" Yosh kitobxon" tanlovi ishtirokchilari to‘g‘risida ma’lumot


Download 79.5 Kb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1453427
  1   2   3   4
Bog'liq
Танлов тест саволлари-лотинчаси

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Manba

Yosh kitobxon” tanlovi ishtirokchilari to‘g‘risida ma’lumot:
Ishtirokchining I.F.O. __________________________________________________
Ta’lim muassasasi, sinfi ________________________________________________
Yosh kitobxon” test savollari:
1. Go‘rug‘li sulton shu yurganicha yurib, Xud dengizga kelib qoldi. SHu dengiz labida dam olishni buyurib, o‘n bir biluj, Avazxon, Sarvinoz, baxshi va kanizak barchasi uxlagandan keyin Go‘ro‘g‘li sulton so‘tani erga urib, tuyalarni ham, G‘irko‘kni ham, o‘n bir biluj, Avazxon, Sarvinoz, baxshi va kanizaklarni ham ....... shakliga kirgizib, barini bir xaltaga solib, xaltani bo‘yniga ilib, o‘zi bir quzg‘un bo‘lib, kechasi bilan CHambilga borib qo‘ndi.
Savol: Go‘ro‘g‘li sulton so‘tani erga urib, tuyalarni ham, G‘irko‘kni ham, o‘n bir biluj, Avazxon, Sarvinoz, baxshi va kanizaklarni ham nima shakliga kirgizdi?
A. Musicha
B. Qumursqa
V. Sichqon
G. It
Manba: “Sarvinoz” dostoni. Xalq og‘zaki ijodi.


2. ...... bolalik chog‘larida maktabga qatnab yurganida hayotini barcha tengdoshlaridan boshqacha qilib, tubdan o‘zgartirib yuborgan bir voqea sodir bo‘ldi. Uning qo‘liga CHingizxon davrida yashagan mo‘g‘ul kofirlari qo‘lida shahid ketgan shayx Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush tili mantiqi”) kitobi tushib qoldi. Turli nodir hikoyatlar va tamsillarga boy bu asar yosh .....ning ruhiy olamini cheksiz darajada boyitib yubordi, uning dilini ilohiy olam sirlariga oshno qildi.
Savol: Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush ti

li mantiqi”) kitobi hayotini barcha tengdoshlaridan boshqacha qilib, tubdan o‘zgartirib, ruhiy olamini cheksiz darajada boyitib yuborgan buyuk shaxs kim edi?


A. Xisrav Dexlaviy
B. Lutfiy
V. Bobur
G. A.Navoiy
Manba: Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush tili mantiqi”) kitobi


3. G‘ira-shira qorong‘ilikda Quva masjidining minorasidan azon tovushi eshitildi. Urush tahlikasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, dasturxon atrofiga yig‘ilgan odamlar ro‘zasini ochayotgan paytda ochlik va tashnalikdan qiynalgan vujudlari rohatlanib, dunyo g‘amlari birpasga bo‘lsa ham xayollaridan uzoqlashdi. Tohir keksa ota-onasi bilan birga iftor qilmoqda edi. Dasturxondan........ hidi keladi. Non eb, bir kosadan qatiqli osh ichganlaridan keyin Tohir Andijonga ketish haqidagi gapning uchini chiqarishga chog‘landi.
Savol? Dasturxondan nima hidi kelardi?
A. Sedanalik issiq non va handalak
B. Suzma
V. Qaymoq
G. Qimiz

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling