yoshmatematiklar kechasi. Boshlovchi
Download 26.5 Kb.
|
Tadbirlar senariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobat hamisha yuksaklikka chorlaydi Chuqur bilim olishga porloq yol belgilaydi
Y O S H M A T E M A T I K L A R K E C H A S I . BOSHLOVCHI: Dostlar, fikrimizga yetishdi fursat Kechani ochishga etingiz ruxsat Masuliyat yukin zimmaga ortib Kozimiz oldiga ular boshlar bahs Goho she;r aytishib, goho tushib raqs Ular harakatin sizlar kuzating Gar xato qilishsa, ayting tuzating Hakam hayatiga ushbu sozimiz Kuzating va tinglang har bir sozimiz Barcha chiqishlarni aylangiz raqam Hammaga teng qarang, boling teng hakam Tomoshabin dostlar bolmang betaraf Bahoda yutganlar tilang shon-sharaf Ularni olqishlang uringiz qarsak Kecha hech qizimas otsa beqarsak Assalomu alaykum aziz va mehribon ustozlar, tinib-tinchimas, bilimga chanqoq talabalar, qadrli dostlar. Bugun biz sizlarni Yosh matematiklar musobaqali kechamizni maroq bilan korishga taklif etamiz. Bugungi bellashuvimizga xush kelibsiz. Bu kun nafaqat oquvchilarimiz, balki, oqituvchilarimiz uchun ham hayajonli kundir. Negaki, oquvchilar matematika fanidan olgan bilimlarini, zukkoliklarini mana bu kun namoyish etadilar. Hozir biz sizlarni guruhlar ishtirokini va guruh azolarining javoblarini baholash uchun tashrif buyurgan hayat azolari bilan tanishtiramiz. Marhamat ( Hayat azolarining nomlari birma-bir aytib otiladi ) Raqobat hamisha yuksaklikka chorlaydi Chuqur bilim olishga porloq yol belgilaydi Shunday ekan, keling bellashuvimizni boshlasak. Bu bellashuvga Al-Xorazmiy hamda Beruniy guruhlari ozaro 5 ta shart asosida bellashadilar. 1- shartimiz Tanishtiruv, 2-shartimiz Qiziqarli masalalar, 3- shartimiz Krossvord yechish, 4- shartimiz Xotira mashqi, 5- shrtimiz Topqirlik mashqi . Mana shartlarimiz bilan ham tanishib oldingiz.Endi esa eng hayajonli onlarga vaqt yetdi.1- shrtimizni boshlaymiz . Bu shartimizda har bir guruh ozini tanishtiradi. Bu shartimizda eng yuqori ball 5 ball, vaqt esa 5 minut. Shartlarimizni Xorazmiy guruhi boshlab beradi. Marhamat, 1- shart boyicha Xorazmiy guruhining chiqishini tomosha qilamiz. ( 1- guruhning chiqishi) Endi esa 1- shart boyicha Beruniy guruhining chiqishini tomosha qilamiz. (2- guruhning chiqishi) Rahmat. Guruhlar oz joylarini egallashdi. Endi hakamlar hayatiga yuzlanamiz. Ular birinchi shart boyicha ikkala guruhning olgan baholarini elon qiladilar. Navbat 2-shartimizga. Bu shart Qiziqarli masalalar deb nomlanadi. Stol ustida masala shartlari yozilgan varaqalar bor. Har bir guruh vakili shu varaqalardan birini tanlab olib, guruhlari bilan maslahatlashib, javob berishlari kerak. Oylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.Har bir togri javob uchun 2 balldan beriladi. Marhamat Xorazmiy guruhidan boshlaymiz Ikkinchi shartimizni baholash uchun sozni hakamlar hayatiga beramiz. Marhamat. Endi navbat 3- shartga. Bu shartimiz krossvord yechish. Har bir guruh uchun krossvord tayyorlangan. Har bir guruhdan 2 tadan oquvchi bu shartni bajarishi kerak. Bu shartimizga 5 minut vaqt berilgan, eng yuqori ball esa 10 ball. Marhamat guruh vakillari oz joylaringizni egallang. Demak, tayyor bolsangiz shartimizni boshlaymiz 3-shartimizning togri va aniq bajarilganligini hakamlar tekshirib chiqibbaholashlari kerak. Navbatni hakamlar hayatiga beramiz Mana ballarni ham eshitib oldik.Endi esa 4- shartimizni boshlaymiz. Bu shartimiz xotira mashqi deb nomlanadi.Bunda har bir guruhdan bittadan ishtirokchi qatnashadi. Avval Xorazmiy guruhi ishtirokchisi 7 ta raqam aytadi, Beruniy guruhi azosi esa u aytgan raqamlarni eslab qolib, takrorlashlari kerak. Keyin esa, Beruniy guruhi ishtirokchisi raqam aytadi, Xorazmiy guruhi ishtirokchisi eslab qolganlarini aytadilar. Bu shartda har bir togri raqam uchun 1 balldan beriladi. Marhamat, Xorazmiy guruhi ishtirokchisi shartimizni boshlab bering 4-shartimizni baholash uchun sozni hakamlar hayatiga beramiz. Navbat 5- shartimizga. Bu shartga yana bittadan guruh azolarini taklif etamiz. Ular mana bu paketdagi 1 dan 99 gacha bolgan aralash raqamlarni 1 minut ichida ketma-ketlik bilan tez va kop topishlari kerak.Har vir topilgan raqam uchun 1 ball beriladi. Shartni bajarishga tayyormisizlar? Unda Xorazmiy guruhi shartimizni boshlang. 5-shartimizni tugatib oldik. Bu shartni baholash uchun hakamlar hayatiga murojaat qilamiz. Mana 5 ta shartimiz oz nihoyasiga yetdi. Endi eng hayajonli daqiqa. Eng zukko, bilimdon guruhni aniqlash qoldi, xolos. Nima bolganda ham kayfiyatni tushirmaslik kerak. Chunki, bunday bellashuvda ishtirok etishninmg ozi bir baxt.. Golib bo;lish esa nur ustiga alo nur. Hozir natijalarni aniqlash uchun sozni hakamlarga bersak. Ular bizga bugungi golib guruhni aniqlab beradilar. Marhamat. Har bir sozning bordir oxiri Har bir amal topadi yakun Bilimdonlar bildik axiyri Har bir guruh boldilar mamnun. Hech choktirmang qalblarni zinhor Qalbingizda gullasin bahor Bunday kunlar barchaga nasib Aylasin, quvnaylik, takror va takror. Shu bilan bugungi qiziqarli bellashuvimiz oz nihoyasiga yetdi. Yana shunday kechalarda uchrashguncha xayr, omon boling dostlar. Download 26.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling