ko’p qismi bexuda o’tganidan afsus qilishadi . Ular ,, Kechagina biz yosh navqiron , chiroyli , kuch- quvvatga to’la , bugun esa kuch ketgan , ko’z nurim ketgan , yoshligim ketgan , qarilik qursin “ deb qo’yishadi . Etibor berganmisiz baxtli xayot kechira boshlaganiyizda baxtli kunlariyiz tez o’tib ketganday bo’ladi . Ko’pchilik o’z vaqtini bekorga sarflaydi . yoshlikda vaqt tugalmasday tuyuladi . Esingizga solib ko’ring boqchaga borgan 1 chi kuningiz , 1 sinfga borganingiz xuddi u narsalar kecha bo’lganday bo’ladi . Shunday ekan do’stlarim vaqtni tejang undan unimli foydalaning ! Shunday xayot kechiringki keyin afsus chekmang , shunday yashangki atrofdagilar sizning borligingizga shukur qilishsiz , xammaga kulgu – quvonch ulashing , yaqinlaringizni qadriga yeting ! Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling