Sirojiddin rahmatullayev
Download 91.5 Kb.
|
EGA
MY DEAR APPLICANTS Ushbu ma’lumotlarni o’rganishda sizdan avvalo sabr talab qilinadi. Sen uchun ota-onang mehnat qilayotgan bir vaqtda Nima uchun sen o’z taqdiringga befarq qarashing kerak !!! SIROJIDDIN RAHMATULLAYEV www.UZ.............. EGA … Kesim bilan bog’lanib, k i m ? n i m a ? q a y e r ? so‘roqlariga javob bo‘luvchi, Gap kesimi-ning qo‘shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo’lak egadir. Gapning kim yoki nima haqida ekanini bildiruvchi bo’lak hisoblanib, kesimga ergashib keladi, kesimda ifodalangan belgi, harakat-holatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Agarda siz gapda kesimni topmoqchi bo’lsangiz, eng avvolo, kesimni shakllantirib beruvchi vositalarga e’tibor qaratishingiz kerak.
Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: Ot bilan: Aziz o‘sha kitobni o‘qidi. Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ng o‘chdi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Olmosh bilan: Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. Mehmon, siz meni bilmaysiz. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi. Ikkisi doim birgalikda harakat qiladi. Sifatdosh bilan: O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar. O’z kelajagi haqida qayg’uradiganlar doimo harakatda bo’ladilar. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. Mardlar insonlarning qalbida yashaydilar. Harakat nomi bilan: O‘qish jafoli, keti vafoli. Yaxshilik haqida o’ylamoq buyuklikka yetaklaydi. Taqlid so‘z bilan: Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Uzoqdan nimanidir taq-tuqi eshitildi. Ravish bilan: Ko’pi ketib, ozi qoldi. Undov bilan: Uning dod-voyi butun atrofni tezlikda qopladi. Modal bilan: (bor, yo’q so’zlari otlashib kelganda) Bor so’zlaydi, yo’q o’ylaydi. 11. Ibora bilan: ( Ibora gap egasi bo’lishi uchun uning tarkibidagi so’nggi so’z harakat nomi shaklida yoki sifatdoshning –gan qo’shimchasi bilan shakllangan iboradan so’ng egalik qo’shimchasini keltirish orqali hosil qilinadi va Bir gap bo’lagi vazifasida keladi. ) Hafsalasi pir bo’lgani sezilib turardi. Qovog’idan qor yog’ish yaxshi odat emas. Uning podadan oldin chang chiqarishi o’ziga bir kun kelib zarar keltiradi. Tahlil qiling: 1. Omonlik tilasang o‘zingga o‘zing, tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing. 2. Haqiqat yo‘lini ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. 3. Yolg‘on doim rostdan yengiladi. U suv yuzasidagi ko‘pikdek yo‘q bo‘lib ketadi. 4. Bu davralarda G‘afur G‘ulom to‘lib-toshib she’rlar o‘qirdi. 5. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz — do‘stini. 6. O‘lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga qaradi. 7. Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. 8. Mastura Mashrabning ko‘zlariga qadalib qaradi. 9. Yalqov bilan anqov — dushman uchun katta ov. 10. Kamtarlik kishiga zeb-u ziynatdir. 11. Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar. 12. Qo‘shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi.
1.Egali gaplar. 2.Egasi yashiringan gaplar. 3.Egasiz gaplar (shaxsi noma’lum gap). I.Egali gaplar : Agar gap
da ega ishtirok etgan bo’lsa, konkret egasi ko’rinib turgan bo’lsa – egali gap deyiladi. Masalan: Biz bugun Samarqandga jo‘naymiz Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o‘ynamoqda. Tahlil qiling: 1.Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo‘shqin. 2.Ipakday mayin, buloq suviday tiniq xayollaringizga hech kim xalal bermaydi. 3.Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning kelajagimizdir. 4.Iste’dodli, bilimdon yoshlar o‘qish uchun chet ellarga yuborilmoqda. 5.Ularda shijoat, yangilikka intilish bor. 6.Jismoniy va ma’naviy jihatdan yoshlarimizni yetuk qilib tarbiyalash shu kunning bosh vazifasidir. E’tiborli bo’l:
1. Egasi (shaxsi) ma’lum gaplar. 2. Egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar. 1.Egasi (shaxsi)ma’lum gaplarda gapning egasi matndan, nutq sharoitidan, kesimning shaxs-son shakllaridan ma’lum bo‘lib turadi. Ya’ni bunda biz kesimni shakllantirib beruvchi vositalar orqali gapning egasini tiklash imkoniga ega bo’lamiz. (Gapda ega ishtirok etmaydi) Bunday gaplarning kesimi, odatda, I va II shaxs shaklida bo‘ladi. Masalan: Shaftolizor bog‘larni ko‘rdim. (Ushbu gapda gapning egasini kesimni shakllantirib beruvchi shaxs-son qo’shimchasi orqali tiklash mumkin . Ya’ni ko’rdim----kim ? Men olmoshi tushib qolgan). Tahlil qiling: Derazadan ko‘chaga tikilaman. Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring. So‘zimning ustidan chiqaman. Yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan o‘tamiz. Masalani yechdingizmi? — so‘radi Tursunoy. San-manga bormaylik, masalani odillik bilan hal etamiz. Sermanzara bog‘ni tomosha qilib yurgan edim. O‘ylab qarasam, haq ekansiz. 2.Egasi umumlashgan gaplarda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo‘ladi. Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi: Mantiqan qaraganda, gapning egasini tiklash mumkin, ammo bunga hojat yo’q. Chunki ish-harakat ko’pchilikka qaratilgan bo’ladi. Masalan: Hurmat qilsang hurmat ko‘rasan. Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir. Unutma: Maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo‘ladi.
1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. 2. Sog‘liq tilasang, ko‘p yema. 3. Izzat tilasang, ko‘p dema. 4. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. 5. Xonaga kirganda avval salom berishadi. 6. Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. 7. Boshing osmonga yetgan bo‘lsa ham, kallangni xam qil. 8. Faqat hasharotlarning chirillashi, suvning shildir-shildir oqishi eshitiladi...
Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. Bunday gaplarning kesimi quyidagicha bo’ladi : Harakat nomi + kerak, lozim, darkor, shart, mumkin, zarur. 1.Tarixiy obidalarni asramoq darkor. 2. Darsga doim kelish shart. 3.Doim olg’a harakat qilish kerak. Kesimi to’g’ri keladi, to’g’ri kelmaydi fe’li shaklida bo’ladi. 1. Ko‘ngilda armon qolmasin deb, chillayosin ham qildirishga to‘g‘ri keldi. 2.Xamsa yozishda Navoiy bilan hisblashishga to’g’ri keladi. Kesimi bo’ladi, bo’lmaydi fe’li shaklida bo’ladi. 1.Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi. 2.Bu vazifalarning barchasini bajarib bo’lmaydi. Mustaqil tahlil qiling: 1. Egali gap: Biz dam olish kuni kitobxonlar yig‘iniga boramiz. 2.Egasi ma’lum gap: . 3.Egasiz gap: . 1.Egali gap: Biz g‘alabaga erishdik. 2.Egasi ma’lum gap: . 3.Egasiz gap: .
2.Egasi ma’lum gap: . 3.Egasiz gap: .
Mana, uy ham qurildi, suv quvurlari o‘tkazildi, elektrlashtirish va gazlashtirish ishlari bitkazildi. Atov gaplar: Atov gaplar so‘zlovchi ko‘z o‘ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum yoki davrni jonli gavdalantirishga, uning xotirasi yoki xayolida ular bilan aloqador bo‘lgan voqea-hodisalarni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vositadir. Atov gaplar, asosan, xabar maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o‘tgan zamon shakllaridagina keladi. Atov gap shundayki, unda bir so’z beriladi va tinish belgi qo’yiladi, so’ng unga izoh beriladi. Masalan: 1. Bahor. Kunlar iliqlashgan. Bodom qiyg‘os gullagan. Yerdan binafsha-yu maysalar bosh ko‘tarmoqda. 2. Maktab.Yoshligimning oltin davri shu dargohda o‘tdi. 3. Sentabrning boshlari edi. Talabalikning ilk kunlari edi. Men, qishloqi yigit uchun Samarqandning gavjum ko‘chalari bayram kunlaridagi sayilni eslatadi. 4. Amu-Buxoro kanali. Qaqragan mingming gektar yerlarga hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot.
Atov gaplar bitta so‘zdan iborat bo‘lishi ham, aniqlovchilar bilan kengayib kelishi ham mumkin. Masalan: 1. Yam-yashil o‘tov. Hulkar bu yerga kelsa qanday quvonadi. 2. Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi. 3. Hovli zim-ziyo. Ariqdagi suv shaldirab oqadi. 4. Urush... Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi. 5. Qo‘shiq. San’atning bu turini sevmagan kim bor? 6. Uchrashuv. Mehmonlar hamma bilan quchoqlashib ko‘rishdilar. 7. Mehnat. Mehnatning tagi rohat. 8. Hunar. Hunardan rizqing unar. SO‘Z-GAPLAR Bir so‘zdan iborat bo‘lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo‘lmagan gaplar so‘z-gaplar deyiladi. Ular tasdiq, inkor, so‘roq, taajjub, his-hayajon kabilarni ifoda etib, matn bilan bog‘liq bo‘ladi. So‘z gaplar, asosan, modal va his-hayajon munosabatlarni ifoda etgani uchun ham ko‘proq dialogik va ba’zan monologik nutqqa xosdir.
— Sog‘lig‘ingiz yaxshimi? — Rahmat. Tuzukman. — Ertalab uchrashamiz-da... — Albatta. Bekatda. Soat 8 da. — Qabulga birga kiramizmi? — Yo‘q. Avval Siz kiring. — Bo‘pti. Ma’qul. — Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku. Mayli, marhamat. Kishilar o‘rtasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan bir so‘z yoki ibora (birlik)lar so‘z-gaplar vazifasida qo‘llanadigan bo‘lib qolgan: Eslab qol: assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, marhamat, salomat bo‘ling, qulluq, osh bo‘lsin, yaxshi boring, xush ko‘rdik, labbay, jonim bilan, bajonidil kabi.
1. — Mashinachingiz menga yoqmadi, kaketkani o‘xshatolmas ekan. Boshqasini topamiz. — Xo‘p. 2. — Teshavoy, soy bo‘yida kutib turmoqchimisiz? — Ha. 3. — Yuqoridan biron nima olib kelishlarini aytdim. — Rahmat. Odamlarni chaqirtirdingizmi? 4. M a r a s u l: ...Men sizni doktor qilaman, akademik qilaman! N a s i b a (kulimsirab): Rostmi?
Ba’zan so‘z-gaplar takrorlanib qo‘llanadi: Ergash tushunmadi: — Nima-nima? — dedi ko‘zini katta ochib. — Biror gap eshitdingizmi? — so‘radi Jo‘raxon. — Yo‘q-yo‘q!
1.Ega kesim bilan grammatik va mazmun tomondan bog’langanligi uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi. Eganing kesim shakliga mos(shaxs-son) shaklda kelishiga Moslashuv deyiladi. Masalan: Men har kuni ko’plab kitoblar o’qiyman.(Ushbu gapda o’qiyman kesimi birinchi shaxs birlikda turganligi uchun uning egasi ham birinchi shaxs birlikdagi kishilik olmoshi (Men) bilan ifodalangan.) 2.Kesim bilan ega ba’zan son shakli bo’yicha moslashmasligi mumkin. Ya’ni, Gapning egasi narsa, hayvonlarni bildiruvchi so’zlar bilan ifodalanganda. Masalan: Qushlar sayraydilar emas, qushlar sayraydi. Shuni unutmangki, ega va kesim sonda moslashmasligi mumkin, ammo shaxsda doimo moslashishi shart. 3.Gapning kesimi sifat, son bilan yoki ega ravish bilan ifodalanganda, kesim ega bilan moslashmasligi mumkin. Masalan: kitoblarim to’rtta, Bolalarim kasal, Ko’plar tushundi. 4.Ega uch shaxsning birida yoki ko’plik sonda bo’lsa, kesim ham shu shaxs va sonda tuslanadi. Masalan: U bordi, Ular bordilar, Men o’qiganman, Biz bordik. 5.Kesim fe’ldan boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanganda(ega ko’plikda bo’lganda), ega bilan sonda moslashmaydi. Masalan: Tog’lar, dalalar yam-yashil. Note: Ba’zan gapda nomustaqil ega ham qo’llanishi ham mumkin. Bunda ega bo’lakning bo’lagi sifatida ajratiladi. Masalan: Men o’qigan kitobni sen o’qiyapsan. (Ushbu gapda bir qarashda Men olmoshi ega vazifasida kelayotgandek, ammo gapning kesimi o’qiyapsan fe’li bo’lganligi tufayli gapning egasi sifatida Sen olmoshini olishga majburmiz. Men(nomustaqil ega) olmoshi o’qigan sifatdoshi bilan gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida kelgan). Remember: (Dahshat) Ot-kesim va ega orasida terining qo’llanishi: 1.Ot-kesim kesimlik qo’shimchalarisiz, bosh kelishikda yoki bog’lamasiz, shuningdek sanoq son bilan qo’llanganda : 1.Tinchlik – farovon hayot manbai. 2.Uch karra uch – to’qqiz. 3.Umida – a’lochilarimizdan.(otlashganligi uchun, aslida sifat kesim bo’lganda teri qo’yilmaydi) 4.Aziza – tikuvchi. 5. Eshitganlarim — haqiqat. 6. Taniganim — do‘stlarim.
1.O’qish – ulg’ayish. 2. Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. 3.Maqsadim – o‘qimoq. 3.Gapning egasi yoki kesimi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanganda: 1.Mening aytadigan gapim – shu. 2.Bu – siz uchun eski odat.
1Men – mana shu minglarning biriman. 2.Urush – quyon ovi emas. 3.Sen – bizni ozod etuvchisan. 5.Ega bilan kesim u, bu, mana bu kabi olmoshlar bilan ajratilganda: 1.Men tug’ilgan o’lka – u muqaddas. 2.Istqilol – bu bizning azaliy orzumiz. 3.Qishlog’im – mana bu mening vatanim. 6.Ega va kesim o’xshatish, tenglikni bildirsa: 1.Yaxshi qiz – yoqadagi qunduz. Ot-kesim va ega orasida quyidagi holatlarda teri qo’yilmaydi. 1.Ot-kesim sifat bo’lsa: Vatanimiz go’zal. Bu qovun shirin. Jizzax cho’li bepoyon. 2.Ot-kesim tartib son bo’lsa: Bizning sinfimiz sakkizinchi. 3.Ot-kesim ravish bo’lsa: Uning kitoblari ko’p. 4.Ot-kesim xoslik qo’shimchasi bilan ifodalanganda: Bularning hammasi seniki. 5.Ega bilan ot-kesim orasida ham yordamchisi bo’lsa: Mening otam ham haydovchi. 6.Ot-kesim tarkibida kesimi shakllantirib beruvchi qo’shimchalar va bog’lamalar bo’lganda: Bu inson onamiz. 7.Ot-kesim yuklama bilan birikib kelsa: Vatanimizdan farovon yurt bormi? 8.Ega kishilik olmoshi bilan ifodalanganda: U buyuk mutafakkir. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling