£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Mualliflar jamoasi rahbari va mas’ul


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Mualliflar jamoasi rahbari va mas’ul  

muharrir: t.f.d., prof. Q.Usmonov 

 

Taqrizchilar: t.f.d., prof. M.Ishoqov 

                     t.f.d., H.M.Bobobekov 

                     t.f.d., prof. A.Jo’raqulov     



 

 

 

 

 

 


 

3

KIRISH 



 

XXI asr bo’sag’asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy 

O’zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo’ldi. 1991 yil 31 avgust 

kuni bo’lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida 

o’zbek xalqining xohish-irodasi bilan O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va 

suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. 1 sentyabr 

O’zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-

umidlari ushaldi, muqaddas maqsadi ro’yobga chiqdi, siyosiy mutelik va asoratdan 

qutildi. Dunyo XX asr so’nggi xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - 

O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.  

O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib 

borgan og’ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik 

xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yo’lda katta qurbonlar berilganligidan 

guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o’z taqdiri o’z qo’lida, o’z mamlakatining 

mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda.  

O’zbekiston fuqarolari, xususan, yoshlar qalbiga milliy istiqlol g’oyasini 

singdirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda «O’zbekiston tarixi» fanining 

o’rni, imkoniyatlari katta. Shu boisdan Respublika oliy o’quv yurtlarining bakalavriat 

bosqichida «O’zbekiston tarixi» fanini o’qitish asosiy fanlar qatorida turadi. 

Qo’lingizdagi darslik O’zbekiston tarixining eng qadimgi zamonlardan to hozirgi 

kungacha bo’lgan davrida sodir bo’lgan tarixiy voqealarni tahlil qilishga, ularning 

sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini yoritishga bag’ishlangan. Darslik 

mazmunan Prezident Islom Karimovning 1998 yil 26 iyun kuni bir guruh tarixchi olimlar 

bilan bo’lgan suhbatida ilgari surilgan nazariy, kontseptual-metodologik tavsiyalari ruhi 

bilan sug’orilgan. Uni tayyorlashda Yurtboshimiz Islom Karimovning «Tarixga murojaat 

qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol 

kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi», - degan 

so’zlari metodologik asos bo’lib xizmat qildi. 

Darslikda O’zbekiston tarixi fani predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik 

tamoyillari, manbalari va ahamiyati yoritilgan. O’zbekiston insoniyat tsivilizatsiyasining 

qadimgi o’choqlaridan biri ekanligi, o’zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanish 

bosqichlari, o’zbek xalqining shakllanish jarayoni kabi dolzarb masalalarni yangi 

manbalar, mustaqillik yillarida nashr etilgan ilmiy asarlar asosida ochib berishga alohida 

e’tibor qaratilgan. 

«Avesto» qadimgi tariximizni o’rganishda muhim tarixiy manba ekanligi, Buyuk 

ipak yo’lining shakllanishi va rivojlanishi, Vatanimiz hududidan o’tgan bu yo’lning ming 

yillar davomida Sharq va G’arbni savdo-iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va madaniy 

jihatdan bog’lashdagi ahamiyati yoritilgan. Vatanimizning o’rta asrlar davridagi ijtimoiy-

siyosiy va iqtisodiy hayoti, uyg’onish davridagi ilm-fan va madaniyat ravnaqi tahlil 

etilgan. 




 

4

Darslikda Amir Temur davrida o’zbek davlatchiligining yuksalishi, Amir 



Temurning buyuk davlat arbobi va mashhur sarkarda sifatidagi xizmatlari, Vatanimiz va 

jahon xalqlari tarixida tutgan o’rni va roli asoslab berilgan. 

Darslikda Turkistonning uch xonlikka bo’linib ketishi, ular o’rtasidagi o’zaro 

kurash, harbiy to’qnashuvlar oqibatida Turkistonning yuksalish darajasidan tushib ketishi, 

jahon taraqqiyotidan orqada qolishi,  Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib 

olinishi, uning Vatanimizda yuritgan mustamlakachilik siyosatining asl mohiyati, 

ajdodlarimizning mustamlakachilarga qarshi milliy ozodlik uchun kurash tarixi

jadidchilik harakati, uning atoqli rahnomalari faoliyati yoritilgan.  

Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning O’zbekistonda 

yuritgan milliy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy siyosatining mustamlakachilik 

mohiyati, SSSRning tanazzulga yuz tutishi va parchalanishi ochib berilgan. 

Darslikda  Vatanimizning milliy istiqlol davri tarixini yoritishga kengroq o’rin 

berilgan. O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish, ochiq fuqarolik jamiyatini 

shakllantirish, tartibga solinadigan va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini 

yaratishga qaratilgan taraqqiyotning «O’zbek modeli», uning mazmun-mohiyati ochib 

berilgan. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy, 

ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, ularning natijalari dalillar asosida yoritilgan. 

Mamlakatimizda ko’p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishi, yuksak 

texnologiyalar asosida bunyod etilgan yangi zamonaviy korxonalar va ularning faoliyati, 

ma’naviy-madaniy sohadagi yutuqlar tahlil etilgan. 

O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, dunyodagi yirik, 

rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli  siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy 

aloqalari yoritilgan. O’zbekiston tarixan qisqa muddatda jahon hamjamiyatida munosib 

o’rin egalladi, global masalalarda o’zining mustaqil ovoziga ega bo’lgan davlat darajasiga 

ko’tarildi. 

Mazkur darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 

hamda o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini qayta ko’rib chiqish va 

yangilarini yaratish bo’yicha Respublika muovfiqlashtirish komissiyasi tomonidan 

tasdiqlangan «O’zbekiston tarixi» o’quv dasturi asosida tayyorlandi. Har bobga doir 

tayanch so’z va iboralar, nazorat va mulohaza uchun savollar, muhim voqealar solnomasi 

berilgan.  

Mazkur darslik bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirgan tarixchi olimlar va 

hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz. 



 

5


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling